13-mavzu. XI-XV asrlarda Turkiya (Usmoniylar imperiyasi) Saljuqiylar davrining asosiy xususiyatlari. XIII asr ikkinchi yarmi XIV asr boshlarida Kichik Osiyo. XIV asr ikkinchi yarmida Usmoniylar davlatining tashkil topishi va Bolqon istilosi. XV asr ikkinchi yarmida Turkiya. Xalq harakati. Konstantinopolning ishg’ol etilishi. Bolqon va Kichik Osiyodagi istilolarning tugatilishi.
XV asr ikkinchi yarmida Turkiya. Feodal munosabatlar. Fotih Mexmed II islohotlari. Qonunnoma.
14-mavzu. XI-XV asrlarda Eron Abbosiylar davrida Eron. Saljuqiylar bosqini va Eronni zabt etilishi. Ismoiliylar davlati. Alamut. Mo‘g’ullar bosqini davrida Eron. Xulakuxon yurishlari. Eronni zabt etilishi. Ilxonlar davlati. Qozonxon islohoti. A.Temur davrida Eron. Oqqo‘yunli turkmanlar davlati. Safaviylar davlatini yuzaga kelish shart-sharoiti.
15-mavzu. XIII-XV asrlarda Hindiston va Xitoy. Hindiston. Dehli sultonligining tashkil topishi. Feodal munosabatlar. XIII asrda Dehli davlati. Ala ud-Din Xilji Muxammad Tug’laq imperiyasi. XIV asr ikkinchi yarmida Dehli sultonligi va uning qulashi. Dehli sultonligining qayta tiklanishi. Baxmani davlati. Vijayanagar davlati.
Xitoy. Feodal urushlar. Yan-yan islohotlari. Tan davlatida qarama-qarshiliklarning keskinlashishi. Dehqonlar urushi. Sun davlatining tashkil topishi. Davlat tuzumi. Ichki va tashqi siyosat. Feodal munosabatlar. Xalq qo‘zg’olonlari. Siyosiy kurash. Chjurchjenlar bosqini. Mo‘g’ullar bosqini. Xalq qo‘zg’olonlari. Min davlatining tashkil topishi. Madaniyat va fan. Xitoy va Markaziy Osiyo.
JAHON TARIXI IV QISM (Yangi davr: Yevropa va Amerika) 1-mavzu. Buyuk Britaniya yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari. Ilk yangi davrda Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanishi. Yakov I va Karl I Styuartlarning ichki va tashqi siyosati. Parlamentda muxolifatning kuchayishi. Puritanlik. Inqilobning zamini va shart-sharoitlari. Inqilobning boshlanishi. Fuqarolar urushi. Levellerlar va respublikaning o‘rnatilishi. Respublika va protektorat. Oliver Kromvel. Ikkinchi respublika va Styuartlarning tiklanishi. “Shonli inqilob”. Madaniyat va siyosiy fikr. XVIII asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniyaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi. Sanoat to‘ntarilishi. Ingliz ma`rifatchiligi.
Angliya Napoleon Frantsiyasi bilan urush davrida. XIX asrning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanish. Sanoat to‘ntarilishining yakunlanishi. Tashqi siyosat va mustamlakachilik masalalari. Buyuk Britaniyada ijtimoiy munosabatlar. XIX asrning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniyaning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi. Vilyam Gladston va Bendjamin Dizraeli. Irlandiya masalasi. Ishchilar harakati. Leyboristlar. XX asrning boshida Buyuk Britaniyaning ichki va tashqi siyosati. Lloyd Djordj. Urusholdi inqirozi. Britaniya dominionlari. Buyuk Britaniya Birinchi jahon urushi yillarida.