Mavzu: Quruq tuzni (noma’lum tarkibli) analizini bajarish Anorganik kimyo kursida o’tkazilgan reaktsiyalarning ba‘zilarini analitik reaktsiyalar qatoriga kiritish mumkin. Kuzatish mumkin bo’lgan effekt sodir bo’ladigan kimyoviy reaktsiya analitik reaktsiya deb ataladi. Effekt deyilganda cho’kmaning hosil bo’lishi yoki uning erishi, eritma rangining o’zgarishi, ayrim gazsimon moddalarning hosil bo’lishi tushiniladi. Har bir kimyoviy reaktsiya «ho’l» va «quruq» usulda o’tkazilishi mumkin.
1. Agar reaktsiya eritmada bajarilsa, u «ho’l» usulda bajarilgan bo’ladi. Modda suvda, qislota yoki ishqorda eritiladi, hosil bo’lgan eritmadan esa izlanayotgan ionlar tegishli reaktivlar yordamida topiladi. Masalan, Fe2+ ionining eritmada mavjudligini aniqlash uchun Fe2+ tuzi eritmasidan probirkaga 1-2 tomchi solib uning ustiga K3[Fe(CN)6] tuzi eritmasidan 1-2 tomchi qo’shiladi. Ko’k rangli cho’kma Fe3[Fe(CN)6] hosil bo’lishi ko’zatiladi.
2. Erituvchilardan foydalanmagan holda fakat quruq moddalarning o’zi bilan bajariladigan analiz usullari «quruq» usullar deb ataladi.
Ba‘zan moddalarni eritma holatiga o’tkazmasdan turib, quruqligicha analiz qilish mumkin. Bu yerda moddalarni ezib ishqalash va pirokimyoviy yo’llar qo’llaniladi.
Moddaning tarkibini aniqlash uchun gorelkaning rangsiz alangasiga ayni elementning biron birikmasi kiritiladi. Bunda alanga ayni elementga xos rangga bo’yaladi yoki bura qo’shib suyultirilganda rangli «munchoqlar» hosil bo’ladi.
Ba‘zi bir moddalar sifat jihatdan analiz qilinayotganda ularning uchuvchanligidan sublimatlanishidan foydalaniladi. Masalan, simob tuzi bilan Na2CO3 aralashmasi probirkada qizdirilsa, simob tuzi parchalanib probirkaning sovuq devorlarida kul rang tusdagi yaltirash ko’zatiladi, chunki simob metalining mayda tomchilaridan iborat cho’kma hosil bo’ladi. Bunda quyidagicha reaktsiya boradi:
to HgCI2 + Na2CO3 →HgCO3+2NaCI
t0 HgCO3 →HgO +CO2 to 2HgO→2Hg + O2
3. Alanganing bo’yalishiga asoslangan usul. Ko’pgina elementlarning birikmalari rangsiz alangani bo’yaydi. Masalan: natriy-sariq, kaliy binafsha, kaltsiy-qizil-g’isht, bariy sarg’ish-yashil, mis yashil rang beradi. Bunday analiz o’tkazish uchun modda kukun holiga kelguncha maydalanadi.
SHisha tayoqchaga kovsharlangan platina sim chuglangunicha qizdiriladi va darhol kukunga (modda eritmaga o’tkazilgan bo’lsa eritmaga) botiriladi. Modda yopishgan platina simni alangaga tutib, alanga rangining bo’yalishi ko’zatiladi va tegishli xulosa chiqariladi.
1. Mikrokristalloskopik analiz usuli.
Kimyoviy reaktsiyalar yordamida elementlarning shunday birikmalari hosil qilinadiki, ularning kristallari aniq geometrik shaklga ega bo’ladi. Hosil qilingan kristallarning shaklini aniqroq kuzatish uchun mikroskoplardan foydalaniladi.
1. N.A.Tananaevning tomchilar usuli.
Sezgirlik darajasi yuqori bo’lgan ayrim analitik raktsiyalar reagentlarning bir necha tomchisi bilan soat oynasi yoki filtr qog’ozi ustida o’tkazilishi mumkin. Analiz qilinadigan modda va reaktiv eritmalaridan bir tomchidan olib soat oynasi yoki filtr qog’oziga tomiziladi. Reaktsiyaning harakterli, tashqi effektidan foydalanib, eritma tarkibi to’g’risida biror xulosaga kelinadi.
Bu usul geologik, texnik va biokimyoviy analizlarda keng qo’llaniladi.
1. N.A.Tananaevning kukunsiz analiz usuli.
Ko’pgina metallarning qotishmalarini analiz qilish uchun ularni avval kukun holiga keltirish yoki eritmaga o’tkazish kerak. Ammo ba‘zi bir zargarlik buyumlaridan, mashina va apparatlarning detallaridan namuna olib bo’lmaydi. Agar ana shu maqsadda N.A.Tananaev usulidan foydalanilsa, sifat analizini tez va oson o’tkazish mumkin.
Buning uchun metall sirtiga uni erita oladigan biror erituvchi tomiziladi. Bunda hosil bo’lgan eritmani kapillyar yordamida metall sirtidan olib, u bilan sifat analizi o’tkaziladi.
1. Kukunlar aralashmasini ezib ishqalash usuli.
F.A.Flavitskiy tomonidan taklif etilgan.
Analiz qilinayotgan moddadan tahminan 0,01 g va shuncha miqdor reaktiv kukuni chinni xovonchaga solinib, aralashtiriladi va eziladi. Aralashma rangining o’zgarishidan yoki o’ziga hos hid paydo bo’lishidan aniqlanayotgan elementning birikma tarkibida borligi haqida tegishli xulosa chiqariladi.
Masalan temirning kukun holidagi biror tuziga rodanid tuzi kukuni qo’shib ezilsa, qizil rang hosil bo’ladi. (chunki Fe(SCN)3 qizil rangli modda) yoki ammoniyli biror to’zga ishqor qo’shib ishqalansa ammiak hidi keladi