1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishni ifadolovchi ko’rsatkichlar va ularni xisoblash O’zbekistonda


Yog'lar bir haftada yo'qolib ketadi va boshqa paydo



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə11/31
tarix12.03.2023
ölçüsü103,85 Kb.
#87494
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtis

Yog'lar bir haftada yo'qolib ketadi va boshqa paydo ...


2-§. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va zaif tomonlari
Bozor tizimining afzalligi bizning qilgan tahlillarimizdan ko'rinadi. Bu tahlillardan ikkitasi ayniqsa e'tiborga loyiq.
1) Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo'lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo'naltiradi. U ipshab chiqarish uchun resurslarni Uyg'unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo'llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyatga mavjud resurslardan zarur tovarlarni eng ko'p miqdorda ishlab chiqarishni ta'minlaydi.
2) Erkinlik bozor tizimi foydasi hisobiga muxim noiqtisodiy dalil bo'lib shu holat xizmat qiladiki, u shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik beradi. Ko'plab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg'unlashtirish jamiyatni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biridir. Bunday uyg'unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri - markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo'llash; ikkinchisi — bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlik. Faqat bozor tizimigina iqgisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg'unlapggirishga layoqatlidir. Bozor tizimi tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.
Bozor iqtisodiyotining kamchiligi.
Bozor iqtisodiyotini tanqid qiluvchilarning fikriga ko'ra, bunday iqtisodiyot o'zining bosh nazorat mexanizmi raqobatning tugashiga yo'l qo'yadi va hatto buni rag'batlantiradi. Ular raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud bo'lishini ko'zda tutadilar.
1) Iqtisodiy nuqtai nazardan raqobat maqbul bo'lsa-da, u hammadan ko'proq alohida ishlab chiqarishga o'zining shafqatsiz ta'sirini o'tkazadi. Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o'z iqtisodiy mavqyeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo'lidan ozod bo'lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo'shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat — bularning hammasi raqobatning kuchsizlanilsh va uning tartibga soluvchilik ta'sirining yo'qolishini taqozo qiladi.
2) Ayrim iqtisodchilarning fikricha, bozor tizimi rag'batlantiradigan texnika taraqqiyotining o'zi raqobatning zaiflashishini taqozo qiladi. Eng yangi texnologiya, odatda, quyidagilarni: a) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo'lishini; v) kompleksli, markazlashgan va qat'iyan bir butun bo'lib birlashgan bozorning tarkib topishi; g) boy va ishonchli xom-ashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo'lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo'llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, ko'pincha ko'p miqdordagi hali mayda firmalar emas, uncha ko'p bo'lmagan hali yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo'lishini taqozo qiladi. Bu guruh iqtisodchilar raqobatning so'nib borishi bilan bozor tizimi ham resurslarni samarali taqsimlash mexanizmi sifatida kuchsizlanib boradi deb hisoblaydilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurs bilan ta'minlovchilar iste'molchining xohish irodasiga kamroq bo'ysunadi va ularning mustaqilligi iste'molchining mustaqilligiga putur yetkazadi. Talab bildirish yordamida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarning uyg'unlashuvi jarayoni o'z kuchini yo'qota boshlaydi.


Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin