Ertalabki gigienik gimnastikani o'tkazish O'quv-uslubiy qo'llanma o'rta maktab o'quvchilariga, o'rta, maxsus va oliy o'quv yurtlari talabalariga mo'ljallangan.
Ushbu o'quv qo'llanma ertalabki gigienik gimnastika komplekslarini ishlab chiqishdan iborat. Ishlab chiqilgan mashqlar to'plamlari o'quvchilar va talabalarning jismoniy tarbiya ishtiyoqini rivojlantirishga, kundalik tartibni va sog'lom turmush tarziga intilishni rivojlantirishga yordam beradi, turli xil qiziqishlarni amalga oshirish uchun, mustaqil faoliyat uchun shart-sharoitlar yaratadi. Qo'llanma materiallari dam olish maqsadida darsdan tashqari mashg'ulotlarda foydalanish mumkin.
Amaliy sport mashqlari - bu mashqlar yordamida yuklamalarga mos-lashtirish, oshirib borish, qon va limfa aylanishlari, modda almashinuvi-ning yaxshilanishi amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi : yurish, yugurish, o‘tirgan va turgan holatlarda eshkak eshish, suzish, chang‘i va konki uchish, velosiped haydash.
O‘yinlar – ular quyidagilarga bo‘linadi :
-kam harakatli o‘yinlar – shaxmat, shashka va h.z. Bunda bemorlarni kasallikdan chalg‘itish, emotsional-ruhiy holatiga ta'sir etish, e'tiborini kuchaytirish amalga oshiriladi;
-harakatli o‘yinlar – stol tennisi, badminton, kegelban, kreket va h.z. Ular yordamida bemorlarning emotsional holati yaxshilanadi, harakat kengligi oshiriladi, o‘sib boruvchi yuklamalarga organizm moslashtiriladi;
-sportga oid o‘yinlar – voleybol, basketbol, futbol va h.z. Ular ham bemorlarning emotsional holatini yaxshilaydi, o‘sib boruvchi yuklamalarga organizmni moslashtiradi.
Xulosa Albatta, barchaning ham yuqori malakali sportchi bo‘lishi, musobaqalarda qatnashib, mukofotlar olishi shart emas. Lekin, inson muntazam ravishda o‘z imkoniyatidan kelib chiqib sport bilan shug‘ullanishi, jismoniy chiniqishi koni foyda. Yoki har kuni bajarish imkoni bo‘lgan 15-20 daqiqalik ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari, 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish, tungi uyqu oldidan 20-30 daqiqalik sayr qilish ham, albatta, bunday istaklar ro‘yobiga kiradi.
Zamonaviy tibbiyot insonning jismoniy mehnatga bo‘lgan kam harakati tufayli uning salomatlik darajasining pasayishi, ichki a'zolar faoliyatining buzilishi, ishlash qobiliyatining past ko‘rsatkichi va talab darajasida bo‘lmagan jismoniy rivojlanish kabi holatlarning mavjudligini ko‘rsatmoqda. Zero, qadimgi faylasuflarning, kishini hushsizlantiruvchi va sog‘ligiga shikast yetkazuvchi narsa uzoq vaqt jismoniy harakat qilmaslikdir, degan fikrlari boisi ham shunda.
Buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning: «Badantarbiya - sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir», degan o‘giti har bir insonning hayotiy shioriga aylansa, kishi hech qachon kasallikka chalinmaydi.
Ertalabki gigiyenik gimnastika mashg‘ulotlari bilan barcha yoshdagi kishilar shug‘ullanishi mumkin. Mashg‘ulotlar uzluksiz, doimiy ravishda bajarilgandagina ijobiy natija beradi. Uzoq muddatli tanaffus esa oldingi mashg‘ulotlar ta'sirining pasayishiga olib kelishi mumkin. Demak, o‘z organizmini chiniqtirish, mehnat unumdorligini oshirish, sog‘liqni mustahkamlash asosida uzoq umr ko‘rishni istagan har bir kishi doimo jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi, shuningdek, kundalik faoliyatini muayyan tartib asosida olib borishi zarur.