1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i


) Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash. Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lashga quyidagi lar kiradi



Yüklə 22,81 Kb.
səhifə3/9
tarix13.05.2023
ölçüsü22,81 Kb.
#112951
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligi

3) Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash. Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lashga quyidagi lar kiradi:
- qonun xujjatlariga muvofiq asosiy yillik ta’tillarga haq to’lash;
- asosiy ish haqi kisman saklanib qolgan holda majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga
beriladigan to’lovlar;
- donor xodimlarga ko’rikdan o’tishi, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan
keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to’lash;
- O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofik davlat yoki jamoat vazifalarini
bajarganlik uchun mehnatga haq to’lash;
- Qishloq xo’jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi
bo’yicha saqlab qolinadigan ish haqi;
- yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimida ishdan ajralgan holda o’qishlari vaqtida asosiy ish joyi bo’yicha ularga to’lanadigan ish haqi;
- xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq to’lash;
- moddiy yordam to’lovi;
- oliy O’quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga ta’til vaqti uchun yuridik
shaxs hisobidan to’lanadigan nafaqalar va boshqalar.
Mulkiy daromadlar. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari 176-moddada qayd qilingan. Ushbu daromadlarga quyidagi lar kiradi:
· foizlar;
· dividendlar;
· mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
· jismoniy shaxslarga xuxusiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulkni
realizasiya qilishdan olingan daromadlar;
· sanoat mulki obyektlariga berilgan patent (lisenziya) egasi bo’lgan jismoniy
shaxsning olgan daromadi;
· Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’laganidan keyin xususiy korxona
mulkdori hamda fermer xo’jaligi boshligi,xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius ixtiyorida koladigan foyda so’mmasi.
Moddiy naf tarzidagi daromadlar. Ushbu daromadlar Kodeksning 177-moddasida ko’rsatilgan. Soliq to’lovchi tomonidanmoddiy naf tarzida olinadigan daromadlariga, masalan quyidagi lar kiradi:
- Yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs manfaatlarini ko’zlab, tovarlar
(ishlar,xizmatlar) haqini, mulkiy huquqlarni to’lash, shu jumlandan jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha ta’lim muassasalarida ukitish,tarbiyalash va boshqa lar;
- Sovgalar,tyokin berilgan, shu jumladan xadya shartnomasi asosida berilgan tovarlar,
Soliq to’lovchining manfaatlarini ko’zlab, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar qiymati;
- Qonun xujjatlariga muvofik xodimlarga temir yo’l,aviasiya, daryo, avtomobil
transporti va shahar elektr transportida yurish bo’yicha beriladigan imtiyozlar so’mmasi;
- Jismoniy shaxsning yuridik shaxs oldidagi karzining yuridik shaxs qarori bilan
hisobdan chiqarilgan so’mmalari.

Yüklə 22,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin