Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga natriy sulfit eritmasidan 5 tomchi tomiziladi va 6 tomchi kumush nitrat eritmasi qo`shiladi. Cho`kmali eritma uch qismga bo`linadi va cho`kmani suyultirilgan nitrat kislotada, ammiakda va ortiqcha natriy sulfitda erishi kuzatiladi. Cho`kmaning ortiqcha natriy sulfitda erishida hosil qilingan eritma bir necha minut suv hammomida qizdiriladi va eritmadan kumush metalining ajralishi kuzatiladi.
3. Iod J2 eritmasi sulfat kislotaga yoki kislotali muhitga keltirilgan sulfitlar
eritmasiga ta'sir etganda rangsizlanadi:
H2 SO3 + J2 + N2O = 2HJ + H2SO4 Reaksiyanikuchsizkislotalimuhitdao`tkazishkerak, chunkiyodishqoriyeritmadavasulfitlaryo`qligidahamrangsizlanadi. Reaksiya juda seziluvchan.
Reaksiyaning bajarilishi. Iodning suvli eritmasining 3 tomchisiga suyultirilgan NS1va bir tomchidan aralashtirilgan xolda natriy sulfit eritmasi qo`shiladi. Iod eritmasining asta-sekin rangsizlanishi kuzatiladi.
4. Natriy nitroprusid Na2[Fe(CN)5NO] sulfitlarning neytral eritmalarini pushti-qizil rangga bo`yaydi. Rux sulfatning ortiqcha ta'sirida bu rang tiniq qizilga o`ta boshlaydi. Agar ozgina sariq qon tuzi K4[Fe(CN)6]qo`shilsa reaksiyaning seziluvchanligi ortadi, shu bilan birga qizil cho`kma hosil bo`ladi.
Reaksiyaning bajarilishi. Natriy sulfitning 2 tomchi eritmasiga natriy nitroprusid eritmasidan 1 tomchi, rux sulfatdan 3 tomchi qo`shiladi. Eritmaning ranglanishi kuzatiladi. Sungra 1 tomchi suyultirilgan K4[Fe(CN)6] eritmasi qo`shiladi va cho`kma tushishi kuzatiladi.
Ikkinchi guruh anionlariniig xususiy reaksiyalari Ikkinchi guruhga Sl-, Vr-, I- va S2- anionlari kiradi. Bu anionlar Ag+ ioni bilan suvda qiyin eruvchi va suyultirilgan nitrat kislotada erimaydigan tuzlar hosil qiladi. Suyultirilgan nitrat kislota ishtirokidagi AgNO3 guruh reaktividir. Bunday sharoitlarda AgNO3 birinchi guruh anionlari bilan cho`kmalar hosil qilmaydi. Ikkinchi guruh anionlariniig bariyli tuzlari suvda eriydi.