1. Islom taraqqiyot banki va uning faoliyat mehanizmi Islom taraqqiyot banki hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari


Islom Taraqqiyot bankining asosiy vazifasi va maqsadi



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə6/10
tarix27.12.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#198883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
-6z7VREXjvrfUwyq5MXBjH7ms6XKP96z

Islom Taraqqiyot bankining asosiy vazifasi va maqsadi

ITBning asosiy vazifasi a’zo-mamlakatlarda shariatga muvofiq ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
ITBning qarashlari: 2020 yilga a’zo-mamlakatlar inson kapitalini barqaror rivojlantirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi shariat tamoyillariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jahon miqyosidagi taraqqiyot banki bo‘lish.
Bank tashkil etilayotgan vaqtda uning nizom jamg‘armasi 6 mlrd.islomiy dinorni, a’zolari soni 22 tani tashkil etgan. Islomiy dinor – ITB foydalanadigan hisob birligi; bir islomiy dinor HVJning bir qarz olish maxsus huquqiga (CDR IMF) teng(HVJ tomonidan chiqariladigan sun’iy zahira va to‘lov vositasi). Hozirgi vaqtda ITBga ishtirokchi a’zolar 56 ta davlat hisoblanadi. 2013 yili ITBning e’lon qilingan hissadorlik kapitali – 30 mlrd.islomiy dinorni, shu jumladan, obuna hissadorlik kapitali – 18 mlrd.islomiy dinorni tashkil etdi. Bankning asosiy hissadorlari Saudiya Arabistoni(23,6% aksiya), Liviya(9,5%), Eron(8,3%), Nigeriya(7,7%), BAA(7,5%), Qatar(7,2%), Misr(7,1%), Turkiya(6,5%) va Quvayt(5,5%) hisoblanadilar.
2013 yilda ITB boshqaruvchilar kengashi umumiy hissadorlik kapitalini 30 mlrd.islomiy dinordan 100 mlrd.islomiy dinor(150 mlrd.dollar)ga ko‘tarish haqida qaror qabul qildi. Bankning obuna kapitali ham 18 mlrd.islomiy dinordan 50 mlrd.islomiy dinorga oshirildi. Ushbu qaror a’zo-mamlakatlarning moliyalashtirish mablag‘lariga bo‘lgan katta ehtiyoji bilan bog‘liq.
So‘nggi 12 yil davomida yetakchi reyting agentliklari(Moody”s, Standard&Poor”s, Fitch) tomonidan ITBga uzoq muddatli kredit reytingi- “AAA” va qisqa muddatli oliy barqaror kredit reytingi – “A+” berib kelinmoqda. 2013 yilning dekabrida ushbu reytinglar yana tasdiqlandi.
2014 yilning iyunida ITB boshqaruvchilarining yillik 39-yig‘ilishida faoliyat boshlangani 40-yilligi(hijriy bo‘yicha) nishonlandi.7
Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi ITBni nol xatarli halqaro banklar guruhida ekanini aniqladi.
Yevropa Ittifoqining Komissiyasi ham ITBni xatarsiz moliyaviy taraqqiyot muassasasi sifatida tasnifladi. ITB BMTning Bosh Assembleyasida kuzatuvchi maqomini oldi. ITBning muassasalari IHT Bosh kotibiyati va muassasalari, Xalqaro taraqqiyot banki, BMT taraqqiyot tashkiloti, Hududiy rivojlantirish tashkiloti, Milliy rivojlanish jamg‘armalari va nodavlat tashkilotlari kabi bir qator tashkilotlar bilan taraqqiyot sohasida yaqin aloqa qilib kelmoqdalar.
Islom taraqqiyoti banki ITB guruhidan iborat bo‘lgan maxsus tashkilot va jamg‘armalarni ta’sis etdi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin