20. Randalash keskichlarining ishlash prinsipini tushintiring va rasmlarini chizib ko‘rsating? Randalash va o'yish stanoklarida keskichlar yordamida yassi va shakldor yuzalar, to'g'ri chiziqli ariqchalar va pazlar shakJlantirilsa, sidirish stanoklarida protyajka vositasida turli profildagi ichki va tashqi yuzalarga aniq ishlov beriladi.
21. Bazalash bu? Bazalash bu- detalni stanokka to’g’ti va anniq o’rnatish detalga ishlov berish uchun kerakli rezes tanlab uni stanokka o’rnatish. Umuman olganda detalga ishlov berishdan oldingi bajariladigan ishlar tushuniladi.
22. Metchiklarning ishlash prinsipini tushintiring va rasmlarini chizib ko‘rsating? Metchik — teshiklarda vintsimon rezba (ariqcha) ochish (qirqish) uchun moʻljallangan metall qirqish asbobi. M.ning bir uchi kesuvchi tigʻlari (qirralari) boʻlgan silindrik valikdan, ikkinchi uchi stanok patroniga yoki qisqichga mahkamlashga moʻljallangan quyruqdan iborat.
23. Materiallarni kesish kuchlarini tajribada baholash usullarini yozib bering? Muhandislik sohasida kesish kuchi - bu material yoki komponentning qirqish qobiliyatiga ega bo'lgan material yoki komponentning mustahkamligi yoki strukturadagi buzilish turi. Kesish yuki - bu kuch yo'nalishiga parallel bo'lgan tekislik bo'ylab materialda kesish buzilishiga olib keladigan kuch. Qisqacha aytganda, kesish kuchi - bu material yoki komponentning kesishga bardosh berish qobiliyati.
24. Plashkalarning ishlash prinsipini tushintiring va rasmlarini chizib ko‘rsating? Plashka bu detalga tashqi rezba ochuvchi asbop.
25. Qanday keskich materiallarining turlarini bilasiz? Asbobsozlik poʻlati uglerodli, legirlangan va tezkesar (koʻp legirlangan) xillarga boʻlinadi. Uglerodli va legirlangan Asbobsozlik poʻlati kichik tezlik bilan ishlaydigan va kesuvchi qirrasi 200 – 300° gacha qiziydigan kesuvchi asboblar, oʻlchov asboblari hamda shtamplari tayyerlash uchun, tezkesar Asbobsozlik poʻlati esa katta tezlik bilan ishlaydigan va kesuvchi qirrasi 560 – 600° gacha qiziydigan kesuvchi asboblar tayyerlash uchun moʻljallangan. Uglerodli Asbobsozlik poʻlati „U“ harfi va undan keyin qoʻyiladigan raqam bilan belgilanadi.