Cl-IONINING REAKSIYALARI Xlorid-ion Cl- xlorid kislotaning anionidir. Bu eng kuchli kislotalardan biri, kuchli asos kationlaridan hosil bo`lgan. Uning tuzlari gidrolizga uchramaydi. Ko`pgina xloridlar suvda yaxshi eriydi, kumush, simob (1) va qo`rg`oshin xloridlari qiyin eriydi.
1. Kumush nitrat AgNO3. C1- ioni bilan kumush xloridning oq suzmasimon cho`kmasini beradi:
NaCl + AgNO3 = AgCl↓ + NaNO3 Ag+ + Cl- = AgCl↓
Cho`kma nitrat kislotada erimaydi, biroq, ammiakda kompleksli birikma hosil qilib oson eriydi;
AgCl↓ + 2NH3 = [Ag(NH3)2]Cl
Kumush xloridning ammiakli eritmasiga konsentrlangan nitrat kislota qo`shilganda cho`kma yana qaytadan ajraladi:
[Ag(NH3)2]Cl + 2HNO3 = 2NH4NO3 + AgCI↓
Reaksiyaning bajarilishi. Natriy xlorid eritmasining 2 tomchisiga kumush nitrat eritmasidan 2 tomchi qo`shiladi. Cho`kma tushgan eritmaga cho`kmaning to`la erigunicha konsentrlangan ammiak eritmasi qo`shiladi. Hosil qilingan eritma konsentrlangan nitrat kislota bilan kislotali muhitga keltiriladi va cho`kma tushishi kuzatiladi.
Br- IONINING REAKSIYALARI Br- - ioni kuchli vodorod bromid NVr kislotaning anionidir. Bromidlar o`z xossalari va eruvchanligi bo`yicha xloridlarga yaqin.
1. Kumush nitrat AgNO3 Br- ionlari bilan kumush bromidning sarg’ish oq cho`kmasini beradi:
NaBr + AgNO3 = AgBr↓ + NaNO3 Ag+ + Br- = AgBr↓
Cho`kma nitrat kislotada erimaydi, ammiakda yomon eriydi va natriy tiosulfat eritmasida yaxshi eriydi:
AgBr + Na2S2O3 = NaBr + Na[Ag(S2O3)]
Reaksiyaning bajarilishi. Natriy bromid NaBr ning 4 tomchisiga kumush nitrat eritmasidan 4 tomchi qo`shiladi. Cho`kmali eritma ikki qismga bo`linadi. Bir qismiga natriy tiosulfat eritmasi, boshqasiga esa konsentrlangan ammiak eritmasi qo`shiladi va bu reaktivlarda AgBr cho`kmasining erishi solishtiriladi.
2. Xlorli suvbromid eritmasiga qo`shilganda undan erkin bromni ajratadi, u uglerod sulfidda yoki xloroformda erib, erituvchi qatlamni to`q sariq rangga bo`yaydi:
S12 + 2NaBr = 2NaCl + Vr2 Xlorli suv ortiqcha miqdorda bo`lsa rang yo’qoladi, chunki xlor brom bilan tiniqroq rangga ega bo`lgan brom xlorid BrCl ni hosil qiladi. Bu reaksiya Br- ioniga eng xarakterlidir.