4. Kimyoviy texnologiyaning asosiy qonun – qoidalari. Massa saqlanish qonuni,Energiya saqlanish qonuni, muvozanat, Le-Shatelye, Gibbs, faza, komponent, kinetik tenglama, ish unumi, samaradorlik, usullar, talablar, tayyorlash, markalar, birliklar. 5. Listli va romli filtrlar konstruksiyasi, ishlash prinsipi, afzallik va kamchiliklari. Filtrlash, filtr, usullari, qo‘shimcha jarayonlar, tezligi, tenglama, rejimlari, qurilmalar, cho‘kma, panronli, filtr, filtr-press, xisobi Suspenziya va changli gazlarni filtr to‘siqlar orqali o‘tkazib tozalash jarayoni
filtrlash deyiladi. Filtr to‘siqlar qattiq zarrachalarni ushlab qolib, suyuqlik yoki gazni o‘tkazib yuborish
qobiliyatiga ega. Filtr to‘siqlar yoki filtr sifatida mayda teshikli turlar,turli gazlar, sochiluvchan
materiallar (qum, maydalangan ko‘mir, bentonitlar) kerakli buyumlar va boshqalar ishlatiladi.
Filtr sifatida
paxta, yung va
sintetik gazlamalardan tayyorlangan materiallardan xam
foydalaniladi.
Bu xususiyaga ko‘ra filtrlash ikkiga bo‘linadi.
1. Cho‘kma xosil qilish yo‘li bilan filtrlash.
2. Filtrlovchi materialning teshiklarini to‘ldirish orqali filtrlash.
Sanoatda filtrlashdan so‘ng quyidagi qo‘shimcha jarayonlar amalga oshiriladi.
1. Cho‘kmani yuvish.
2. Cho‘kmani oddiy xavo va inert gazlar bilan dudlash.
3. Cho‘kmani issiq xavo bilan quritish.
Filtrlash jarayonining unumdorligi va olinadigan filtrlashning tozaligi asosan, filtr
to‘siqlarining xususiyalariga bog‘liq. Filtr to‘siqlarning teshiklari katta va gidravlik qarshiliklari
kichik bo‘lishi zarur. Filtr to‘siqlar struktura tuzimiga qarab
egiluvchan va
egilmas bo‘ladi.