47. Vakuum nasoslar.
va maxsus nasoslar. So‘rish, xaydash, porshen, ikki tomonlama, unumdorlik, rotorli, plastinali, vintli, oqimli, propellerli, montajyu, gazlift, erlift. 48. Bug‘latish jarayonlarhaqida umumiy tushuncha.. Bug‘latish, birlamchi bug‘, ikkilamchi bug‘, ekstra bug‘, bosim, markaziy sirkulyasiyalali, depressiya, bir korpusli, ko‘p korpusli, moddiy balans, issiqlik balans, tenglama. Uchuvchan bo‘lmagan moddalar eritmalarini uning tarkibidagi erituvchini qaynatish
paytida chiqarib yuborish yo‘li bilan quyuqlashtirish jarayoni
bug‘latish deb yuritiladi. Agar
bug‘lanish jarayoni qaynash xaroratidan past xaroratda suyuqlikning yuzasida ruy bersa,
bug‘latish jarayonida esa bug‘ eritmaning xajmida ajralib chiqadi.
Bug‘latish jarayonida isituvchi agent sifatida asosan suv bug‘i ishlatiladi, bunday bug‘
birlamchi bug‘ deb yuritiladi. Qaynayotgan eritmani bug‘latish paytida xosil bo‘lgan bug‘
ikkilamchi bug‘ deb ataladi. Eritmani bug‘latish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdori devor
orqali beriladi. Faqat ayrim xollarda eritmani quyultirish uchun kerak bo‘lgan issiqlik tutun
gazlari yoki boshqa gazsimon issiqlik tashuvchi agentlarning suyuqlik bilan o‘zaro kontakti
orqali beriladi.
Bug‘latish jarayoni
vakuum ostida,
atmosfera va
yuqori bosimda olib borilishi
mumkin. Eritmaning xossalari va ikkilamchi bug‘ning issiqligidan foydalanish zaruratiga ko‘ra
xar xil bosim ishlatiladi.
Atmosfera bosimidan yuqori bo‘lgan bosimda bug‘latishda xosil bo‘lgan ikkilamchi
bug‘dan qaytadan bug‘latish jarayonidan xamda bug‘latish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa
maqsadlarda foydalanish mumkin. Boshqa maxsulotlar uchun ajratilgan ikkilamchi bug‘ ekstra-
bug‘ deyiladi. Yuqori bosim bilan bug‘latish jarayonida ekstra bug‘ini ajratib olib ishlatish
vakuum yordamida bug‘latishga nisbatan issiqlikdan to‘laroq foydalanish imkonini beradi.