8-mavzu. Qadimgi Rim tarixiga kirish Qadimgi Rim tarixiga kirish. Jahon tarixida Rimning tutgan o‘rni va ahamiyati. Rim jamiyati - quldorlik tizimining yuqori bosqichi. Xronologiya. Qadimgi Rim tarixining davrlanishi. Italiyaning geografik o‘rni va tabiiy sharoitlari. Aholisi. Etnik xilma-xilligi. Asosiy qabilalar: ligurlar va boshqa mahalliy qabilalar, italiklar, illiriyalik etnik guruhlar, etrusklar, yunonlar. Qadimgi Rim tarixini o‘rganish.
9-mavzu. Ilk Rim Respublikasi Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Italiyada ilk quldorlik jamiyati. Miloddan avvalgi VIII asrda Etruriya. Etrusklar va Rim. Italiya janubida va Sitsiliya orolida yunon polislari. Rim. Rim tarixidan manbalar. Rimning geografik o‘rni va tabiiy sharoiti. Rim fuqarolik jamiyati. Patritsiylar va plebeylar, klientlar va patronlar. Patriarxal qulchilik va uning manbalari. Davlat tuzilishi. Podsho hokimiyati. Serviy Tulliy islohati. Podsho hokimiyatining yemirilishi va Rim Respublikasining o‘rnatilishi.Miloddan avvalgi VI-III asrlarda Rim va Italiya. Plebey va patritsiylar o‘rtasidagi kurash sabablari, asosiy bosqichlari va natijalari. Miloddan avvalgi IV-III asrlarda Rimda davlat tuzilishi. Rim tomonidan Italiyaning istilo etilishi. Rim-Italiya ittifoqi. Uning tarkibi. Rim madaniyati.
10-mavzu. Mil avv. III-II asrlarda Rim respublikasi Rim va Karfagenning O‘rta Yer dengizi xavzasidagi hukmronlik qilish maqsadida olib borgan kurashi. Karfagen davlati. Karfagen - Rim munosabatlari. Puni urushlari. Ularning natijalari. Miloddan avvalgi II asrdagi Rimning Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi istilolari. Makedoniyaning istilo etilishi. Makedoniya va Yunonistonning provintsiyalarga aylanishi. Salavkiylar podsholigining qulashi. Uchinchi Puni urushi. Karfagenning tor-mor etilishi. Miloddan avvalgi II-I asrlarda Rimning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi. Rimda quldorlikning o‘sishi. Rim istilolarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoniga ta`siri Rimni iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlari. Klassik qulchilikni ahamiyati. Miloddan avvalgi II asrda Rimdagi ichki siyosat. Qullar qo‘zg’oloni. Sitsiliyada 1 qullar qo‘zg’oloni. Aka-uka Grakxlarni agrar siyosiy islohotlari. Yugurta urushi. Gay Mariyning harbiy-siyosiy islohatlari, uning faoliyati. Miloddan avvalgi II-I asrlar bo‘sag’asida. Rimdagi ijtimoiy-siyosiy kurash. Italiyadagi ittifoqchilar urushi.