|
B) Perxromat kislotaning olinishi
|
səhifə | 17/55 | tarix | 24.09.2023 | ölçüsü | 0,78 Mb. | | #147742 |
| Аналитик кимё тажриба 2022.
B) Perxromat kislotaning olinishi. Probirkaga 3 tomchi suyultirilgan sulfat kislota, 2 tomchi vodorod peroksid eritmasi va 1 ml efir quyiladi aralashma chayqatiladi. Sungra 2-3 tomchi hosil qilingan xromat eritmasi (sariq rangli) qo`shiladi va yana chayqatiladi. Efir qatlamining rangi kuzatiladi.
Zn2+ KATIONINING REAKSIYALARI
1. Ammoniy sulfid (NH4)2S neytral eritmalardan ruxni oq amorf rux sulfid ko`rinishida cho`ktiradi:
ZnCl2 + (NH4)2S = ZnS↓ + 2NH4C1
Zn2+ + S2- = ZnS↓
Reaksiyaning bajarilishi. 2 tomchi rux tuzining eritmasiga 2 tomchi ammoniy sulfid eritmasi qo`shiladi.
2. O`yuvchi ishqorlar rux tuzlarining eritmasidan rux gidroksidning oq quyuqlashgan cho`kmasini ajratadi:
ZnCl2 + 2KOH = Zn(OH)2↓ + 2KC1
Zn2+ + 2ON- = Zn(OH)2↓
Rux gidroksid amfoterlik xossalarga ega va shuning uchun suyultirilgan kislotalarda va ortiqcha ishqor eritmasida eriydi:
Zn(OH)2 + 2KON = 2N2O + 2K2ZnO2
Reaksiyaning bajarilishi. 2 tomchi rux tuzining eritmasiga avval tomchi ishqor eritmasi, keyin esa ko`p miqdorda qo`shiladi. Cho`kma tushishi va keyinchalik uning erishi kuzatiladi.
3. Qizilqontuzi K3[Fe(SN)6] kaliygeksasianoferrat (III)rux tuzlari bilan geksasianoferrat (III) ningjigar-rangli sariq cho`kmasini beradi:
3ZnCl2 + 2K3[Fe(CN)6] = Zn3[Fe(CN)6]2↓+ 6KS1
3Zn2+ +2[Fe(CN)6]3- =Zn3[Fe(CN6)2↓
Cho`kma xlorid kislotada va ammiak eritmasida eriydi.
Reaksiyaning bajarilishi. 2 tomchi rux tuzining eritmasiga 2 tomchi qizil qon tuzining eritmasi qo`shiladi.
4. Mikrokristalloskopik reaksiya. Ammoniy tetrarodano (II) merkurat neytral va kuchsiz kislotali eritmada rux ionlari bilan krest yoki dendritlar ko`rinishida rangsiz kristallar xosil qiladi (6-rasm, b). Agar eritmada ko`p miqdorda mineral kislota bo`lgan bo`lsa, rux tuzlari kamroq miqdorda bo`lsa, kristallar uch qirrali ko`rinishda tushadi (6-rasm, a).
ZnCl2 + (NH4)2[Hg(SCN)4 ] = Zn[Hg(SCN)4] + 2NH4C1
Dostları ilə paylaş: |
|
|