1. Jahon iqtisodiyotida global muammolarning paydo bо‘lishi Global о‘zaro bog‘liqlik jarayonining ziddiyatlari


 Global energetik muammo va uni hal etish yо‘llari



Yüklə 57,46 Kb.
səhifə5/12
tarix29.11.2023
ölçüsü57,46 Kb.
#169732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Документ Microsoft Word (2)

3. Global energetik muammo va uni hal etish yо‘llari
Butun dunyo mamlakatlari uchun yuzaga keluvchi imkoniyatlarni kengaytirishda hamda turmush sifatini oshirishda energetik resurslar juda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda jahon xо‘jaligida energiya resurslariga bо‘lgan talab oshib bormoqda. Markaziy Osiyo va ayrim MDH mamlakatlarida katta hajmda yonilg‘i-energiya zahiralari mavjudligi tufayli mintaqada energetik xavfsizlik muammosi unchalik sezilmayotgan bо‘lsada, samarali, ishonchli va ekologik jihatdan xavfsiz energiya ta’minoti butun insoniyat oldida turgan global vazifa va xalqaro iqtisodiy xavfsizlikning asosiy muammosi hisoblanadi. Barcha jihatlarni qamrab olgan ushbu muammoni hal etish uchun bir qancha birinchi darajali va о‘zaro aloqador muammolarni hisobga olish zarur, bular:
•neftning yuqori bо‘lib borayotgan va о‘zgaruvchan narxi;
•energetik resurslarga borgan sari о‘sib boruvchi talab (hisoblarga kо‘ra, u 2030 yilga borib 1,5 barobardan kо‘pga о‘sadi va ushbu talabning 80 foizi zahiralari cheklangan qazib olinuvchi yoqilg‘i hisobiga ta’minlanadi);
•kо‘pgina davlatlarda energiya importiga о‘sib boruvchi bog‘liqlik;
•energetika sohasining barcha tarmoqlarida yirik investitsiyalarga bо‘lgan talab;
•atrof-muhitni himoyalash zaruriyati va iqlim о‘zgarishidagi muammolarni hal qilish;
•hayotiy muhim energetik infratuzilmani tabiiy va boshqa tahdidlarga bardosh bera olmasligi.
Ushbu muammolarning global xarakterdaligini hamda energetika resurslarini ishlab chiqaruvchi, tranzit(tashuvchi) va iste’mol qiluvchi davlatlar о‘rtasida о‘zaro bog‘liqlikni borgan sari oshib borishi sababli global energetik xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida barcha manfaatli tomonlar о‘rtasida sherikchilik aloqalarini rivojlantirish zarur.
Mazkur maqsadlarga erishishning eng yaxshi yо‘li - samarali, raqobatbardosh jahon energetik bozorlarini tashkil etishdir.
Global energetik muammolarni hal qilishda milliy hukumat va tegishli xalqaro tashkilotlar muhim о‘rin egallaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda yashovchi 1,6 mlrd. kishini elektr energiyasiga talabi va hozirda bundan maxrum bо‘lgan 2,4 mlrd. kishining talabini qondirmay turib, global energetik xavfsizlikka hamda Ming yillikning rivojlanish maqsadlariga erishib bо‘lmaydi. Xalqaro hamjamiyat uchta о‘zaro aloqador muammoni - energetik xavfsizlik, iqtisodiy о‘sish va ekologiya muammolarini samarali hal qilish imkoniyatiga ega.
Energetik kambag‘allik hajmini kamaytirish bо‘yicha qat’iy choralar bilan birga issiqxonalardan chiquvchi gazlarning hajmini qisqartirish, atrof-muhit holatini global miqyosda yaxshilash, energetik xavfsizlikni mustahkamlash hamda atmosferaning ifloslanish darajasini qisqartirish bо‘yicha umumiy maqsadlarni amalga oshirish zarur. Bu borada rivojlanayotgan davlatlarni energiya resurslaridan foydalanishga bо‘lgan imkoniyatini kengaytirish bо‘yicha hamkorlikni rivojlantirish muhimdir.
Global energetik xavfsizlikni ta’minlashda barcha iste’molchi va ishlab chiqaruvchi davlatlarning umumiy manfaatini hisobga olgan holda, "Sakkizlik guruhi"ga kiruvchi yetakchi davlatlar rahbarlarining 2006 yil 16 iyulda Sankt-Peterburgdagi yig‘ilishida global iqtisodiy о‘sishning asosida quyidagilarni e’lon qildilar:
• energetik resurslarni transportirovkasi va tranziti doirasidagi xizmatlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish, foydalanish va yetkazib berish uchun bozorlarning ochiqligi, samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish;
• energetik xavfsizlik doirasida о‘zaro bog‘liqlik masalalarini barcha manfaatdor tomonlar orasida dialog va fikrlar almashinuvi va kelishuvlarni rivojlantirish;
• rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi kambag‘al qatlamining energetik muammolarini hal qilishga kо‘mak berish.
Global energetik xavfsizlikni mustahkamlash quyidagi asosiy yо‘nalishlar bо‘yicha bir qator chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni kо‘zda tutadi:
- global energetik bozorlarning barqarorligini oshirish;
- energetik tarmoqlarida investitsiya muhitini yaxshilash;
- energetika samarasini kо‘tarish va energiyani tejash;
- energiya turlarini diversifikatsiyalash;
- hayotiy muhim energetika infratuzilmasining xavfsizligini ta’minlash;
- energetik kambag‘allik kо‘lamini qisqartirish.

Yüklə 57,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin