1. Ixtiyoriy metall kesish stanogining markasini (misol 16K20) yozib izoxlang?


Keskich nima va unda qanday ishlar bajariladi-chizib ko‘rsating?



Yüklə 334,6 Kb.
səhifə6/13
tarix05.12.2023
ölçüsü334,6 Kb.
#173240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kesish nazariyasi yakuniy JAVOBLARI

13. Keskich nima va unda qanday ishlar bajariladi-chizib ko‘rsating?
Keskich (mashinasozlikda) — metall va metallmas zagotovkalarga ishlov beruvchi kesuvchi asbob. Kesuvchi qismi maʼlum geometrik shaklga ega boʻlgan kallak va stanokka mahkamlanadigan tanadan iborat. Kallagining shakliga koʻra, K. toʻgʻri, qayirma (egilgan) kallakli; tutqichining shakliga koʻra, toʻgʻri toʻrtburchakli, kvadrat, doiraviy; kallakni tanaga tutashtirilishi boʻyicha yaxlit, payvand kallakli, kavsharlangan plastinkali va b. turlarga boʻlinadi. K.lar ishlov berish turiga qarab oʻtuvchi, qirqib oluvchi, yoʻnib kengaytiruvchi, kesib tushiruvchi, rezba ochuvchi, ariqcha yoʻnuvchi va b.ga boʻlinadi. K.ning yana xomaki ishlash (shilish), toza ishlash, yupqa yoʻnish, silliqlovchi turlari; chapaqay (zagotovka oʻngdan chapga tomon yoʻnaladi), oʻnaqay (chapdan oʻngga tomon) turlari bor. K.ning kallagi asbobsozlik, tezkesar poʻlatlar, volfram va titan karbitlari asosidagi qattiq qotishmalar, sintetik olmoslar, mineral-keramik materiallardan; tanasi esa konstruksion poʻlatlardan tayyorlanadi. K. tokarlik stanoklari, boshqa stanoklar yoki maxsus stanoklarga oʻrnatib ishlatiladi.


14. Randalash stanoklarida qanday ishlar bajariladi?
Randalash stanogi — 1) yassi va shakldor sirtlarni yoʻnish uchun moʻljallangan metall kesish qurilmasi. Koʻndalang randalash va boʻylama randalash xillariga boʻlinadi. Koʻndalang Randalash stanogida keskin polzun bilan birga ilgarilamaqaytma harakatlanadi, boʻylama Randalash stanogida esa keskich emas, balki zagotovka (ishlov beriladigan xomaki detal) harakatlanib turadi; 2) yogoch sirtlarini tekislash va silliqlash, yogʻoch buyumlarda shakldor sirtlar hosil qilish uchun moʻljallangan yogʻoch yoʻnish qurilmasi. Bunda keskich aylanib turadi, yogʻoch zagotovka ilgarilama harakatlantiriladi


15. Parmalash stanoklariga qanday stanoklar kiradi va ular qanday operatsiyalarni bajaradi?
Parmalash stanogida - Parmalash , zinkovkalash, rezba ochish, faska ochish ishlarini bajarish mumkin. Parmalash — metall va yogʻoch buyumlarga teshik ochish, chuqurcha oʻyish. P. parma, mexanik asboblar (elektr parma, elektr drel), parmalash stanoklari, parmalash avtomatlari, tokarlik stanoklari, dastaki asboblar va boshqalarda bajariladi. Lazer nuri yordamida P. usuli ham bor. Bu usulda olmos bu-yumlarda, issiqlik oʻtkazuvchanligi past boʻlgan materiallardan yasalgan narsalarga teshiklar ochiladi
Yüklə 334,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin