1. Kadrlar siyosati va uning sanoat taraqqiyotidagi roli


Xodimlar mehnatiga haq to‘lash



Yüklə 85,76 Kb.
səhifə5/7
tarix02.06.2023
ölçüsü85,76 Kb.
#122710
1   2   3   4   5   6   7
1. Kadrlar siyosati va uning sanoat taraqqiyotidagi roli

Xodimlar mehnatiga haq to‘lash ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan mehnat resurslarining bahosidir. Boshqacha qilib aytganda, ish haqi – bu, mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining korxona xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun sarflanuvchi qismidir.
Ish haqining nominal va real turlari mavjud.
Nominal ish haqi-bu xodimning ma’lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati uchun hisoblangan va to‘langan ish haqidir.
Real ish haqi-nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori; real ish haqi – bu, nominal ish haqining “iste’mol qobiliyati ”dir.
Korxonalarda ish haqi sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va uni tashkil etishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur:
* adolatlilik, ya’ni bir xil mehnat uchun bir xil haq to‘lash;
* bajarilayotgan ishning murakkabligi va mehnat malakasi darajasini hisobga olish;
* mehnatning zararli sharoitlari va og‘ir jismoniy mehnatni hisobga olish;
* sifatli, sidiqidildan mehnat qilishni rag‘batlantirish, yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlar yoki o‘z majburiyatlariga mas’uliyatsiz yondashishni moddiy jazolash;
* mehnat unumdorligi sur’atini o‘rtacha ish haqining o‘sish sur’atlariga nisbatan tezroq o‘stirish;
* ish haqi miqdorini inflyatsiya sur’atlariga mos ravishda muvofiqlashtirish;
* mehnatga haq to‘lashning korxona ehtiyojlariga to‘liq javob beruvchi ilg‘or shakl va tizimlarini qo‘llash.
Zamonaviy sharoitlarda korxonalarda mehnatga haq to‘lashning turli tizim va shakllari qo‘llanilib, ulardan eng ko‘p tarqalganlari sifatida ishbay va vaqtbay usulni ko‘rsatish mumkin.
Mehnatga ishbay haq to‘lash ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) uchun to‘lanadigan haqni anglatadi.
Korxonalarda ko‘pincha faqat ishbay emas, balki ishbay-mukofotli haq to‘lashdan foydalaniladi.
Mehnatga ishbay-mukofotli haq to‘lashda ishchi bajargan ishiga haq olishdan tashqari, mukofotga ham ega bo‘ladi. Mukofot asosan ma’lum bir ko‘rsatkichlarga erishish - mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, mahsulot sifatini oshirish, xom ashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi.
Mehnatga vaqtbay haq to‘lash tarif tizimida ko‘zda tutiluvchi ishlab berilgan vaqt - kalendar vaqt emas, balki normativ vaqt uchun to‘lanadigan haqni anglatadi.

Yüklə 85,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin