Mafkuraviy tarbiyani targ‘ib qilish uslublari. Milliy istiqlolimiz rivojining hozirgi bosqichi ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ishlar ta’sirchanligini oshirish, ommani buyuk maqsadlar yo‘lida safarbar etish, uyushtirish uchun asosiy e’tiborni quyidagilarga qaratishni taqozo etmoqda:
Milliy g‘oya va milliy mafkuraga oid targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish va uning qamrovini kengaytirish;
Garchi achchiq bo‘lsada, haqiqatni aytishdan cho‘chimaslik.
Soxtakorlikdan qochish.
Hayotdagi qiyinchilik, muammolarni ochiq-oydin bayon etish.
Birinchi Prezidentimiz atrofiga yanada mustahkamroq jipslashishga da’vat etish, ziyoli, ma’rifatshi, mafkura ishi bilan shug‘ullanuvchi barcha targ‘ibot-tashviqotshilarning birinchi darajali vazifasidir.
Maqsadimiz ma’rifatli jamiyat barpo etishdan iborat, bu jamiyatda qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning mas’ulligi, adolat, Vatan, xalq manfaati ulug‘ sanalishini inobatga olish.
Xalq hukmdorlarga emas, hukmdorlar halqqa xizmat qilishi - asosiy qoida.
Pirovard maqsadimiz adolatli jamiyat barpo etish.1
Ma’rifiy-targ‘ibot ishlarining shaklan va mazmunan turi: ma’ruza, suhbat va bahsmunozaralar, seminarlar, konferentsiyalar o‘tkazish, ommaviy axborot vositalarida chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
12 Mafkuraning asosiy maqsadlarini xalqqa sodda, ta’sirchan, tushunarli tarzda yetkazish uchun odamlar qalbiga yo‘l topa oladigan fidoyi inson, ziyolilarga tayanish.
Milliy istiqlol g‘oyasi va milliy mafkurani targ‘ib qilishda quyidagi tarbiyaviy tamoyil, uslub (metodlar)larga e’tibor berish kerak:
Tushuntirishda va bayon etishda oddiylik va lo‘ndalik.
Talab va taklifni doimiy nazorat ostiga olish.
Ongga ta’sir ko‘rsatishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.
Ziyolilar mavqeyini oshirish, ularga e’tibor va imkoniyat yaratish.
Turli bilimlarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqni qo‘llab-quvvatlash.
Ommaviy-axborot vositalarida xalq ruhiyatiga yaqinlashtirilgan yangi mafkuraviy materiallarni ko‘paytirish, doimiy «aks ta’sir» tamoyiliga amal qilish.
Televideniye va radio zamonaviy ish usullari va shakllarini egallashi uchun rasmiy xabarlarnigina emas, balki xalqaro mezonlarga muvofiq matbuot sahifalarida va televideniyeda chuqur tahliliy materiallar, jiddiy siyosiy, iqtisodiy, xalqaro sharhlar, bahs-munozaralar ko‘rinishida bo‘lishi lozim.