1-kurs 1-8 guruh bt talabasi qurbonova shaxzodaning "pedagogika"fanidan tayyorlagan slayd taqdimoti. Fuqarolik va mafkuraviy tarbiyalar. Reja


Vatanparvarlik bu …..? Baynalminallik …..?



Yüklə 215,02 Kb.
səhifə3/6
tarix18.03.2023
ölçüsü215,02 Kb.
#88696
1   2   3   4   5   6
QURBONOVA SHAXZODA PEDAGOGIKA SLAYD

Vatanparvarlik bu …..? Baynalminallik …..?


2. Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari. Huquqiy tarbiya.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida shaxsda vatanparvarlik (lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Binobarin, fuqaro muayyan davlatning a’zosi sifatida uning sha’ni, obro‘-e’tiborini ta’minlashi, uning manfaatlari uchun kurasha olishi zarur.
«Vatan atamasi aslida arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt ma’nosini bildiradi, Vatan tushunchasi ken va tor ma’noda qo‘llaniladi. Bir xalq vakillari jumuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma’nodagi tushunchadir. Kishi tug‘ilib o‘sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma’nodagi tushunchadir»11.
Vatanparvarlik shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan millat, tug‘ilib o‘sgan vatani tarixidan g‘ururlanishi, buguni to‘g‘risida qayg‘urishi hamda uning porloq istiqboliga bo‘lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat sanaladi.
Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo‘ladi:
  • Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.
  • O‘zi mansub bo‘lgan millat o‘tmishi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlariga sodiqlik.
  • Vatan va millat tarixidan g‘ururlanish.
  • Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarini asrash, ularni ko‘paytirish borasida g‘amxurlik qilish.
  • Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilish.
  • Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish.
  • Vatan va millat obro‘i, sha’ni, or-nomusini himoya qilish.
  • Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo‘lishi.

Baynalminallik («inter» – orasida, o‘rtasida, aro, «natio» – xalq) o‘zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlardan biridir.
O‘quvchilar o‘rtasida vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasi ularga oid mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot konferantsiyasi, viktorina, uchrashuv, ko‘rik-tanlov, bahs-munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish, vatanparvarlik va baynalminallik mavzularida yaratilgan asarlar mazmunini birgalikda o‘rganish, kinofilьmlar tomosha qilish ham o‘zining ijobiy natijasini beradi.
3. Mafkuraviy tarbiyaning maqsad, vazifalari, shakl, metod va vositalari.
Mafkuraviy tarbiya - inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyo-qarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g‘oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Jamiyatdagi har bir ijtimoiy kuch yoki aholi qatlamlari o‘z manfaat va maqsad-intilishlarini ifoda etuvchi g‘oyalar tizimini yaratgach, boshqa guruhlarni ham shu g‘oyalar ta’siriga tortishga, o‘z tarafdorlari safini kengaytirishga harakat qiladi. g‘oyalar adolatli va haqqoniy bo‘lib, ko‘pchilikning talab-ehtiyojlariga mos kelsa, bu sohadagi tarbiya vositalari ta’sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoyi bo‘lsa, g‘oyaviy tarbiyadan ko‘zlangan maqsadga erishiladi.

Yüklə 215,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin