1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari


Cho`ktiriladigan forma tortiladigan formaga yetarli darajada oson va to`la o`tishi zarur



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə35/55
tarix24.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#147742
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Аналитик кимё тажриба 2022.

3. Cho`ktiriladigan forma tortiladigan formaga yetarli darajada oson va to`la o`tishi zarur.
TORTILADIGAN FORMAGA QO`YILADIGAN TALABLAR.

  1. Tortiladigan formaning tarkibi uning kimyoviy formulasiga to`la mos kelishi kerak. Ma`lumki, bunday muvofiqlik bo`lmaganda, analiz natijalarini hisoblash mumkin bo`lmas edi. Cho`kmaning tarkibi uning formulasiga to`la mos kelishi uchun, ko`pchilik hollarda uni qizdirishga to’g`ri keladi. Qizdirilganda cho`kma tarkibidagi suv bog’lanib ketsa, yuvilib ketmagan boshqa moddalar va shuningdek ishlatilgan filtr qog`oz kulga aylanadi. Masalan, temir (III) gidroksidni qizdirilganda , suvning hammasi chiqib ketadi va aniq tarkibli, Fe2O3 formulaga qat`iy mos keluvchi birikma xosil bo`ladi.

  2. Tortiladigan forma kimyoviy jihatdan yetarli darajada barqaror bo`lishi kerak.

Ravshanki, agar tortiladigan forma, masalan, havodan suv bug’lari va karbonat angidridni o’ziga yutishi, oksidlanishi yoki qaytarilishi, yuqori temperaturada parchalanishi va shunga o’xshash jarayonlar natijasida o’z tarkibini o`zgartirsa, u holda yuqoridagi aytilganidek cho`kmaning tarkibi formulasiga mos kelishi sharti buziladi. Bu esa analiz natijalarini hisoblashni murakkablashtiradi.

  1. Tortiladigan formada aniqlanayotgan elementning miqdori mumkin qadar kam bo`lgani yaxshi.

Chunki bunda tajriba xatolari analizning oxirgi natijasida kam ta`sir etadi.
Masalan Cr ni Cr2O3 va BaCrO4 holida tortilganda Cr2O3 holida tortilgandagiga qaraganda 3,5 marta kam xatoga yul qo`yiladi.
Haqiqatan ham, xromning og`irligini aniqlashda 1 mg cho`kma yo’qotilgan bo`lsa, xato quyidagicha bo`ladi.
Tortiladigan forma Cr2O3
152mg Cr2O3 da 104 mg Cr bor
1 mg Cr2O3 da x mg Cr bor.
X= *1=0,7mg Cr
Tortiladigan forma BaCrO4
253,4 BaCrO4 da 52 mg Cr bor
1 mg BaCrO4 da X mg Cr bor
X= *1=0,2mg Cr
Tortiladigan formaga qo`yiladigan bu talab aniqlanayotgan elementni qanday cho`ktiruvchi bilan cho`ktirishni ham ma`lum darajada belgilab beradi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin