31. Kesuvchi asboblarning resursi deganda nimani tushinasiz? Kesish tezligining kesuvchi asbob turg'unligiga bog'liqligi o'tkazilgan ko'p tajribalar asosida aniqlanishicha, bu munosabat murakkab xarakterga ega hamda maksimai turg'unlik bu munosabatni ikki zonaga ajratadi. I zona kichik tezliklarzonasi bo'lib, past ish unumdorligini beradi. II zona yuqori tezliklar zonasi bo'lib ish unumdorligi ham mos ravishda kattadir.
32. Materiallarni kesishning qanday optimal rejimlarini bilasiz?
Materiallarga stanoklarda mexanik ishlov berishda eng muhim tex-nologik shart sifatida kesish rejimi ko'rsatiladi.
Kesish rejimi— kesish jarayonini ifodalovchi bir qator ko'rsatkichlarning miqdoriy qiymatlari majmuasi bo'lib, ularga shu jarayonning texnik-iqtisodiy parametrlari chambarchas bog'liqdir; bunday ko'rsatkichlarga kesish chuqurligi (0, surish (s), kesish tezligi (v), kesuvchi asbob kesuvchi qismining geometrik parametrlariva turg'unligi, shuningdek, kesish
33. Kesuvchi asboblarning uchki ishchi qismida qanday qattiq qotishmali materiallar bo‘ladi? Tig’li kesuvchi asboblar uchun qo’llaniladigan barcha materiallarni quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin: 1) asbobsozlik po’latlari; 2) tezkesar po’latlar; 3) qattiq qotishmalar; 4) mineralokeramik materallar; 5) yuqori qattiq materiallar. Uglerod, Titan, karbit, Volfram Qattiq qotishmalar (metallokeramika) volьfram (bir karbidli) karbidi, volьfram va titan (ikki karbidli) karbidlaridan tashkil topgan tantal, niobiy va boshqa (uch karbidli) elementlar qo’shilgan (kobal’t yordamida bir-biri bilan bog’langan) materiallardir.
Ushbu po’latlarning tezkesar po’latlarga nisbatan issiqlik o’tkazuvchanligi (800...900ºS gacha) va yeyilishga chidamliligi yuqori, lekin tezkesar po’latlarga nisbatan mustahkamligi past. Qattiq qotishmalarni qattiqligi (HRA 88...96) yuqori va tezkesar po’latlarga nisbatan 11...12 % ga ko’p.
34. Stanoklarning belgilanish tizimlarini ketma-ketligini yozing? Stanoklarga raqamlar va harflardan tuzilgan shifr (yoki model) beriladi. Bu shifrdagi birinchi raqam stanokning guruhini, ikkinchi raqam stanokning guruhdagi tipini, uchinchi (yoki uchinchi va to‘rtinchi) raqamlar stanokning eng muhim ekspluatatsion parametrlaridan birini ifodalaydi. Birinchi yoki ikkinchi raqamdan keyingi harf odatda stanokning navbatdagi modemizatsiyasi (takomillashtirilganligi)ni, barcha raqamlardan keyingi harf esa stanok asosiy modelining modifikatsiyasini ko‘rsatadi. Masalan, 16K20—tokarlik stanogi, universal, modemizatsiya qilin- gan (K), markazlarining balandligi 200 mm; 16К20ФЗ—asosiy modeli 16K20 bo‘lgan, raqamli dastur bo‘yicha boshqariladigan kontur sistemasi bilan ta’minlangan, normal aniqlik sinfidagi tokarlik stanogidir. So‘nggi o‘rinda keltirilgan harf ba’zan stanokning aniqlik sinfini (16Д20П—yuqori aniqlikka egabo‘lgan (П) tokarlik-vintqirqar stanogi) yoki boshqa alohida xususiyatlarini ifodalaydi.