1. Islom taraqqiyot banki va uning faoliyat mehanizmi Islom taraqqiyot banki hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari


O’zbekiston va Islom Taraqqiyot banki aloqalari



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə5/10
tarix27.12.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#198883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
-6z7VREXjvrfUwyq5MXBjH7ms6XKP96z

O’zbekiston va Islom Taraqqiyot banki aloqalari

Izoh: O’zbekiston Respublikasi va ITB aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, bugungi kunga qadar sog’liqni saqlash, energetika, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport yo’llarini qurish va ta’mirlash va shu kabi boshqa sohalarda 1221 ming AQSH dollari miqdorida 32ta dastur amalga oshirilgan.12 Arab muvofiqlashtirish guruhi a`zolari – Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg`armasi, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg`armasi, Abu Dabi taraqqiyot jamg`armasi va OPEK ning Xalqaro taraqqiyot jamg`armasi, shuningdek, mamlakatimizning vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi. Davra suhbati doirasida mamlakatimizning vazirlik va idoralari tomonidan energetika, yo`l infratuzilmasi, kommunal xo`jalik, ta`lim, ekologiya, irrigatsiya, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa sohalarda umumiy qiymati 1,6 milliard5 AQSh dollaridan ziyod 25 ta loyiha taqdimoti o`tkazildi. Shuningdek, Arab muvofiqlashtirish guruhining ushbu loyihalarnimoliyalashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tadbir yakunida O`zbekistonRespublikasi va Islom taraqqiyot banki o`rtasida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish bo`yicha qiymati 100 million dollarlik zayom bitimi imzolandi.
ITB rahbarining O'zbekistonga bu galgi tashrifi asnosida qiymati 36 million AQsh dollariga teng “Toshkent shahrining tashqi yoritish tizimlarini modernizatsiya qilish va ularga energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq etish” loyihasi bo'yicha moliyaviy bitim imzolandi. O'zbekistonning ITB hamkorligiga bu yil 10 yil to'ladi. Bu davr ichida qator amalga oshirilgan loyihalarning natijalari bilan tasdiqlanuvchi uzviy hamkorlikka erishildi. Joriy yilda mamlakatimizda ITB bilan munosabatlarning o'n yilligi nishonlanmoqda. O'tgan davr mobaynida yuksak darajadagi o'zaro anglashuv va mazmunan qator muvaffaqiyatli loyihalar bilan to'ldirilgan yaqin hamkorlik qaror toptirildi. Ushbunufuzli xalqaro moliya tashkiloti bilan hamkorlik doirasida qiymati 186,4 million AQsh dollariga teng 10 loyiha6 amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda qiymati 640,9 million dollarlik yana 10 loyihaning ijrosi davom etmoqda. 9 loyihani amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rilmoqda, ularning moliyaviy qiymati 877,9 million dollarga teng. Shuningdek, texnikaviy hamkorlik doirasida ITB tomonidan O'zbekistonga 12 loyiha uchun 2,7 million dollarlik grantlar ajratilgan. Islom taraqqiyot banki mamlakatimiz sanoatini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga hamda infratuzilmaga oid loyihalarni amalga oshirishda Arab muvofiqlashtirish guruhining moliya institutlari, jumladan, Saudiya taraqqiyot jamg'armasi, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg'armasi, OPEK jamg'armasi, Abu Dabi taraqqiyot jamg'armasining investitsiya va kreditlarini jalb qilish borasida asosiy muvofiqlashtiruvchidir. Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga doir loyihalarni amalga oshirish Islom taraqqiyot banki guruhi bilan hamkorlikning muhim yo'nalishlaridandir. Korporatsiya tomonidan kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag'larning umumiy hajmi 83 million dollarni tashkil etadi.
Islom taraqqiyot bankining ijrochi direktorlari kengashi 2015 yil 10-mart kuni Sirdaryo viloyatidagi kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekiston hukumatiga 57,5 million dollar ajratilishini ma’qulladi. Umumiy qiymati 157 million dollar bo‘lgan loyiha Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini kengaytirish va rekonstruksiyaqilishni ko‘zda tutadi. Loyihani amalga oshirish muddati – 4 yil. Modernizatsiyani moliyalashtirish, shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlarning kreditlari va O‘zbekiston tomonining mablag‘lari evaziga amalga oshiriladi.


  1. Yüklə 1,39 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin