35. Stanoklarning asosiy tarkibiy qismlari nimadan iborat? Tokarlik stanogi - 1) mashinasozlikda — asosan, doiraviy sirtli buyumlarga yoʻnib ishlov beradigan stanok; metall kesish stanoklarining asosiy guruhini tashkil qiladi. Tokarlik stanogi yordamida sirtlarni yoʻnish, sirtlarda ichki va tashqi rezbalar ochish, parmalash, zenkerlash (parmalangan teshiklarga tozalab ishlov berish), teshiklarni yoʻnib kengaytirish, plashka hamda metchiklar bilan rezba ochish, bir-biriga ishqalab moslash mumkin. Asosiy harakatni zagotovka (xomaki detal), qoʻshimcha harakatni kesuvchi asbob — keskich bajaradi.
36. Dastgohlarning harakat turlariga nimalar kiradi? Zagotovkalarga ishlov berish jarayonida stanokning ish bajaruv-chi organlari va mexanizmlari o'zaro bog'langan harakatlarga ega bo'ladi. Bu harakatlar ikki turga bo'linadi.Asosiy (yoki ishchi) harakatlar, bu harakatlar zagotovkada shakl o'zgartirishni ta'minlab, ular bosh harakat va surish harakati (ba'zi stanoklarda shuningdek bo'lish harakati, obkatka harakati, zagotov-kaning qo'shimcha aylanish harakati)dan iborat bo'ladi.
Ixtisoslashtirilish darajasi bo’yicha universal dastgohlar, ular xilma-xil detallar ishlashda har xil jarayonlarni bajaradi. Ishlarning , ko’p turlarini bajarishda foydalaniladigan dastgohlar keng universal dastgohlar deb ataladi.
37. Nanoklasterlar deganda nimani tushinasiz? Nanotexnologiya — fundamental va amaliy fan va texnologiya sohasi boʻlib, u nazariy asoslash, tadqiqot, tahlil va sintezning amaliy usullari, shuningdek, maʼlum atom tuzilishiga ega boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish usullari bilan shugʻullanadi.Nanotexnologiyaning amaliy jihati atomlar, molekulalar va nanozarrachalarni yaratish, qayta ishlash va manipulyatsiya qilish uchun zarur boʻlgan qurilmalar va ularning tarkibiy qismlarini ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi. Nanomaterial boʻlishi uchun kamida bitta chiziqli oʻlchami 100 nm dan kam boʻlishi zarur