10. Konsolli frezalash stanoklarining ishlash prinsipini tushintirib bering? Konsolli-frezalash stanoklari-Bu stanoklarning konsolli deb atalishga sabab, ularda stanokning stoli stanina bo'ylab yuqori va pastga harakatlanuvchi qism—konsolga o'rnatilgan. Konsolli-frezalash stanoklari gorizontal, vertikal, universal va keng universal turlarga bo'hnadi. Konsolli-frezalash stanoklari shpindel o'qiningjoylashishi bo'yicha gorizontal va vertikal stanoklarga bo'linadi. Shpindelga freza o'rnatilib, u aylanma harakat oladi. Stol karetkaga, karetka esa konsolga o'rnatilgan bo'lib, zagotovka stoI bilan birga bo'ylama, ko'ndalang va vertikal yo'nalishlarda harakatlanadi. Universal konsolli gorizontal-frezalash stanoklari oddiy gorizontal-frezalash stanoklaridan buriluvchi stoli bilan farqlanadiki, u uch o'zaro perependikular yo'nalishlar bo'yicha harakatlanishidan tashqari o'zining vertikal o'qi atrofida ±45° ga burila oladi.
11. 1K62 modelli stanogi qanday stanok va unda qanday ishlar bajariladi-chizib ko‘rsating? stanoklarni turlari va ularda texnologik ish bajarish haqida ma’lumotlar berish. 1K62 modelli tokarlik stanokining asosiy qismlari va uning kinematik sxemasi, ishlov beriladigan detalni, kesuvchi asbobni stanokga о‘rnatish va mahkamlash va stanokidagi asosiy harakatlar haqida ma’lumotlar berish. Tokalik stanokida har-xil ishlarni bajarish uchun sozlash, stanokni foydali ish koefitsenti, stanokini ish unumdorligini oshirish usullari va yangi tipdagi tokarlik stanoklari haqida ma’lumotlar berish.
12. Konsolsiz bo‘ylama-frezalash stanoklarining ishlash prinsipini yozib bering? Konsolsiz vertikal-frezalash (yoki krest stolli vertikal-frezalash) stanoklari yirik zagotovkalarni katta kesimli qirindi olib ishlov berish-da foydalaniladi. Konsolsiz stanoklar katta quvvatga, shpindelning yuqori chastotalarda aylanishi va stolning katta miqdordagi surishlariga ega. Shpindel babkasi staninaning yo'naltiruvchilari bo'yicha vertikal yo'nalishda harakatlantiriladi. Ba'zi stanoklarda shpindelning o'qi burchak ostida o'rnatilishi mumkin. Stol gorizontal tekislikda ikki o'zaro perependikularyo'nalishda harakatlanadi. Stolning kengligi 630, 800 va 1000 mm. 6A59 model!i vertikal-frezalash stanogida (12.2-rasm) har xil frezalash ishlaridan tashqari frezalash kallagining vertikal surilishi yordamida oddiy parmalash va teshik kengaytirish ishlarini ham bajarish mumkin.