Reaksiyaning bajarilishi. Natriy gidrofosfatning 4 tomchi eritmasiga bariy xloridning 4 tomchi eritmasi qo`shiladi. Cho`kmaning suyultirilgan xlorid va nitrat kislotalarda qanchalik eruvchanligi tekshiriladi.
2. Magnezial aralashma (ammoniy xlorid, magniy xlorid va ammiakning suvli eritmasi) xatto suyultirilgan eritmalardan magniy - ammoniy fosfatning oq kristall cho`kmasini ajratadi:
Na2HPO4 + MgCl2 + NH4OH = MgNH4PO4↓ + 2NaCl+H2O
HPO42- + Mg2+ + NH4+ = MgNH4PO4↓
Cho`kma hatto juda ham kuchsiz kislotalarda oson eriydi. Bu reaksiya RO43- uchun xarakterli.
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 2 tomchi natriy gidrofosfat Na2HPO4 eritmasidan tomiziladi. 2 tomchi ammoniy xlorid NH4C1 eritmasi, 2 tomchi ammiak eritmasi va undan keyin 2 tomchi magniy xlorid MgCl2 eritmasi qo`shiladi. Hosil qilingan cho`kmaning suyultirilgan xlorid va nitrat kislotalarda erishi tekshiriladi.
3. Kumush nitrat AgNO3 fosfat-ion bilan kumushning nitrat kislotada va ammiak eritmasida oson eriydigan sariq cho`kmasini beradi: to`la cho`kish faqat neytral va kuchsiz ishqoriy muhitda bo`lishi mumkin:
Na3PO4 + 3AgNO3 = Ag3PO4↓ + 3NaNO3 3Ag+ + PO43- = Ag3PO4↓
Reaksiyaning bajarilishi. Natriy fosfat Na3PO4 ning 4 tomchi eritmasiga kumush nitratning eritmasidan 4 tomchi qo`shiladi. Cho`kmali eritma ikki qismga bo`linadi. Cho`kmaning nitrat kislotada va ammiakda erishi kuzatiladi.
4. Ammoniy molibdat (NH4)2MoO4ko`proq ortiqcha qo`shilganda nitrat kislota eritmadan ammoniy - fosforomolibdatning sariq kristall cho`kmasini cho`ktiradi:
Na2HPO4 +12(NH4)2MoO4+23HNO3=(NH4)3H4[P(Mo2O7)6]↓+21NH4NO3 + 2NaNO3 + 10H2O
HPO42-+12(NH4)2MoO4+23H+=(NH4)3H4[P(Mo2O7)6]↓
Cho`kma ishqorlarda va ammiakda oson eriydi. Undan tashqari, cho`kma ishqoriy metallning fosfati ortiqligida eriydi, shuning uchun reaktiv ko`proq ortiqcha olinishi kerak. SO32- ionlari, xuddi boshqa qaytaruvchilardek bu reaksiyaga xalaqit beradi. Reaksiya juda seziluvchan va PO43- ionlari uchun xarakterli.