Ikkinchi guruh: xlorid-ioni Sl-, bromid-ion Vr-, yodid-ion I- va sulfid-ion S2-. Bu ionlar Ag+ ionlari bilan suvda qiyin eriydigan va suyultirilgan nitrat kislotada erimaydigan tuzlar hosil qiladi. Suyultirilgan nitrat kislota ishtirokidagi AgNO3 guruh reaktividir. Uchinchi guruh: nitrat-ion NO3-, nitrit-ion NO2-. Bu anionlarning kumush va bariyli tuzlari suvda yaxshi eriydi. Guruh reaktivi yo`q.
Analizning hamma qabul qilgan sistematik yo`li yo`q. Kationlarning analizidan farqli o`laroq, anionlarning analizida ayrim anionlarni oldindan ajratmasdan to`gridan-to`rgi topish ayniqsa maqsadga muvofiqdir. Uning mumkinligiga sabab shuki, anionlar ko`pincha bir-birining ochilishiga xalaqit bermaydi. Shunga muvofiq, guruh reaktivlari guruhlarni ajratish uchun emas, balki ularni topish uchun qo`llaniladi.
Anionlarga xususiy reaksiyalarini bajarishda shuni nazarda tutish kerakki, ko`pgina anionlarning bariy yoki kumush tuzlari bilan hosil qilingan cho`kmalarining tashqi ko`rinishi bir xil. Shuning uchun cho`kmaning kislotalarda yoki boshqa reaktivlarda eruvchanlik darajasi va xarakteri ustidan aloxida e'tibor bilan kuzatish kerak. Ushbu kislotada eriydigan, 2-3 tomchi eritmadan hosil qilingan shunday cho`kmani bilamizki, u bir necha tomchi suyultirilgan kislota (taxminan 2 n. li) qo`shilganda qoldiqsiz yoki juda ham oz qoldiq bilan eriydi. Biroq, agar taxminan 10 tomchi kislota (yoki boshqa reaktiv) qo`shilganda erish boshlanmasa yoki eritmaning erishi sezilarli bo`lmasa, u xolda cho`kma erimaydi deb hisoblanadi. Anionlarga xususiy reaksiyalarni yozish uchun biz bir qancha o`zgargan shaklni taklif etamiz:
Yozish shakli. Birinchi guruh anionlarining xususiy reaksiyalari
Anion
Muhit
Reaktiv nomi
Kuzatiladigan o`zgarishlar
Cho`kma xossalari
Reaksiya tenglamasi
SO3 2-
Neytral yoki kuchsiz ishqoriy
Bariy xlorid VaS12
Oq cho`kmaning tushishi
Cho`kma
kislotalarda gaz chiqarish bilan oson eriydi
Ca2+, Ba2+ va VaSO3+2NS1=BaCI2+CO2+H2O
Birinchi guruh anionlarining xususiy reaksiyalari Birinchi guruhga RO43-, SO32- , SO32-, SO42- anionlari kiradi. VaSl2 neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda guruhviy reaktivdir, chunki bu anionlarning qiyin eriydigan bariyli tuzlari, BaSO4 dan tashqari, kislotalarda eruvchan bo`ladi.
Ag+ ioni ushbu guruh anionlari (SO42-) bilan suvda qiyin eriydigan, suyultirilgan nitrat kislotada oson eriydigan tuzlar hosil qiladi. Aytilganlardan xulosa qilish qiyin emas, SO42- ioni o`zining bariy va kumushli tuzlarining xossalari bo`yicha birinchi guruhning qolgan anionlaridan farq qiladi.