1 Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy atama va tushunchalariga zamonaviy yondoshish. Jismoniy tarbiya vositalari



Yüklə 253,69 Kb.
səhifə5/10
tarix19.12.2023
ölçüsü253,69 Kb.
#185925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy atama va tushunchalarig

1.2. Jismoniy tarbiya vositalari


Jismoniy mashqlar. Gigiyenik omillar. Tabiatni sog’lomlashtiruvchi kuchlari: quyosh, havo, suv, yer.
Jismoniy mashqlar. "Jismoniy mashq" tushunchasi insonning harakat faoliyati va harakatlar to’g’risidagi tasavvurlar bilan bog’langan.
Harakat organizmning motor vazifasi sifati, tana yoki uning qismlari holatining o’zgarishidir. Jismoniy tarbiya uchun tug’ma emas, balki erkin harakat muhim axamiyatga ega. Shuning uchun kelgusida so’z faqat insonning tuyg’ulariga buysundirilgan harakatlar to’grisida boradi. Har bir erkin harakat uchta belgi bilan tavsiflanadi:
1. U har doim ongli harakat bo’ladi.
2. U hayot faoliyati natijasida, o’kitish jarayoni xam qo’shilib, insonga o’z ta’sirini o’tkazadi.
3. Mashqlarni bajarish ularni o’quvchining irodasiga bo’ysundirish darajasini oshiradi.
Erkinlik bilan bajarilgan harakat har doim xam ongli bo’lgan. U shaxs sifatidagi insonga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ayrim harakatlar ta’sirini harakatlantiruvchi unsuridir. U o’zaro bog’langan harakatlar vositasi bilan amalga oshiriladi. Masalan, oyok, qo’l, gavda, bosh harakatlarining muayyan tizimi o’quvchiga sakrash ko’rinishidagi harakatni bajarishga imqon beradi. Aniq vazifani hal etishni ta’qib qiluvchi harakat va shu asosda muayyan tizimda birlashgan harakatlantiruvchi harakatni tashkil etadi.
Erkin harakatni harakat faoliyatini amalga oshirishning aniq usuli sifatida qarab chiqish mumkin. Masalan, jismoniy tarbiya darslarida o’quvchining faoliyati davlat dasturida nazarda tutilgan xarakatlar tizimini egallash bilan shakllanadi.
Harakat ijtimoiy xarakterga ega, chunki o’quvchi jamiyatning tajribasi, bilimiga tayanib, talab asosida ularni o’rganadi. Bundan tashqari, harakat muayyan pedagogik vazifalarni yechishga qaratilgan. Masalan, 6-sinf o’quvchisi kichik koptokni uloqtirish, yugurib kelib balandlikka va uzunlikka sakrashlarni, qisqa masofaga yugurishni o’zlashtirib, o’zini yengil atletika bo’limi bo’yicha "Alpomish" va "Barchinoy" majmuasi talablariga tayyorlaydi.
Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya qonuniyatlariga muvofiq ravishda foydalaniladigan siljish harakatlari insonni jismoniy tarbiyalashning o’ziga xos vositasidir. Har qanday harakatni jismoniy mashq deb atash mumkin emas. Faqat jismoniy tarbiya vazifalarini yechishga qaratilgan va uning qonunlariga bo’ysungan harakatlar jismoniy mashqlarni tashkil etadi.
"Jismoniy" so’zi arab tilidan olingan bo’lib "jism" ya’ni «tan, tana, vujud» degan ma’nolarni anglatadi. Xaqiqatan ham, jismoniy mashq - bu iroda aktidir, u ong vazifalaridan iborat bo’lib, umuman insonga ta’sir ko’rsatadi.
"Mashq" so’zi insonning jismoniy va ruhiy xususiyatlariga ta’sir o’tkazish maqsadi bilan harakatlarni takrorlashga yo’naltirilganligi va bu harakatni bajarish usullarining mukammallashtirilishini bildiradi.
4. Jismoniy mashqlar optimal nisbatda insonning barcha a’zolari va tizimlarining rivojlanishi uchun imqon iyat yaratadi. Mehnat harakati insonning jismoniy mukammallashuviga har tomonlama ta’sir ko’rsatishga qodir emas.

Yüklə 253,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin