generatorni zoʻriqib ishlashdan saqlash uchun oʻzgaruvchan tok
generatori tarkibiga qoʻshimcha asbob va uskunalar kiritiladi. Bu
qurilma, ya’ni generator qurilmasi – generator, toʻgʻrilagich va rele-
rostlagichdan iborat. Avtomobillarda konstruksiyasi bir-biriga oʻxshash
G-222, G-250, G-266 va G-271 oʻzgaruvchan
tok generatorlari keng
qoʻllaniladi. 2.2-rasm, da "VAZ" avtomobillarida qoʻllaniladigan,
37.3701 markali oʻzgaruvchan tok generatorining boʻylama qirqimi
tasvirlangan. Oʻzgaruvchan tok generatori ham, xuddi oʻzgarmas tok
generatori singari qoʻzgʻalmas va qoʻzgʻaluvchan
qismlardan tuzilgan,
qoʻzgalmas qismi startyor, qopqoqlar va choʻtkalardan iborat boʻlib,
qoʻzgʻaluvchi qismiga esa rotor, ilashma halqalar va shkiv kiradi. Bu
turdagi tok generatori uchta fazaviy chulgʻamga ega boʻlgan startyor 1
ga ega.
2.1-rasm. Oʻzgarmas tok generatori: a-boʻylama qirqimi, b-
detallari:
1-shkiv, 2 va 15-qopqoqlar, 3-moydonlar, 4 va 12-sharsimon
podshipniklar, 5-yakor, 6-kollektor, 11 va 13-choʻtka
tutgichlar,
14-himoya lenta (tasma)
"VAZ" avtomobillarida qoʻllaniladigan, 37.3701 markali
oʻzgaruvchan tok generatorining boʻylama qirqimi tasvirlangan.
Oʻzgaruvchan tok generatori ham, xuddi oʻzgarmas
tok generatori
singari qoʻzgʻalmas va qoʻzgʻaluvchan qismlardan tuzilgan, qoʻzgalmas
qismi startyor, qopqoqlar va choʻtkalardan iborat boʻlib, qoʻzgʻaluvchi
qismiga esa rotor, ilashma halqalar va shkiv kiradi.
Bu turdagi tok
generatori uchta fazoviy chulgʻamga ega boʻlgan startyor 1 ga ega. Har
bir fazada oltitadan chulgʻam boʻlib, ular startyorning ichki tomonidan
oʻrnatilgan gardishlarga oʻtqazilgan fazalarni tashkil etuvchi
chulgʻamlar oʻzaro
yulduz shaklida ulanib, har bir chulgʻamning
ikkinchi uchlari shkiv 13 ning qarama-qarshisidagi qopqoqqa oʻrnatilgan
toʻgʻrilagichga ulangan. Rotor 8 oʻzgarmas magnit maydoni emas, balki
harakatlanuvchi magnit maydoni hosil qilish uchun xizmat qiladi. U
qutblash uchliklaridan va uygʻonish chulgʻamidan tashkil topgan. Bular
faqat kuchli magnit maydoni paydo qilibgina qolmay, shuningdek,
rostlagich yordamida uning qiymati generatorning aylanishlar soniga va
yuklanishiga qarab oʻz-oʻzidan oʻzgarib turadi.
Generator ishlab
chiqarayotgan oʻzgaruvchan tok toʻgʻrilagich bloki (TB) yordamida
oʻzgarmas tokka aylanib, kuchlanishi esa
generator ichida joylashgan
integral kuchlanish rostlagichi KR yordamida maqbullashtirilib turiladi
(2.2-rasm), bu esa oʻz navbatida ogʻirligi kam va ixcham generatorlarda
katta quvvat olishga imkon yaratadi. Yengil avtomobillarda va GAZ
hamda ZIL avtomobillarida quvvati 500 Vt ga yetadigan oʻzgaruvchan
tok generatori ishlatiladi. Dizelli ogʻir yuk avtomobillari uchun 650 Vt,
oʻrta va katta turkumli avtobuslar uchun esa 750 Vt quvvatli generatorlar
ishlab chiqariladi. Oʻzgaruvchan tok generatorlari avtombil 200-250
ming km yoʻl yurish uchun moʻljallangan boʻlib, bu esa oʻzgarmas tok
generatorining ishlash muddatidan ikki marta ortiqdir.
Dostları ilə paylaş: