1 Kon mashinalaring konchilik ishlab chikarishidagi tutgan o’rn
1-Mavzu. Kirish. Konchilik mashinalari haqida umumiy ma`lumot. Reja:
1. Kon mashinalaring konchilik ishlab chikarishidagi tutgan o’rni.
2. Konchilik mashinalaring funktsional guruxlari va ularning bajaradigan vazifalari.
3. Foydali qazilmalarni qazib olishning va ushbu jarayonlarda ishlatiladigan mashina va mexanizmlarning rivojlanish bosqichlari.
4. Kon mashinalari turlarining bajaradigan vazifalariga ko’ra texnologik bog’liqligi.
Ma’lumki, xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri konchilik sohasidir. Kon korxonasining qanchalik rivojlanganligini, uning qanchalik quvvatliligini albatta shu korxonada qo’llanilayotgan ishlab chiqarish mashina va mexanizmlari orqali izohlanadi. Bu borada ishlab chiqarish jarayoni kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan texnologiyalarga suyanadi.
SHuning uchun har bir konchi mutaxassisdan konchilikda ishlatiladigan mashina-mexanizmlar to’g’risida yetarli bilimlarga ega bo’lish talab etiladi.
Fanni o’qitishdan asosiy maqsad foydali qazilmalarni qazib olishga tayyorlash, qazib olish jarayonlarini, yer osti bo’shliqlarini o’tish, mustaxkamlash, qazib olinayotgan tog’ jinslarini transport vositalariga yuklash, tog’ jinslarini turli ag’darmalar va skladlarga to’plash kabi jarayonlarni bajaruvchi mashina va mexanizmlarni o’rganishdir.
Fanning asosiy vazifasi talabalarga kon mashinalari turlari, ishlash nazariyasi va tuzilishini o’rgatishdir, ularni ma’lum kon-geologik sharoitlar uchun munosibligini tanlab, hisoblashni o’rgatishdir.
Konchilik sohasida ishlatiladigan barcha mashinalar va mexanizmlarni uchta asosiy guruxga ajratib o’rganiladi.
1. Kon mashinalari. Bu turkumga asosan foydali qazilmalarni va nokerak tog’ jinslarini yer osti va ochiq usullarda qazib oluvchi, yer osti bo’shliqlarini (lahim) o’tuvchi, tog’ jinslarini burg’ulovchi mashinalar guruxidir. Bu gurux mashinalari ochiq konlarda ishlatiluvchi: bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskavatorlar (qazib-yuklovchi mashinalar), kon pog’onalaridan skvajinalar hosil qiluvchi burg’ulash stanoklari; Yer osti konlarida ishlatiluvchi foydali qazilmalarni qazib oluvchi kombaynlar, lahim o’tuvchi kombaynlar, Yer osti burg’ulash mashinalari va boshqa yordamchi kon mashinalaridir.
2. Transport mashinalari. Bu turkumga foydali qazilmalarni yer osti va usti sharoitlarida tashuvchi, xar xil yordamchi materialllar va yuklarni tashuvchi mashinalar o’rganiladi. Bunday mashinalar turkumiga: uzluksiz va uzlukli (davriy) transport vositalari kiradi.
Uzluksiz transport (yukni uzluksiz tashuvchi) vositalariga: konveyer transporti (lentali, kurakli va boshqa maxsus konstruktsiyali), o’z og’irligi bilan, pnevmo va gidroenergiyasi bilan yuk tashuvchi vositalar.
Uzlukli transport (yukni bo’lak-bo’lak yoki davriy ravishda tashuvchi) vositalariga: barcha g’ildirakli yuk tashish vositalari, temir yo’l transporti, alohida bo’laklar bilan uzlukli yuk tashuvchi sidirgichlar va boshqalar.
3. Turg’un mashinalar. Bu turkumga foydali qazilmalarni qazib olish va tashishda ishlatiladigan mashina-mexanizmlarga yordam beruvchi, odamlarga va mashinalarga mexnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiluchi hamda ma’lum asosiy texnologik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar kiradi. Bular kompressor qurilmalar (mashinalarni siqilgan xavo bilan ta’minlovchi), suv chiqarish qurilmalari (nasoslar), ventilyator qurilmalari (shaxtani toza havo bilan ta’minlaydi) va yuk ko’tarish qurilmalari (shaxta tik stvolida yukni davriy ravishda yer yuzasiga ko’tarib beruvchi) dir.
Foydali qazilmani qazib olish jarayonining rivojlanishi quyidagi asosiy bosqichlardan iboratdir:
1-bosqich. Ko’mir qazib olishning qisman mexanizatsiyalashgan davridir. Bu davr 1945 yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrdagi mashinalar 1 m dan ziyod qamrovchi qirqish va qirqib-ag’darib beruchi kombaynlar ishlatilgan (Kirovets, Donbass-1G, LGD-2M), bo’laklarga bo’lib suriladigan bir zanjirli konveyerlar qo’llanilgan. Bu mashinalar ko’mir qatlamini kichik tezliklarda (0,1-1m/min) faqat bir tomonlama harakatlanib qazib olgan. Boshqa yordamchi jarayonlar mexanizatsiyalashmagan bo’lgan.
2-bosqich. Ko’mir qazish mexanizatsiyalashgan bo’lib, keng qamrovchi mashinalar o’rniga tor qamrovchi kombaynlar (0,5-1 m), katta tezliklarda (0,5-0,7 m/sek), qirquvchi va yuruvchi kombaynlar, bo’laklarga bo’linmasdan suriladigan konveyerlar qo’llanilgan. Bunday kombaynlar: MK-67, K-101, 2K-52, BK-52, KSH-1KG kabi kombaynlar ishlab chiqarilgan.
3-bosqich. Kompleks mexanizatsiyalashgan, qisman avtomatlashtirilgan. Bu bosqichda o’zi suriladigan mexanizatsiyalashgan gidravlik mustaxkamlagichlar qo’llanilgan. Bunday komplekslarga «Donbass», «KM», «OMKTM», «MK», «KTU» kabilar kiradi.
4-bosqich. Ko’mirni agregatlar yordamida qazib olish davridir.Barcha yordamchi jarayonlar to’la mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtrilgan. Bunday agregat komplekslar doimo odam turmasdan ishlay oladi.Bunga A-3 va SA agregatlari misol bo’ladi.
Foydali qazilmalarni qazishga tayyorlash, massivdan ajratib olish, uni transport vositasiga yuklash, tashish, yer yuziga chiqarish, foydasiz kon jinslari ag’darmasini hosil qilish va boshqa jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan ishlar majmui – kon ishlari deyiladi. Ushbu jarayonlarda ishlatiladigan barcha mashina-mexanizmlar bir-birlari bilan o’za’ro texnologik bog’liqlikka egadir.
Foydali qazilmani qazib olishga tayyorlash ishlari: yer osti konlarida – tayyorlov lahimlarini o’tish, shpurlar hosil qilish; ochiq konlarda – qoplama tog’ jinslarini olib tashlash, qazib olinuvchi bloklarda skvajinalar hosil qilishdan iboratdir. Bu texnologik jarayonlarni o’z vaqtida sifatli bajarish uchun albatta mos texnik tavsifga ega bo’lgan mashinalar va uskunalarni ishlatish talab etiladi. Xuddi shuningdek, foydali qazilmani massivdan ajratib olish yoki qazib-yuklash, tashish ishlarida ishlatilayotgan elektromexaniq vositalar ham kon korxonasi texnologik zanjiriga mos kelishi lozimdir. Bu iborani oddiy qilib quyidagicha tushuntirish mumkin. Masalan, qazib-yuklash va tashish tizimini olib qaraylik. Foydali qazilmani qazib olayotgan kombayn yoki ekskavator katta unumdorlikli bo’lsada, tashish mashinasi kichik quvvatli yoki unumdorlikka ega bo’lsa, bunda tashish ishlari orqada qolib ketadi, kon mashinasi esa bo’sh turib qoladi va aksincha. SHuning uchun kon korxonasida ishlatilayotgan har bir mashina o’z texnologik zanjirida har taraflama bir-biriga mos kelishi talab etiladi.
Ko’mirni qazib olish jarayoni kon maydonini tayyorlashdan tortib to qazib olingan ko’mirni iste’molchiga jo’natishgacha bo’lgan uzluksiz texnologik tsikldan iborat bo’lib, bu jarayonlarda ishlatiladigan mashinalar va uskunalar funktsional belgilarga qarab bir nechta toifalarga bo’linadi.
1. Yordamchi yer osti lahimlarini o’tuvchi mashina va kompleks uskunalari.
2. Foydali qazilmalarni qazib oluvchi mashina va kompleks uskunalari.
3. Yer osti va usti transport mashinalari va komplekslari.
4. Yuk ko’taruvchi, shamollatuvchi, suv chiqaruvchi va pnevmoenergiyaberuvchi turgun mashinalar.
5. Boyitish korxonalarining mashina-mexanizmlari.
6. Energetik uskuna va apparatlar.
Kon mashinalari. Hozirgi vaqtda shaxta va rudniklarda lahim o’tishning quyidagi texnologik sxemalari qo’llaniladi:
- Burg’ilab-portlatish usulida lahim o’tish texnologik sxemasi.
- Kombayn bilan lahim o’tish usulining texnologik sxemasi.
- Tor yoki keng kavjoyli lahim o’tish texnologik sxemasi.
- Burg’ilab-tutashtiruvchi mashinalar yordamida lahim o’tish texnologik sxemasi.
Gorizontal kon lahimlarini o’tishda shpurlar burg’ilash BUE 1, BUE1M, BKG 2, BUEZT, elektr yuritgichli va BU 1, BU1M, BUR2, 1SBU 2 pnevmo yuritgichli burg’ilash qurilmalari yordamida bajariladi. Ushbu burg’ilash qurilmalari gorizontal va qiyaligi 100 gacha bo’lgan lahimlarni qattiqlik koeffitsienti 16 dan kam bo’lgan jins yoki foydali qazilma yotqizig’i orasidan o’tishda qo’llaniladi.
Gorizontal va yotiq (qiyaligi 10o gacha bo’lgan) lahimlarni yumshoq jins yoki ko’mirdan o’tish lahim o’tuvchi kombaynlar yordamida bajariladi.
Lahim o’tuvchi kombayn – bu lahim o’tishda yoki kon jinsini kavjoy massivdan ajratib olib, uni transport vositalariga yuklab berishni bajaruvchi kombinatsiyalashgan mashinadir.
Lahimlarni kombayn bilan o’tishda jinslarni lahim kavjoyidan ajratib olish va uni yuklash jarayonlari bir vaqtda, parallel bajarilishi tufayli lahim o’tish tezligi burg’ilab-portlatish usuliga nisbatan 3-5 barobar katta, mehnat unumdorligi 2-3 barobar ko’p, lahim o’tish qiymati 50-60% gacha kam bo’lib, lahim o’tish ishlarining xavfsizlik darajasi yuqori bo’lishi ta’minlanadi
Uzluksiz ishlaydigan mashinalar (2PNB2 ,1PNB2B va boshqalar) o’rmalovchi mashinalar bo’lib, ikkita sidirg’ich «qo’llar» ularning ish organi hisoblanadi. Mashina qo’llari uzluksiz yon tomondagi maydalangan jinslarni (ko’mirni) sidirib, sidirg’ichli yoki plastinkali konveyerga tushirib beradi va jinslar konveyer orqali transport vositalariga yuklanadi.
Yuklash mashinasini tanlab olishga qator omillar ta’sir etadi, asosiylari: yuklanadigan kon jinsining tavsifi; lahim ko’ndalang kesim yuzasining o’lchamlari; lahimning qiyalik burchagi; shaxtaning gazdorlik holati va boshqalar. SHaxtalarda qiya kon lahimlarini burg’ilab-portlatish usulida o’tish uchun maxsus lahim o’tuvchi komplekslar yaratilgan. Masalan, «Sibir - 1» kompleksi MDX mamlakatlari ko’mir shaxtalarida keng qo’llanilmoqda. Bu kompleks konstruktiv texnologik jihatdan o’zaro bog’langan uskunalar tizimi ko’rinishida bo’lib, chig’ir (lebedka) yordamida relsda harakatlanadi.
Karerlarda qazib-yuklash ishlari kon massasini kavjoydan ajratib olib, uni transport vositalariga yoki kon jinslari ag’darmalariga eltib berishni o’z ichiga oladi. Qazish va yuklash ishlarini, asosan ekskavatorlar bajaradi. SHu sababli qazish va yuklash ishlari bitta jarayon bo’lib, qazish-yuklash ishlari deb yuritiladi. Karer (razrez)larda qazib-yuklash ishlari uzlukli (tsikli) va uzluksiz printsipda ishlaydigan ekskavatorlar yordamida bajariladi. Bir cho’michli ekskavatorlar, yuklagichlar, g’ildirakli skreperlar, buldozerlar va shu kabi mexanizmlar tsiklli qazib-yuklovchi mashinalar hisoblanadi. Bu mashinalarning ishchi organi davriy ravishda xarakatlanuvchi faqat bitta cho’mich yoki qirqish unsuri (buldozer pichog’i-lemexi) dan tashkil topadi.
Uzluksiz printsipda ishlaydigan mashinalar (ko’p cho’michli zanjirli va rotorli ekskavatorlar) ishchi organi (cho’michli, qirg’ichli) xalqasimon traektoriya bo’yicha xarakatlanishi tufayli kon jinslarini qazib olib yuklash ishlarini uzluksizligini ta’minlaydi.
Kon mashinalariga quyidagi talablar qo’yiladi: 1) iqtisodiy talablar – ularni barpo etish sharoiti va ishlatish sharoiti; 2) sotsial talablar-ishlatilayotganda va ta’mirlashda to’la xavfsizlik; 3) texnik talablar-yuqori darajada mustaxkam, ishonchli, yuqori quvvatli, kam energiya sarf qilish, ixcham, unumdorli va x.k.
Ma’lumki, xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri konchilik sohasidir. Kon korxonasining qanchalik rivojlanganligini, uning qanchalik quvvatliligini albatta shu korxonada qo’llanilayotgan ishlab chiqarish mashina va mexanizmlari orqali izohlanadi. Bu borada ishlab chiqarish jarayoni kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan texnologiyalarga suyanadi.
SHuning uchun har bir konchi mutaxassisdan konchilikda ishlatiladigan mashina-mexanizmlar to’g’risida yetarli bilimlarga ega bo’lish talab etiladi.
Fanni o’qitishdan asosiy maqsad foydali qazilmalarni qazib olishga tayyorlash, qazib olish jarayonlarini, yer osti bo’shliqlarini o’tish, mustaxkamlash, qazib olinayotgan tog’ jinslarini transport vositalariga yuklash, tog’ jinslarini turli ag’darmalar va skladlarga to’plash kabi jarayonlarni bajaruvchi mashina va mexanizmlarni o’rganishdir.
Fanning asosiy vazifasi talabalarga kon mashinalari turlari, ishlash nazariyasi va tuzilishini o’rgatishdir, ularni ma’lum kon-geologik sharoitlar uchun munosibligini tanlab, hisoblashni o’rgatishdir.
Konchilik sohasi- foydali qazilmani yer qa’rida aniqlash, uni qazib olish va boyitish, hamda , qayta ishlash natijasida foydali elementni ajratib olish sohasi.
Konchilik mashinalari va jihozlari- faoliyat olib borish turi bo’yicha foydali qazilmani yer qa’rida aniqlash, uni qazib olish va boyitish, hamda , qayta ishlash natijasida foydali elementni ajratib olish korxonalarida asosiy va yordamchi konchilik ishlarini mexanizatsiyalashtirishga mo’ljallangan.
Konchilik mashinalari va majmualari – faoliyat olib borish printsipi bo’yicha turli kon qazish korxonalarida asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishda tog’ jinslariga to’g’ridan-to’g’ri ishchi a’zo yoki ishchi muhit bilan ta’sir etadigan mashinalar yoki ular to’plamidir.
Konchilik qazish sohasida ishlatiladigan barcha mashinalar va mexanizmlarni uchta asosiy guruxga ajratib o’rganiladi.
1. Kon mashinalari. Bu turkumga asosan foydali qazilmalarni va nokerak tog’ yer osti va ochiq usullarda qazib oluvchi, yer osti bo’shliqlarini (laxim) o’tuvchi, tog’ jinslarini burg’ulovchi mashinalar guruxidir. Bu gurux mashinalari ochiq konlarda ishlatiluvchi: bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskavatorlar (qazib-yuklovchi mashinalar), kon pog’onalaridan skvajinalar hosil qiluvchi burg’ulash stanoklari; Yer osti konlarida ishlatiluvchi foydali qazilmalarni qazib oluvchi kombaynlar, laxim o’tuvchi kombaynlar, Yer osti burg’ulash mashinalari va boshqa yordamchi kon mashinalaridir.
2. Transport mashinalari. Bu turkumga foydali qazilmalarni yer osti va usti sharoitlarida tashuvchi, xar xil yordamchi materialllar va yuklarni tashuvchi mashinalar o’rganiladi. Bunday mashinalar turkumiga: uzluksiz va uzlukli (davriy) transport vositalari kiradi.
Uzluksiz transport (yukni uzluksiz tashuvchi) vositalariga: konveyer transporti (lentali, kurakli va boshqa maxsus konstruktsiyali), o’z og’irligi bilan, pnevmo va gidroenergiyasi bilan yuk tashuvchi vositalar.
Uzlukli transport (yukni bo’lak-bo’lak yoki davriy ravishda tashuvchi) vositalariga: barcha g’ildirakli yuk tashish vositalari, temir yo’l transporti, alohida bo’laklar bilan uzlukli yuk tashuvchi sidirgichlar va boshqalar.
Turg’un mashinalar. Bu turkumga foydali qazilmalarni qazib olish va tashishda ishlatiladigan mashina-mexanizmlarga yordam beruvchi, odamlarga va mashinalarga mexnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiluchi hamda ma’lum asosiy texnologik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar kiradi. Bular kompressor qurilmalar (mashinalarni siqilgan xavo bilan ta’minlovchi), suv chiqarish qurilmalari (nasoslar), ventilyator qurilmalari (shaxtani toza havo bilan ta’minlaydi) va yuk ko’tarish qurilmalari (shaxta tik stvolida yukni davriy ravishda yer yuzasiga ko’tarib beruvchi) dir.
Kon qazuvchi korxonalarda asosiy konchilik ishlari quyidagilar: konni yoki gorizontni ochish ishlari; qoplama tog’ jinslarini qazib olish yoki ish olib borish uchastkasini qazishga tayyorlash; foydali qazilmani qazib olish va yordamchi konchilik ishlari (energiya bilan ta’minlash, suv bilan ta’minlash, yo’llar qurish, uskunalarga ehtiyot qismlar tayyorlash yoki ularni ta’mirlash va h.)
Tog’ jinsini va foydali qazilmalarni qazishga tayyorlash, massivdan ajratib olish, uni transport vositasiga yuklash, tashish, yer yuziga chiqarish, foydasiz kon jinslari ag’darmasini hosil qilish, birlamchi saralash va boyitish va konlardagi boshqa jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan vazifalar va operatsiyalar majmui – kon ishlab-chiqarish jarayonlari deyiladi.
Kon mashinalari va komplekslarini nazariyasini ishlab chiiishda, hisoblashda va loyihalashda tizimli tahlil qilinishi va qarash ularni ob’ektiv tasniflash va aniq tizimlashni talab qiladi. Bunda turli texnologik ishlab-chiqarish jarayonlarni mexanizatsiyalovchi barcha mashina va uskunalar konstruktiv tuzilishini ko’rsatuvchi klassifikatsion xususiyatlarini belgilovchi –uning funktsional bajaradigan ishi, operatsiyasi va vazifasini qabul qilamiz. Umuman olib qaralganda kompleksning asosiy funktsional mashinalariga quyidagilar kiritiladi:
-qazuvchi mashina (V), tog’ jinsini transportabel bo’laklarga bo’lib massivdan ajratib oluvchi mashina (qazuvchi mashina, lahim o’tish mashinasi, burg’ilovchi mashina va h.);
- yetkazuvchi mashina (D yoki P), maydalangan tog’ jinsini qazish yoki lahim o’tish ish joyi zonasida transport vositalariga yetkazib berish uskunalari (konveyer, skreper qurilma yoki yuklovchi-transport mashinalari);
-mustahkamlagich (K) ochilgan ish joylari va kon lahimlarini mustahkamlash ishlarida qo’llaniladigan uskunalar ( mexanizatsiyalashgan mustahkamlagichlar yoki mustahkamlagich o’rnatkichlar).
Ushbu jarayonlarda ishlatiladigan barcha mashina-mexanizmlar bir-birlari bilan o’zaro texnologik, kinematik va konstruktiv bog’liqlikka egadir.
Mashinalar orasidagi texnologik (indeksi(-)) bog’liqlik– qazish yoki lahim o’tish ish joyidagi asosiy mashinalarning bir-biri bilan kon-geologik xususiyatlarga va texnologik parametrlarga, ekspluatatsion ish ko’rsatkichlariga o’zaro muvofiq tanlab olinishi va ishlatilishidir.
Mashinalar orasidagi kinematik (+) bog’liqlik – qazish yoki lahim o’tish ish joyidagi turli tipli asosiy mashinalarning energiya bilan, ayrim holatlarda harakat bilan yagona bazadan yoki bir-biri bilan o’zaro mos ta’minlanishidir.
Mashinalar orasidagi konstruktiv ( .) bog’liqlik – qazish yoki lahim o’tish ish joyidagi turli tipli asosiy mashinalarning yagona bazaga turli usullar bilan biriktirilib birgalikda ishlatilishidir.
Funktsional mashina va uskunalarning yuqorida ko’rsatilgan simvol va o’zaro bog’liklik belgilarini qo’llab komplekslarning quyidagi bazaviy struktura formulalarini olish mumkin:
Mashinalar orasida faqat texnologik bog’liklik bo’lganda
V – D (P) – K; (2.1)
Mashinalar orasida yana kinematik bog’liklik ham bo’lganda
V + D (P) + K; (2.2)
Mashinalar orasida yana konstruktiv bog’liklikham bo’lganda
V • D (P) • K. (2.3)
Bazoviy struktura formulsi (1.1) bilan kompleks mexanizatsiya birinchi bosqichi, ya’ni mashinalar va uskunalar komplekti belgilanadi (komplekt KM-9, KM-9D, komplekt 2K-52 va b.). Bu struktura formulasi klassik lahim o’tish texnologiyasida ishlatiladigan mashinalar, hamda juda keng qo’llaniladigan burg’ilash-portlatish usuli bilan lahim o’tish uskunalari to’plami ham belgilanadi (KG-3 i b.).
Struktura (8.2) formulasi zamonaviy kombaynli qazish komplekslari (KM 138, KM 142, KM 144, KM 146 va b.) va lahim o’tish komplekslari (Sibir- 1M va b.) yoziladi.
Formula (8.3) qazuvchi frontal akregatlar (F-1, F-3) va lahim o’tish agregatlari va uskunalar qalqon ostiga olingan agregatlar yoziladi. (Soyuz – 19U, KЩ – 5,2B va b.).
Bu tizimli tahlilda tizim (sistema-S)-kompleks, tizimchalar (podsistema-PS)- funktsional mashinalar, element (E) sifatida funktsional mashinalarning ish bajaruvchi uskunalari qaraladi.
Kon ishlarini olib borish shart-sharoitlariga bog’liq ravishda ayrim funktsional operatsiyalarni bajarish bitta mashinaga yuklatilishi ham mum va h., qiya qazish ish joylarida yetkazish operatsiyasi tog’ jinslarining og’irligi hisobiga gravitatsion usulda bajariladi va ish joyida yetkazish mashinasi qo’llanilmaydi. Bu holat bazoviy struktura formulasini o’zgartirishni talab qiladi. Tik qiya qazish ish joyida mashinalar komplekti struktura formulasi (V-K) ko’rinishni oladi. Qiya va tik qiya kon lahimlarini o’tishda komplekslar (V+K) formula bilan yoziladi ( masalan “vosstayushiy” kon lahimlarni o’tish komplekslari KPV – 1B, KGGN – 1M va b. ). Tik qiya qatlamlarni qazib olish AK – 3 tipli agregatlar struktura formulasi (V • K) ko’rinishga ega bo’ladi.