Maruza-1. Kirish. Fanning maqsadi va
vazifalari. Fan rivojining tarixi.
Reja:
1. Kirish.
2. Komplekt va integrallangan elektr yuritmalar.
3. O‘zgarmas tokli komplekt elektr yuritma.
4.O‘zgaruvchan tokli komplekt elektr
yuritma.
Tayanch so‘z va iboralar
Komplekt yuritmalar, funksional elementlar, stanoksozlik, qog‘oz
ishlab chiqarish, metallurgiya, mashinasozlik, KEYU texnik
ma’lumotlari, o‘zgarmas tokli komplekt elektr yuritma
KEYUlarning seriallari, bir fazali, uch fazali ko‘prikli yoki noli,
noversiv yoki reversiv sxemalar, tiristorli o‘zgartkichlar, dvigatel,
mexanik xarakat, koordinatalar datchigi, komponentlar.
«Komplekt elektr yuritmalar» fani oliy o‘quv
yurtlarida o‘qitilishiga mo‘ljallangan bo‘lib, mahlum
darajada umummuxandis fani xisoblanadi, yuqori
malakali texnik xodimlar etishtirishda muxim rol
o‘ynaydi.
Bu fanning asosiy maqsadi, o‘zgarmas tokli,
o‘zgaruvchan tokli komplekt elektr yuritmaning
tranzistorli, tiristorli elektr yuritmasi xaqida
umumiy ma’lumotlar, ishlash prinsiplari xamda,
keng rostlanadigan va tezkor elektr yuritmalar
uchun boshqaruv tizimlarini ishlab chiqarish
uslubiyoti o‘rganiladi.
«Komplekt elektr yuritmalar» fani talabalar
tomonidan quyidagi fanlar o‘qitilgandan so‘ng
o‘rganiladi: oliy matematika, fizika,
elektrotexnikaning nazariy asoslari, sanoat
elektronikasi, elektr o‘lchash, elektr mashinalari.
Dostları ilə paylaş: |