Elementlar davriy sistemasining oʻn sakkizinchi guruh elementlari. Ularning, elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinish usullari va birikmalarini xossalari
35. Elementlar davriy sistemasining oʻn sakkizinchi guruh elementlari. Ularning, elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinish usullari va birikmalarini xossalari. 36. 29,1% Na, 40,5% metallmas, 30,4% kisloroddan iborat moddaning 0,6 molining massasini toping?
37. Atom tuzilishi. Atom tarkibiy qismi — yadro, protonlar, neytronlar va ularning zaryadlari va massasi. Elektronlar harakatining zarracha va toʻlqinsimon tabiati. Kvant mexanikasi De-Broyl tenglamasi. Shreydenger tenglamasi mohiyati, Geyzerbergning noaniqlik prinsipi. Kvant mexanikasi asosida atom tuzilishini tushuntirish. Elektronlarining energiyalarini kvant sonlari bilan xarakterlash.
38. Elementlar davriy sistemasining uchinchi guruh elementlari. Ularning elektron formulasi, umumiy xarakteristikasi, tabiatda uchrashi, olinish usullari, kimyoviy xossalari, oksidlari, gidroksidlari, kompleks birikmalari va ularning ishlatilishi. 39. Normal sharoitdagi 2,24 l oltingugurt IV-oksidning massasini toping. Bu necha mol va nechta molekulani tashkil etadi?
40. Kimyoviy bogʻlanish. Kimyoviy bogʻlanish turlari, kovalent bogʻlanish va uning hosil boʻlish nazariyalari. Valent bogʻlanishning hosil boʻlishi. Molekula hosil boʻlishida atom orbitalarini gibridlanishi. Atomlarda valentlik holatlari va maksimal valentlik. Kovalent bogʻlanishning donor-akseptor mexanizmi. 41. Elementlar davriy sistemasining toʻrtinchi guruh elementlari. Ularning elektron tuzilishi, umumiy xarakteristikasi, tabiatda uchrashi, olinish usullari, fizik va kimyoviy xossalari, oksidlari, gidroksidlari, asosiy birikmalari va ularni ishlatilishi. Titanatlar. 42. Harorat 400 C boʻlganda reaksiya tezligi 2 minut 30 sekund davom etdi, temperatura kofitsenti 3 ga teng boʻlganda, reaksiya tezligi 900 va 200 larda reaksiya qancha vaqtda yakunlanadi?
43. Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti. Ekzo- va endotermik reaksiyalar. Ichki energiya va entalpiya. Termokimyoviy reaksiyalarning issiqlik effektlarini hisoblash. Gess qonuni va undan kelib chiqadigan xulosalar. 44. Elementlar davriy sistemasining beshinchi guruh elementlari. Ularning elektron tuzilishi, umumiy xarakteristikasi, tabiatda uchrashi, olinish usullari, fizik va kimyoviy xossalari. Oksidlari va gidroksidlarining kislota va asos xossalari. Vanadatlar, niobatlar, tantalatlar. Elementlar va ular birikmalarining ishlatilishi. 45. 2 mol oʻyuvchi natriy ogʻirmi yoki 1 mol sulfat kislotami?
46. Kimyoviy kinetika. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi va unga taʼsir etuvchi omillar. Massalar taʼsiri qonuni. Reaksiyalarni tezlik doimiysi. Faollashish energiyasi. Reaksiya tezligiga haroratni taʼsiri. Vant-Goff qoidasi. Gamogen va geterogen kataliz jarayonlari. 47. Elementlar davriy sistemasining oltinchi guruh elementlari. Ularning elektron formulasi, umumiy xarakteristikasi, tabiatda uchrashi, olinish usullari, fizik va kimyoviy xossalari.