1. Kimyoviy bogʻlanish turlari, kovalent bogʻlanish va uning hosil boʻlish nazariyalari. Valent bogʻlanishning hosil boʻlishi. Molekula hosil boʻlishida atom orbitalarini gibridlanishi. Atomlarda valentlik holatlari va maksimal valentlik


 1,59% H, 22,21% N, 76,2% O boʻlgan birikmaning molekulyar formulasini aniqlang. Birikmaning molekulyar massasini aniqlang. 10. Atom tuzilishi



Yüklə 92 Kb.
səhifə2/8
tarix15.06.2022
ölçüsü92 Kb.
#61474
1   2   3   4   5   6   7   8
1-2-kurslar uchun yakuniy nazorat savollari

9. 1,59% H, 22,21% N, 76,2% O boʻlgan birikmaning molekulyar formulasini aniqlang. Birikmaning molekulyar massasini aniqlang.
10. Atom tuzilishi. Atom tarkibiy qismi — yadro, protonlar, neytronlar va ularning zaryadlari va massasi. Elektronlar harakatining zarracha va toʻlqinsimon tabiati. Kvant mexanikasi De-Broyl tenglamasi. Shreydenger tenglamasi mohiyati, Geyzerbergning noaniqlik prinsipi. Kvant mexanikasi asosida atom tuzilishini tushuntirish. Elektronlarining energiyalarini kvant sonlari bilan xarakterlash.
11. Elementlar davriy sistemasining oʻn toʻrtinchi guruh elementlari. Uglerod, uning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinish usullari, fizik va kimyoviy xossalari. Uglerod, allotropiyasi. Uglerodning kislorodli birikmalari, kislotasi, tuzlari. Uglerodning oltingugurtli, azotli birikmalari. Uglerod va uning birikmalarining ishlatilishi.
12. AlCl3 ning gidroliz reaksiyasini molekulyar, toʻliq va qisqa ionli reaksiyalar koʻrinishida yozing. Eritma muhitini dissotsiyalanish nazariyasi asosida tushuntiring.
13. Dispers sistemalarning umumiy xarakteristikasi va sinflanishi. Geterogen va gomogen dispers sistemalar. Eritmalar va ularning hosil boʻlish jarayonlari. Gazlar, kristallarni suyuqliklarda eruvchanligi va uning modda tabiatiga, haroratga, bosimga bogʻliqligi. Toʻyinmagan, toʻyingan va oʻta toʻyingan eritmalar.
14. Kremniy. Kremniyni tabiatda uchrashi, olinishi, strukturasi, fizik va kimyoviy xossalari. Kvars. Silikat kislotalar va ularning tuzlari. Silikatlar. Germaniy, qalay, qoʻrgʻoshin, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, birikmalari, ishlatilishi va xalq xoʻjaligidagi ahamiyati.
15. Al2(CO3)3 ning gidroliz reaksiyasini molekulyar, toʻliq va qisqa ionli reaksiyalar koʻrinishida yozing. Eritma muhitini dissotsiyalanish nazariyasi asosida tushuntiring.
16. Eritmalar konsentrasiyalarini ifodalash va hisoblash usullari. Eritmalarni xossalari. Osmos, osmotik bosim va uning tabiatdagi roli. Vant-Goff qonuni. Eritmalar bugʻ bosimi. Eritmalarning muzlash, qaynash haroratlarining oʻzgarishi. Raul qonunlari. Elektrolitlar eritmalar, elektrolitik dissosialanish va unda suvning roli.
17. Elementlar davriy sistemasining oʻn beshinchi guruh elementlari. Elektron tuzilishi. Azotning tabiatda uchrashi, laboratoriyada va sanoatda olinishi, fizik va kimyoviy xossalari. Azotning vodorodli birikmalari. Ammiak. Azotli oʻgʻitlar. Ammiakni va azotli oʻgʻitlarning olinishi. Azotning kislorodli birikmalari, kislotalari, tuzlari. Nitrat kislota va uning olinishi, xossalari, tuzlari, ahamiyati.
18. Formulalari NH3, PH3, HC1, SiH4, H2S boʻlgan birikmalarda azot, fosfor, xlor, kremniy va oltingugurtning valentligi nechaga teng?
19. Dissosialanish darajasi va doimiysi. Osvaldning suyultirish qonuni. Elektrolit eritmalarining xossalari. Amfoter elektrolitlar va ularning dissosiyalanishi. Eruvchanlik koʻpaytmasi.
20. Fosfor va mishyak. Ularning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi, allotropiyasi, fizik-kimyoviy xossalari. Fosforning vodorodli va kislorodli birikmalari. Fosfin. Fosfat kislota va uning tuzlari. Fosfor va uning birikmalarini ishlatilishi.
21. Quyidagi birikmalarda: a) bir valentli; b) ikki valentli; v) uch valentli; g) toʻrt valentli; d) besh valentli boʻlgan elementlarning nomini ayting. Na2O, HC1, PH3, Fe2O3, MgO, ZnO, SO2; P2O5, CaO.
22. Suvning elektrolitik dissosiyalanishi. Suvning ion koʻpaytmasi va vodorod koʻrsatkich pH ning jarayonlardagi ahamiyati. Kationlararo, anionlararo va kation-anionlararo gidroliz jarayonlari. Texnologik jarayonlarda gidrolizning ahamiyati. Kislota va asoslarning zamonaviy nazariyalari.
23. Elementlar davriy sistemasining oʻn oltinchi guruh elementlari. Kislorod va uning molekula tuzilishi, olinish usullari, xossalari. Suv, fizik va kimyoviy xossalari, holat diagrammasi. Vodorod peroksid, peroksid birikmalar, ularning olinishi va xossalari. Kislorodning sanoatda ishlatilishi.
24. Quyidagi elementlarning vodorod bilan hosil qilgan birikmalarining formulalarini yozing; a) azot (III); 6) kremniy (IV); v) oltingugurt (II); g) brom (I).
25. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining turlari. Asosiy oksidlovchi va qaytaruvchilar. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari sodir boʻlishida muhitning roli. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish usullari.
26. Oltingugurt. Tabiatda uchrashi, olinishi, poliamorf modifikasiyalari, kimyoviy xossalari, vodorodli birikmalari. Sulfidlar, polisulfidlar, kislorodli birikmalari. Oltingugurtning kislorodli kislotalari. Sulfit va sulfat kislotalari ularning tuzlari.
27. Harorat 50°C ga koʻtarilganda reaksiya tezligi 1200 marta ortishi maʼlum. Shu reaksiya tezligining harorat koeffitsentini hisoblang.
28. Metallaring umumiy xossalari. ularni fizik va kimyoviy xossalariga asoslanib sinflarga boʻlinishi, metallarning ichki tuzilishi nazariyalari, kamyob va nodir metallarning umumiy xarakteristikasi, metall qotishmalari. Metallarning kuchlanishlar qatori.
29. Vodorod. Uning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik-kimyoviy xossalari, izotoplari. Vodorodning metallar va metalloidlar bilan hosil qilgan birikmalari, ularning olinishi, xossalari, xalq xoʻjaligidagi ahamiyati.
30. CaCl2 tuzining 370g 7.5% li suvli eritmasini tayyorlash uchun erituvchi va eruvchidan qqancha miqdorda sarflash kerak?
31. Metallar korroziyasi. Ularning turlari va xalq xoʻjaligi uchun keltiradigan zararlari. Korroziyaga qarshi kurashning qoplash, kimyoviy, elektrokimyoviy va issiqlik ishlov berish usullari. Ingibitorlar.
32. Galogenlar. Ularning elektron formulasi, tabiatda uchrashi , olinishi, fizik-kimyoviy xossalari. Galogenlar ni suv va ishqor bilan oʻzaro taʼsiri. Galogenlarning vodorodli birikmalarini olinishi, fizik, kimyoviy xossalari, ularning qaytaruvchilik xossalarini davr oʻzgarishi, xalq xoʻjaligida ishlatilishi.
33. NaNO3 tuzining 250 ml 9% li eritmasidan tayyorlash uchun erituvchi va eruvchidan qqancha miqdorda sarflash kerak?
34. Elektroliz jarayonlari. Elektroliz natijasida vujudga keladigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Elektrolit moddalarning suyuqlanmalarini va suvdagi eritmalarini elektrolizi. Faradey qonunlari. Sanoatda elektroliz jarayonlarining qoʻllanilishi.

Yüklə 92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin