1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə25/55
tarix24.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#147742
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
Аналитик кимё тажриба 2022.

Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 5 tomchi ammoniy molibdat (NH4)2MoO4 eritmasi va 1 tomchi konsentrlangan nitrat kislota solinadi, eritma biroz isitiladi va natriy gidrofosfat eritmasidan 1 tomchi qo`shiladi. Eritmali probirka biroz qo`yib qo`yiladi va cho`kma tushishi kuzatiladi.
SO32- IONINING REAKSIYALARI
Karbonat-ion karbonat kislotaning anionidir. Bu kislota erkin holatda noma'lum, chunki SO2 va suvga deyarli to`la parchalanadi. Karbonat kislota juda kuchsiz kislota va uning ishqoriy metall tuzlari ma'lum darajada gidrolizga uchraydi.
1. Bariy xlorid BaC12 karbonatlarning eritmalaridan sovuqda bariy karbonatning oq cho`kmasini cho`ktiradi:
BaS12 + Na2CO3 = BaCO3↓ + 2NaCl
Ba2+ + CO32- = BaCO3
Cho`kma suyultirilgan xlorid va nitrat kislotalarda hamda sirka kislotada oson eriydi.
Qaynatilganda yoki turganda u kristall bo`la boshlaydi va ancha zichlashadi.
Reaksiyaning bajarilishi. Natriy karbonatning 5 tomchi eritmasiga bariy xlorid eritmasi qo`shiladi va cho`kmaning suyultirilgan kislotalarda erishi kuzatiladi.
2. Kislotalar barcha karbonatlarni uglerod qo`sh oksidning shiddatli ajralib chiqishi bilan parchalaydi:
Na2CO3 + 2HC1 = 2NaCl + CO2↑ + H2O
CO32- + 2H+ = CO2↑ + H2O
Bu reaksiya karbonatlar uchun juda xarakterlidir, chunki kislotalar ta'sirida sulfatlarning parchalanishida SO2 ning ajralishi unchalik shiddat bilan o`tmaydi.
Reaksiyaning bajarilishi. 2 tomchi Na2CO3 eritmasiga tomchilab suyultirilgan xlorid yoki qandaydir boshqa kislota qo`shiladi. Gazning shiddatli ajralib chiqishi kuzatiladi.
3. Kumush nitrat AgNO3 karbonatlarning eritmalaridan oq rangli cho`kma - kumush karbonatni cho`ktiradi:
2AgNO3 + Na2CO3 = Ag2CO3↓ + 2NaNO3
2Ag+ + CO32- = Ag2CO3
Kumush karbonat suyultirilgan nitrat kislota va ammiak eritmasida kompleks hosil qilish reaksiyasi natijasida oson eriydi. Kislotada erishida uglerod qo`sh oksidning intensiv ajralishi kuzatiladi. Isitilganda kumush karbonatning deyarli to`la gidrolizi sodir bo`ladi:
Ag2CO3 + 2N2O = 2AgOH + N2SO3
2AgOH = Ag2O + H2O
N2SO3 = CO2 + H2O
Cho`kmada kumush oksid qoladi (xira qo`ng`ir rangda).

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin