1. Kadrlar siyosati va uning sanoat taraqqiyotidagi roli


Kadrlar, ularning tarkibiy tuzilmasi



Yüklə 85,76 Kb.
səhifə3/7
tarix02.06.2023
ölçüsü85,76 Kb.
#122710
1   2   3   4   5   6   7
1. Kadrlar siyosati va uning sanoat taraqqiyotidagi roli

2. Kadrlar, ularning tarkibiy tuzilmasi
Kadrlar (xodimlar) – bu muayyan kasbni egallash bo‘yicha tayyorgarlikni utgan, amaliy tajriba va mehnat ko‘nikmasiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bo‘lgan kishilardir.
Kadrlarga bo‘lgan talabni aniqlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash, ulardan okilona foydalanish, kadrlarning mehnati bo‘yicha rejalashtirish va hisobga olish va boshqa yo‘nalishlar bilan mujassamlashtirish uchun xodimlarni guruhlarga ajratish kerak bo‘ladi, ya’ni tasniflash zarur.
Ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyatida qatnashishiga qarab sanoat tarmog‘ida band bo‘lgan barcha kadrlar ikki guruhga bo‘linadi:
- sanoat ishlab chiqarish xodimlari;
- nosanoat ishlab chiqarish xodimlari;
Mahsulot ishlab chiqarish doirasida band bo‘lgan xodimlarning barchasi sanoat ishlab chiqarish xodimlari guruhiga kiradi. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari o‘z navbatida bajaradigan funksiyasining tavsifiga qarab quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi:
1. Ishchi xodimlar;
2. Muxandis-texnik xodimlar;
3. Xizmatchilar;
4. Ish bajaruvchi kichik xodimlar;
5. Qorovullar va o‘t uchiruvchilar, ya’ni korxonani qo‘riqlaydigan va yong‘indan muhofaza qiluvchi xodimlar.
Sanoat ishlab chiqarish xodimlarning eng muhim va juda ko‘p qismi - bu ishchilar bo‘lib, ular mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)da bevosita qatnashadilar, jihozlarni ta’mirlash, mehnat buyumlari va tayyor mahsulotni bir yerdan ikkinchi joyga tashiydilar va nihoyat ta’mirlash – qurish ishlarini bajaradilar.
Ishchilardan keyingi o‘rinda muxandis-texnik xodimlar turadi va ular rahbar xodimlar hisoblanadi. Ularga direktorlar, boshqaruvchilar, ularning muovinlari, bosh mutaxassislar, xizmat ko‘rsatish bo‘limlarining rahbarlari kiradi.
Xizmatchilar kategoriyasiga – hujjatlarni tayyorlovchi, ularni rasmiylashtiruvchi, hisob va nazorat ishlarini bajaruvchi, xo‘jalik xizmatini bajaruvchi (agentlar, kassirlar, ish yurituvchilar, kotibalar, statistlar va boshqa )lar kiradi.
Tarmoq va korxona faoliyatini rejalashtirish va tahlil etishda, ayniqsa mehnat unumdorligini hisoblash, o‘rtacha ish haqini aniqlash, kadrlar qo‘nimsizligini aniqlash uchun xodimlarning o‘rtacha soni ko‘rsatkichi ko‘p ishlatiladi.
Kadrlarning korxonada harakatlanishini tavsiflash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar hisoblanadi va tahlil qilinadi:

Ishchilarni qabul qilish bo‘yicha aylanish koeffitsiyenti (Kpr):


Ishga qabul qilingan personal soni


Kpr = ----------------------------------------------------------
Personalning o‘rtacha ro‘yxat soni

Ishdan ketish bo‘yicha aylanish koeffitsiyent (Kv):


Ishdan bo‘shagan xodimlar soni


Kv = ---------------------------------------
Personalning o‘rtacha ro‘yxat soni

Kadrlar oqimi koeffitsiyenti (Kt):


O‘z xohishiga ko‘ra va mehnat intizomini buzganlik
uchun ishdan bo‘shagan xodimlar soni
Kt = ------------------------------------------------------
Personalning o‘rtacha ro‘yxat soni

Korxona personali tarkibining doimiylik koeffitsiyenti (Kp.s.):


Butun yil davomida ishlagan xodimlar soni


Kp.s. = ---------------------------------------------------
Personalning o‘rtacha ro‘yxat soni

Kadrlar salohiyati miqdoriy tavsif berishdan tashqari korxona personalining sifat tavsifi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u korxona xodimlarining mazkur ishlab chiqarishga kasbiy va malakaviy jihatdan yaroqlilik darajasi bilan aniqlanadi. Bu yerda birinchi o‘ringa “mutaxassislik”, “kasb”, “malaka ” kabi tushunchalar chiqadi.



Yüklə 85,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin