2. Islom taraqqiyot banki hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari Islom Taraqqiyot Banki dastlab tashkil etilganida unga 22 ta davlat a’zo bo’lgan bo’lib, bugungi kunda ularning soni 56 taga yetgan. Ularning tarkibi quyidagicha:
Afrika – 27 ta
Osiyo – 26 ta
Lotin Amerikasi - 1 ta
Yevropa – 2 ta
ITB ga a’zo davlatlar ro’yxati
Mamlakatlarning ITBdagi ulushi Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, ITB kapitali tarkibiga eng katta ulushni Saudiya Arabistoni kiritgan bo’lib, bu uch yarim trillion dinardan ortiq, ya’ni umumiy kapitalning 26.57 foizini tashkil qiladi. Saudiya Arabistoni donor mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari O’zbekiston va qo’shni Qozog’iston, Tojikistonning ham ulushi mavjud bo’lib, shundan mamlakatimizning umumiy kapitaldagi qiymati 0.02 foizni3, ya’ni 2 yarim ming dinarni tashkil etadi. Tashkilotga a’zo mamlakatlar o’zlarining vakillari orqali bank boshqaruvida ishtirok etishadi. Bankning yuqori organi boshqaruv kengashi va quyi organi esa direktorlar kengashi deb yuritiladi.
Direktorlar kengashi 18 kishidan iborat bo’lib, uning yarmini ITB ustav
kapitalida ko’proq ulushga ega bo’lgan davlatlar, qolgan yarmini esa uncha
ulushi katta bo’lmagan a’zo davlat vakillari tashkil etadi.11
Islom Taraqqiyot Banki umumiy hodimlar soni 189 tani tashkil qiladi.
Bankning asosiy maqsadi tashkilotga a’zo va a’zo bo’lmagan musulmon
davlatlarining iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashish va musulmon xalqining
turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan. Bu bora ITB guruhi quyidagi
sohalarda o’z xizmatlarini ko’rsatadi:
Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda bank har yili bir qancha dasturlarni amalga oshiradi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda ham ushbu loyihalar asosida bir qancha ishlar olib borilmoqda va bu quyidagi jadvalda keltirilgan: 4