1-laboratoriya ishi. Avtomobilning generator qurilmalari ish xajmi


–rasm. 37.3701 generatorini stendda tekshirish uchun ulanish



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix14.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#97663
1   2   3   4   5
lab- 1-1

2.3–rasm. 37.3701 generatorini stendda tekshirish uchun ulanish 
sxemasi: 
1 - generator; 2 - kontrol lampa 12 V, 3 Vt; 3 - voltmetr; 4 - ampermetr;
5 - reostat; 6 - uzgich; 7 - akkumulyator batareyasi 
2. Sinovdan oldin generator chang va ifloslanishlardan tozalanadi 
va ichlari siqilgan havoda puflanadi, qopqoqlarni holati hamda 
shpilkalarni tortilish darajasi yoki ularni mahkamlovchi vint, shkivni 
mahkamlovchi gayka tortilishi, rotor vali oʻqidagi lyuft, qisqichlarning 
izolyatsiyasi holati kontakt halqalarini tozaligi, choʻtkalarni eyilish 
darajasi, prujinalarni choʻtkalarga bosim kuchi tekshiriladi. Rotorni 
aylanishi va choʻtkalarni choʻtka ushlagichda harakati engilligiga 
ishonch hosil qilinadi. Generator 2 xil rejimda: yuklamasiz va yuklama 
ostida sinovdan oʻtkaziladi. Generatorning rostlangan kuchlanishini 
formasi boʻyicha nosozlikni ossillograf tez va aniq koʻrsatadi. 
3. Tekshirish uchun generatorni "30" chiqish kontaktiga 
ampermetr , uzgich va akkumulyator batareyasi rasmda koʻrsatilgandek 
ulanadi. Undan tashkari generatorida "15" shtekerni akkumulyator 


batareyasini "+" klemmasiga ulang. 37.3701 generatordagi kuchlanish 
rostlagichni "V" shtekeridan uch qoʻshimcha diodni umumiy simini 
uzing va "V" shtekerni akkumulyator batareyasini "+" klemmasiga 12 V, 
3 Vt lampasi orqali ulang. Uzilgan simni izolyatsiyalang, shuning
bilan uygotish chulgʻamiga akkumulyator batareyasidan quvvat toʻgʻri 
beriladi. Stend elektrodvigatelini va rotor aylanishlar chastotasini 1500-
2000 min
-1 
yetkazing va quvvatini quyidagi formula bilan hisoblang: 
W=I·U
(1) 
Uzgich bilan akkumulyator batareyasini uzing va beruvchi tokni 10 
A qoʻying. 
 
2.5-rasm . Generatorni rostlangan kuchlanishini grafik koʻrinishi: 
I - generator soz; II - diod ishdan chiqqan; III - diod zanjiri uzilgan
Ossillograf bilan generator "30" klemmasidagi kuchlanishni 
tekshiring. Startyor chulgʻami va diodlar soz boʻlganda rostlangan 
kuchlanish grafik koʻrinishi bir oʻlchamdagi arrasimon tishlardan iborat 
(2.5-rasm, I). 
Agar startyor chulgamida uzilish eki diodlarda qisqa tutashuv, uzilish 
grafik keskin oʻzgaradi: tishlarni bir oʻlchamliligi buziladi va 
chuqurliklar hosil boʻladi (2.5-rasm, II va III). 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin