1. Jahon iqtisodiyotida global muammolarning paydo bо‘lishi Global о‘zaro bog‘liqlik jarayonining ziddiyatlari


Energiya samarasini kо‘tarish va energiyani tejash



Yüklə 57,46 Kb.
səhifə7/12
tarix29.11.2023
ölçüsü57,46 Kb.
#169732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Документ Microsoft Word (2)

Energiya samarasini kо‘tarish va energiyani tejash. Energiya resurslarni tejash uni ishlab chiqarishga teng deb hisoblash mumkin. Kо‘pincha energiyani tejash uning о‘suvchi talabini ta’minlab berishda, ekologik jihatdan javob beruvchi va rentabelli usul hisoblanadi.
Energiya samarasini oshirish va uni tejash global energetik xavfsizlikni mustahkamlaydi, infratuzilmaga bо‘lgan yukni pasaytiradi va issiqxona gazlarining hajmini qisqartirish hisobiga atrof-muhitni yaxshilashni ta’minlaydi. Ushbu sohadagi ustuvor choralar qatoriga quyidagilar kiradi:
- uglevodorodlarni qayta ishlashdagi ekologik va samaralik darajasini oshirish;
- fakellardagi yо‘lovchi gazlarini yonish darajasini minimallashtirish va ularni ishlatishni kengaytirish;
- energetik infratuzilmani mukammallashtirish, shuningdek, transportirovka vaqtida neft va neft mahsulotlarini yо‘qotishlarini, gaz ta’minlash tizimidan gazni chiqib ketishini minimallashtirish;
- jahon neft iste’molining 2/3 qismi transport tarmog‘iga tо‘g‘ri keladi, shuning uchun ham bu iste’mol sektoriga alohida e’tibor bermoq lozim.
Transport yanada ekologik va samarador bо‘lishi uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish kerak:
• transport tarmog‘ida energiya samarasini oshirish uchun ilg‘or tajribalarni о‘zaro almashishni amalga oshirish;
• milliy imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda samarali transport vositalaridan va ekologik toza dizel va gibrid dvigatellardan iste’molchilarni foydalanishga undovchi choralarni yaratish bо‘yicha dasturlarni ishlab chiqish;
• yangi texnologiyalar asosida transport vositalari uchun energiya manbalarining boshqa turlaridan foydalanishini rag‘batlantirish, avtotransportlar uchun bioyoqilg‘idan foydalanish, shuningdek, siqilgan va suyultirilgan tabiiy gazni keng kо‘lamda ishlatish;
• transport vositalarida zamonaviy texnologiyalar, materiallar va asbob-uskunalarni ishlatishni keng kо‘lamda joriy etish, bu bilan dvigatellarni foydali koeffitsiyent harakatini va aerodinamik xarakteristikalarini yaxshilash;
• “vodorod iqtisodiyoti”ni tashkil etishga yordam berish maqsadida benzin/vodorod yoqilg‘i hamda vodorod yoqilg‘isi elementlaridan transport vositalarida foydalanish bо‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish.

Yüklə 57,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin