1 Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy atama va tushunchalariga zamonaviy yondoshish. Jismoniy tarbiya vositalari


Jismoniy tarbiya nazariyasinining predmeti



Yüklə 253,69 Kb.
səhifə4/10
tarix19.12.2023
ölçüsü253,69 Kb.
#185925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy atama va tushunchalarig

Jismoniy tarbiya nazariyasinining predmeti.Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining rivojlanishi va takomillashi uchun quydagilar asosiy manbahisoblanadi:
- mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportni yuksaltirishning yo’llari vahozirgi payitdagi ahvoli haqidagi xukumat qarorlari, qonunlari;
- jamiyatning rivojlanishi davomida insonnihar tomonlama kamol toptirishhaqidagi progressiv ta’limotlar. Bu ta’limotlar insonninghar tomonlama rivojlanishihuquqinigina ovoza qilish bilan kifoyalanmay, uning mazmunini ochishga urinishhamda shu g’oyalarni amalga oshirish yo’llarini nazariy, amaliy jihatdan asoslashdan iboratdir;
- jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati sohasi bo’yicha olib borilgan va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va boshqa aralash fanlarning jismoniy tarbiyaga oid to’plagan nazariy, amaliy bilimlari tizimi;
- ijtimoiy turmush tarzi uninghayotiy amaliyoti tajribasi, jamiyatning yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilarga bo’lgan talabini qondirish bo’yicha to’plangan amaliy tajribalar;
-jamiyat a’zolarini jismoniy tarbiya qonuniyatlarini bilishi va shu asosda inson jismoniy kamoloti tizimini tuzish va uni boshqarishga oid bilimlar;
-mavjud jamiyat ma’naviyatining bir bo’lagihisoblangan jismoniy tarbiya tizimiga jismoniy madaniyat qon sepsiyalari;
- jismoniy tarbiya praktikasi  manba sifatida nazariy qoidalarninghayotiyligini tekshiradi, amaliyotdagi tug’ilgan original g’oyalardan foydalanadi va ular esa tarbiya nazariyasi va usuliyatini boyitadi;
- arxiv materiallari, shaxsiy kuzatish natijalari (kundaliklar, sportchilar va ularning murabbiylarining rejalari, musobaqa bayonnomalari, qon spektlar, ma’ruza matnlari vah.k.lar) jismoniy tarbiya nazariyasini boyitadi va unga manba bo’lib xizmat qiladi;
- sog’lom turmush tarzi nazariyasi va amaliyoti tajribalarining nazariy bilimlari, odam ekologiyasi.
Sport nazariyasi predmeti. Sport nazariyasi predmeti, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining bir qismi bo’lib, yangidan ajralib chiqqan fandir.
Sport nazariyasi fani sport mashg’ulotlari bilan maxsus tashkil qilingan jarayonda sportchining tayyorgarlik mazmuni va uslubiyati xamda unga ta’sir qiladigan umumiy qonuniyatlarni o’rganadi.
Sport nazariyasining asosiy atamalariga quyidagilar kiradi: sport musobaqalari, sport harakati, sport faoliyati, sport tayyorgarligi, sport tayyorgarligi tizimi, sport maktabi, sport mashgulotlari tizimi, sport ko’rsatkichlari, sport natijalari. Shu atamalar mazmuni va xajmini aniqlab olmasdan turib, sport nazariyasi o’rganadigan fanni muvaffaqiyatli ravishda egallab bo’lmaydi.
Sport - qisqa ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati deyilsa, keng ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati shu faoliyat asosidan kelib chiqadigan maxsus tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlari tushuniladi.
Sport musobaqalari - ko’rsatish uslubi, sport yutuqlarini baholash va taqqoslash, sport sohasidagi qon kurensiyalarni o’ziga nisbatan boshqarishdir. Sport musobaqalari, boshqalar bilan muloqotda bo’lishni kerakli omili, shaxsni tashkil topishini vositasi, inson imqon iyatlarini anglab yetish, etalon ko’rsatkichlarini tuzishga qaratilgan.
Sport musobaqalarini maqsadi - kuchli sportchilar va komandalarni aniqlash, sport mahoratini takomillashtirish, jismoniy madaniyat va sportni targ’ibot qilish, sport tashkilotlari, murabbiylar, sportchilar, hakamlar faoliyatiga obyektiv baho berishdir.
Sport harakati - ijtimoiy harakatning maxsus shakli bo’lib, tuzish, rivojlanish, saqlash, sport boyliklarini qabul qilish va almashish, shaxsning tashkil topishi uslubi, jamiyatga ishchi kuchi hamda, Vatanni faol himoyachilarini tayyorlaydi. O’zbekistonda sport harakati - g’oyaviy kurashning kerakli sohasi bo’lib, ommaga ta’sir ko’rsatuvchi, insonda milliy ongni tarbiyalovchi tomonlaridan biridir. Sport harakati tarixan quyidagi shakllarni: ommaviy, havaskorlik sportini yaratgan. Bundan tashqari biznes shaklidagi - professional sportni yuzaga chikaradi.
Sport faoliyati - harakat faoliyati rivojlanishini oliy shakli bo’lib, inson faoliyati jarayonining ko’p qirraliligi insonni jismoniy va psixologik rivojlanishi hamda takomillashuvini jamiyatning talabiga nisbatan tashkil qilishdir. Sport faoliyati: shaxsiy sport faoliyati va tashkiliy - pedagogik faoliyatlarga bo’linadi.
Insonning sport faoliyati ikki bir-biriga bogliq: kayta tashkil topish va tushunib yetish (sportchini bilishi, ko’nikma, malakalarni yuqori sport ko’rsatkichlari) tomoni mavjud.
Funksional atamalar guruhiga tayanch bo’lib, sport tayyorgarligi va sport mashg’ulotlari atamalari kiradi.
Sport tayyorgarligi - sportchilar mashg’ulotini qamrab oluvchi, ko’p omilli jarayon bo’lib, musobaqalarga tayyorlanish va qatnashish, mashg’ulot jarayonini va musobaqani tashkil qilish, mashg’ulot va musobaqani ilmiy - metodik va material - texnik tomonidan tayyorlash; kerakli shart-sharoitni, sport ishlari mashg’uloti o’kish va dam olish bilan ko’shib olib borishini hisobga oladi.
Ushbu atamalarni ishlab chiqarishda sport tayyorgarligi tizimi va sport maktabi deb yuritiladi.
Sport tayyorgarligi tizimi - bilim, vositalar, uslublar, shakllar va shu muhitda tashkil qilish bilan sportchini eng yaxshi darajada tayyorlashni ta’minlash, shuningdek sportchini tayyorlashning amaliy faoliyatidir.
Sport maktabi - sportchilarni tayyorlashni yagona tizimi bo’lib, bir guruh mutaxassislarni ijobiy izlanishiga asoslanadi.
Sport mashg’ulotlari - bu sport tayyorgarligining bir qismidir. Sport mashg’ulotlari maxsus jarayonni o’z ichiga olib, aniq tanlangan sport turi bo’yicha, sportchini yukori ko’rsatkichlarga erishishida, jismoniy mashqlar orqali organizmni rivojlantirish, jismoniy sifatlar va qobiliyatlarni takomillashtirish uchun foydalanilgan maxsuslashtirilgan jarayondir.
- sport mashg’ulotlari pedagogik hodisa bo’lib, u sportda yuksak natijalarga erishish uchun bevosita yo’naltirilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir.
"Sport mashg’ulotlari" atamasi bilan bir katorda sportchini tayyorlash atamasi xam qo’llaniladi.
"Sportchini tayyorlash" - kengroq tushuncha bo’lib, u sportda yuksak ko’rsatkichlarga erishishga tayyor bo’lishi va uni amalga oshira borishni ta’minlovchi barcha vositalardan foydalanishni o’z ichiga oladi.
Umuman sport mashg’uloti sportchini tayyorlashda biologik va psixologik o’zgarishlarining murakkab majmuasini yuzaga keltirib, natijada"mashq bilan chiniqqanlik", "tayyorgarlik", "sport formasida bo’lishlik" darajasining yaxshilanishiga olib keladi. "Mashq bilan chiniqqanlik" tushunchasi odatda mashgulot ta’siri ostida sportchi organizmida sodir bo’ladigan hamda uning ish qobiliyatining ortishida o’z ifodasini topadigan biologik (funksional va morfologik) moslashuv o’zgarishlari ma’nosida anglanadi. Bular: umumiy va maxsus turga bo’linadi.
"Mashq bilan chiniqqanlik" - mashg’ulot vositasida organizmning muayyan bir ishga moslashganlik darajasidir.
"Tayyorgarlik darajasi" - atamasi, "mashq bilan chiniqqanlik" atamasidan kengroq bulib, tayyorgarlikning kaysi darajada ekanligini ko’rsatadi.
"Sport mashg’ulotlari tizimi" - bu sportchilar tayyorlashda beriladigan bilimlarni, tamoyillarni, uslublari va sport ko’rsatkichini, shuningdek mashg’ulot jarayonini boshqarish va tashkil qilishda amaliy faoliyatning bir butunligidir.
"Sport ko’rsatkichlari" - bu sport mahorati va sportchi qobiliyatini qaysi darajada ekanligini ko’rsatib, aniq natijalarda beriladi. Aniqholda, tayyorlash tizimini samarali amalga oshirishi mobaynida sport ko’rsatkichlari, sportchining iktidorligini aniqlaydi. Yukori sport ko’rsatkichi bo’lib, shu sport turida, maksimal imqon iyatlardan foydalanilganini ko’rsatadi.
"Sport natijalari" - sportdagi son va sifat darajasining ko’rsatkichidir.
"Sportchining tasnifi" - sportchining barqaror tasnifi bo’lib, ma’lum vaqt ichida yoki sport musobaqalarida qatnashishining umumlashgan yakunidir.
O’zbekiston Respublikasida "yagona sport tasnifi" mavjud bo’lib har to’rt yilda o’zgarib turadi. Sportni ijtimoiy hodisa sifatida o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u asosan jamiyatga insonning jismoniy sifatlarini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi, shu bilan birga, uning ma’naviy kamolotiga xam kuchli ta’sir ko’rsatadi. Mazkur xususiyati jismoniy tarbiyaning mushtarak belgisidir. Insonning ijtimoiy ongini rivoj topganligi jismoniy madaniyatni vujudga kelishidagi subyektiv omili deb hisoblanadi.
Nazariya - deganda, asosan, u yoki bu sohadagi tajribalarni umumlashtiruvchi, tabiat qonunlarini, obyektiv ravishda ko’rsatishi asosiy bilimlarni inson ongida namoyon bo’lishi tushuniladi.
Nazariya - ilmiy bilimning oliy shakli bo’lib, tamoyillar va qonunlar, tushuncha va funksiyalari, uslubiyati va koidalarini, umumlashtirish va tahlil qilishda, ma’lum sohadagi bilimlarni bir butunligicha tushunchaga keltiradi. Sport nazariyasini haqiqiyligi sport faoliyati amaliyotda aniqlanadi yoki nazariya bilan amaliyot bir-biri bilan mustahkam bog’langandir.
Sport nazariyasining obyektiv holati inson faoliyati sohasini ijtimoiy hodisasi sifatida, musobaqalarni o’tkazish va tashkil qilish tizimini, musobaqalarda yuqori sport natijalari va g’alabaga erishish, shu bilan sog’ligini mustahkamlash va insonni umumiy jismoniy rivojlantirish maqsadida uquv-trenirovka mashg’ulotlarini o’tkazish hisoblanadi.
Sport nazariyasining maqsadi - fan sifatida anglab yetish, tavsif, tushuntirish va obyektiv qonunlarni bashorat qilish, sport faoliyati jarayonlarini va ko’rinishlarini, predmet tuzilishini o’rganadigan va ijtimoiy holatlarni o’z ichiga olishi, tashkillashtirilishi, metodik, biologik va sport bilan bog’likligini hisobga olishdan iboratdir.
"Sport nazariyasi" ni ko’p funksionalli jamiyat hodisasi sifatida, jismoniy madaniyat instituti va jismoniy tarbiya fakultetlariga mo’ljallangan o’quv dasturidagi hajmi bo’yicha sportchini tayyorlash tizimidagi sportni har xil sohalari bo’yicha o’quv predmetidir.
Sport nazariyasi gepotezodeduktiv yoki induktivdeduktiv nazariya turiga kirib, bu ma’lum tizim va emperik (amaliy tajriba) holatining logik bogliqligiga ega.
Sport nazariyasi bir-biri bilan bog’langan, predmet va hodisalar majmuida, sport sohasiga taalluqli bilimlar tizimi quyidagi asosiy funksiyalarga ega: tavsiflovchi, tartibga tushiruvchi, bashorat qiluvchi olingan natijalarni umumlashtiruvchidir. Bundan tashqari amaliy va metodologik funksiyalar bilan farqlanadi.
Sport nazariyasida quyidagi elementar tuzilishlar ajratiladi:
1. Dastlabki emperik asoslari (tajriba yo’li bilan) - bu sport faoliyati to’g’risida tajriba davomida tanlab olingan, nazariy tushuntirishga muhtoj ma’lumotlardir.
2. Dastlabki nazariy asoslari kuyidagi tarkibiy qismlarga ega:
- ko’p yillik yoki kelajakdagi faoliyat natijalarini onglab yetishi va amaliy qayta tuzilishida aniqhaqiqatni yorituvchi birlashgan shakli tushuniladi, bu esa onglab yetgan maqsadni o’z ichiga oladi.
- asosiy tamoyillari dastlabki holatda, kerakli qonuniyatlarni bildiradigan nazariya kutadigan ma’lumotlardir.
3. Dastlabki logik asoslari - sport nazariyasida shunday tushuncha borki, u hodisa va predmetlar xususiyatlarini, faqat ilmiy holda emas balki, ilmiy bilimgacha bo’lgan bilimni ham ko’rsatadi.
4. O’zining nazariy qismi - bajarilgan mashqlardan yig’ilgan samaradorligini qoldiq oqibatini, tushuntirish va tasdiqlashni o’z ichiga oladi.

Yüklə 253,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin