Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 3 tomchi distillangan suv solinadi. 1 tomchi natriy nitrit eritmasi qo`shiladi, so`ngra 1-2 tomchi Griss-Lunge reaktivi qo`shiladi va qizil cho`kmani paydo bo`lishi kuzatiladi.
NO3-IONINING REAKSIYALARI NO3- ioni eng kuchli mineral kislotalardan biri nitrat kislotaning anionidir. Nitrat kislota ancha kuchli oksidlovchi. Barcha nitratlar suvda eriydi.
1. Temir (II) sulfat FeSO4 nitrat kislota bilan oksidlanib azot oksid NO ni ajratadi. Reaksiya konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida o`tadi:
2NaNO3+6FeSO4+4H2SO4 =3Fe2(SO4)3+Na2SO4+2NO+4H2O
Azot oksid FeSO4 bilan qo`ng`ir rangga bo`yalgan [Fe(NO)]SO4 birikma hosil qiladi:
FeSO4 + NO = [Fe(NO)]SO4 Garchi reaksiya natijasida hosil bo`ladigan birikma NO2- ioni reaksiyasidagiga o`xshash bo`lsa ham, ushbu reaksiya qanday o`tishiga qarab, biz bu ionlarni oson farqiga yetishimiz mumkin. Agar eritmada nitrat yoki nitrit borligi noma'lum bo`lsa, dastlab suyultirilgan sulfat kislota bilan reaksiya o`tkazish mumkin. Hosil bo`ladigan qo`ng`ir birikma NO2- ioni borligini isbotlaydi. Agar qo`ng`ir rang paydo bo`lmasa, NO2- ioni yo’qligini isbotlaydi, reaksiyani endi konsentrlangan sulfat kislota bilan takrorlash zarur. Qo`ng`ir halqaning paydo bo`lishi NO2- ioni borligini isbotlaydi.
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 2-3 tomchi suv va 2-3 dona quruq FeSO4 solinadi. Natriy nitrat eritmasidan 2 tomchi qo`shiladi va probirkani suv oqimi tagida sovutiladi. Suyuqliklar aralashmasligi uchun ehiyotlik bilan devoridan 2-3 tomchi konsentrlangan sulfat kislota qo`shiladi. Suyuqliklar tutashgan joyida qo`ng`ir halqa hosil bo`ladi.
5-Laboratoriya ishi