1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo’ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament-O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko’rildi. 1993-yil 28-dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida", 1994-yil 22-sentabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’lishi belgilandi. 1994-yil 25-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi-marta erkin, demokratik va ko’p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o’tkazildi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod, jami 700 nafar nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi-marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Nomzodlarning birontasi ham etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995-yil 8 va 25-yanvar kunlari takroriy saylovlar bo’ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Oliy Majlis 1995-1999-yillarda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo’lni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan 10 kodeks, 2 milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qildi. Shuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi, xalqaro konventsiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi.
Hukumatning 1997 yil 3 iyuldagi qarorida ko‘rsatilgan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatiga vazirlik va idoralar, hokimliklar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda prokuratura idoralari xodimlarining qator lavozimlari kiritilgan. Vaholonki, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarida davlat xizmatchisi deganda, faqatgina hokimliklar, vazirlik va idoralar xodimlari tushuniladi.

Qonunchilikda ayni paytda “ma'muriy-boshqaruv xodimlari” degan tushuncha ham qo‘llanilmoqda. U yuqorida qayd etilgan ro‘yxatga kiritilmagan qator tashkilotlarni ham o‘z ichiga oladi. Nomenklaturada xo‘jalik boshqaruvi organlari lavozimlari borligi uning asosiy farqi hisoblanadi. Shu bilan birga, qonunchiligimizda saylanadigan mansabdor shaxslar faoliyati tartibga solingan. Masalan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining maqomi hamda vakolatlari belgilab qo‘yilgan.
Bir qator hujjatlar, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Prokuratura to‘g‘risida”gi, “Sudlar to‘g‘risida”gi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunlar ayrim davlat organlarining maqomini belgilab beradi.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning evolyutsiya yo’lining tanlab olinganligi o’zining an’anaviy og’ir-bosiqligi, puxta o’ylab qaror qabul qilishga ruhan moyilligi hamda tinchliksevarligi tufayli bir holatdan ikkinchisiga, ayniqsa turmush tarzida, sakrab o’tishga rag’bati yo’q o’zbek xalqining fikrlash tarziga aynan mosdir.
Yana shu narsa ham g’oyat muhimdirki, bozor taraqqiyotining bosqichli jarayoni davlatning tub ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni ahillik vaziyatida, jamiyatning qo’llab-quvvatlashiga tayanib amalga oshirish imkonini beradi.
Islohotlarning o’zbek modeli bundan oldin yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo’ldi.
Ko‘plab idoralar o‘z maqomi, maqsad va vazifalari belgilangan tegishli nizomlar asosida ish olib bormoqda.
Ko‘rinib turibdiki, davr davlat xizmatlari sifatini oshirish, davlat xizmatchilari faoliyatining ochiqligi va qonuniyligini ta'minlash bo‘yicha vazifalarni hal qilishni kun tartibiga olib chiqmoqda. Bu vazifalar davlat xizmatchisi huquq va vakolatlarini aniq belgilab berishni taqozo etayapti. Shu bois Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida davlat xizmati institutini isloh etish, davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta'minoti, ularning kasbiy tayyorgarligini tubdan takomillashtirish, bu sohaga yangicha fikrlaydigan, mas'uliyatli, tashabbuskor, vatanparvar kadrlarni jalb etish bo‘yicha samarali tizim yaratish zarurligini ta'kidlagan edi.
Davlatimiz rahbari yaqin kunlarda “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi. Bu vazifa 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida alohida bandda ko‘rsatib o‘tilgan.
Ayni paytda ba'zi idoralarda, misol uchun, Davlat soliq qo‘mitasida ishga qabul qilish tartibi aniq bo‘lib, ularda bu taomil tanlov asosida amalga oshirilishi belgilangan. Bunday yondashuv xolisona qaror qabul qilish, malakali xodimni tanlab olish, kadrlar zaxirasi uchun ma'lumotlar bazasini yaratish imkonini beribgina qolmasdan, fuqarolarning ishga joylashishda teng huquqliligini ta'minlashga xizmat qiladi. Fikrimizcha, bunday yondashuv davlat xizmatiga qabul qilish bo‘yicha yagona standartning asosiy unsurlaridan biri bo‘lishi va qonuniy asosga ega bo‘lmog‘i lozim
Bugun vazirlik va idoralarga taqsimlashda nomzodlarni tayinlash va vakolatli organlar bilan kelishish jarayonini yanada batafsil tartibga solish, uning ochiqligini ta'minlash zarurati tug‘ilmoqda.
Bugun vazirlik va idoralarga taqsimlashda nomzodlarni tayinlash va vakolatli organlar bilan kelishish jarayonini yanada batafsil tartibga solish, uning ochiqligini ta'minlash zarurati tug‘ilmoqda.
Shuni qayd etish kerakki, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish ularni baholashning asosiy vositasi hisoblanadi. Bu taomil kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalarini takomillashtirishdagi muammolarni hamda mansab pillapoyasidan yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi uchun salohiyatini aniqlash imkonini beradi. Amaliyot malakani baholash tizimiga aniq ko‘rsatkichlarni joriy qilish zaruratini ko‘rsatayapti. Bular davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda amaliy natijalarga erishish bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim. Bunda aholi so‘rovlari asosida natijalarni baholash kerak.
Binobarin, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, bundan keyin joylardagi rahbarlar faoliyatiga, birinchi navbatda, ular boshqarayotgan hududdagi aholidan tushayotgan murojaatlar soni, ularning xalq ichida yurishi, mavjud muammolarning amaliy yechimiga qarab baho beriladi. Qisqacha aytganda, rahbarlarga xalqning o‘zi baho beradi.
Amaldagi davlat xizmati tizimida rotatsiya mexanizmi, ya'ni mansabdor shaxsning davlat organlari gorizontal yo‘nalishida ishga ko‘chirilishi yetarli darajada tartibga solinmagan. Bundan tashqari, davlat organlari xodimlari uchun Yagona tarif setkasi bo‘lishiga qaramasdan, juda ko‘plab idoraviy farqlar va istisnolar mavjud. Bu esa, oxir-oqibat, mansabdor shaxslarning oylik maoshi hajmiga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatadi. Bunda ham yagona yondashuv va standartlar asosida ish olib borish maqsadga muvofiq.
Bugun yangicha hamda mustaqil fikrlaydigan, mas'uliyatli, tashabbuskor, ilg‘or boshqaruv usullarini puxta o‘zlashtirgan, halol, o‘z Vatani va xalqiga sodiq kadrlarni tayyorlash bo‘yicha samarali tizim yaratmasdan sifat o‘zgarishlariga erishib bo‘lmasligi aniq.
Xalq bilan muloqot qilish, insonlar dardi, muammolarini samarali, tezkor hal qilishning sifat va mazmun jihatdan mutlaqo yangi tizimi yaratildi. Olib borilgan ishlar samarasi oʻlaroq, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor vazifalari boʻyicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, yillar davomida toʻplanib qolgan muammolarni yechish, sohani toʻlaqonli tartibga solish amalga oshirilmoqda.

Jahon andozasi boʻlgan “tarozilar pallasi” (checks and balances) tamoyilining amalda oʻz aksini topishiga erishildi. Jumladan, Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullash va Prezident tomonidan tasdiqlash tartibi belgilandi.
Normarkazlashtirish siyosati namunasi oʻlaroq, “hududlardagi muammoni, eng avvalo, oʻsha hududda ishlaydigan va yashaydigan insonlar yaxshi hal qila oladi”, degan fikrdan kelib chiqqan holda davlat apparatining institutsional tizimi qayta koʻrib chiqilib, uni optimallashtirish, samaradorligini oshirish boʻyicha muhim islohotlar amalga oshirildi. Shu jumladan, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha mutlaqo yangi tizim – sektorlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Yaʼni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 4 ta sektorga boʻlindi. Respublika darajasida qarorlar qabul qilishda mahalliy hokimliklarning ishtirokini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy dasturlarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishish tartibi joriy qilindi. Oʻz navbatida, Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar hududlardagi mahalliy Kengashlarga masʼul etib biriktirildi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etildi. Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, yurtboshimiz yuksak demokratik talablarni hayotimizga to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga erishish bir-bir bilan chambarchas bog’liq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanligini ta’kidlab, bunday darajaga ko’tarilish hech qachon osonlikcha kechmasligini uqdirib o’tgan edilar. I.A.Karimov “O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” risolasida mamlakat mustaqillikka erishgandan so’ng dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O’zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdilar. Nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur yashab turgan fuqarolarning taqdirigina emas, balki ularning kelajak avlodlarining taqdirini ham o’ylab tuzilgan bo’lib, o’sha davrda hukmron bo’lgan yakka hokimlik tizimining illatlarini tezroq bartaraf etish, mamlakatimizni rivojlangan, madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olishini ta’minlashni ko’zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Islom Karimov nomi bilan jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi.Taraqqiyotning o’zbek modeli quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya’ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak. SHuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur;
ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart;
Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimiga innovatsion yondashuv joriy etilib, fuqarolarga nisbatan byurokratik sansolorlik, sarsongarchilik holatlarini tubdan isloh qilishda katta qadamlar tashlandi. Avvallari fuqarolar turli norasmiy toʻlovlar, korrupsiya holatlaridan aziyat chekkan boʻlsa, davlat xizmatlarini koʻrsatishda inson omilining kamaytirilishi hisobiga bunday muammolarga chek qoʻyilmoqda. Xususan, mazkur sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish masʼuliyati yuklangan alohida davlat organi – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etildi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi. “Yagona darcha” tamoyili nafaqat tadbirkorlik subyektlariga, balki bevosita fuqarolarga ham xizmat koʻrsatishda amal qiladigan boʻldi. Xususan, respublika boʻyicha tashkil etilgan Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2018-yilning boshida jami 37 turdagi davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, 2019-yilga kelib ularning soni 130 ga yetdi (qariyb 3 baravar). 2020-yildan boshlab Markazlar orqali 143 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyildi. Markazlar orqali 2017-yilda 120 mingga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, xizmat turlari ortganligi hisobiga, koʻrsatilgan davlat xizmatlari soni 2019-yilda 11,3 mln.ga yetdi (2018-yilga nisbatan 2,3 baravar koʻp).

Inson manfaatlarini taʼminlash, odamlar bilan muloqot qilish, xalqning dardu tashvishlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish va hal qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi.