2-rasm
Oberbek mayatnigi bir xil massali m1 m2 m3 m4 yuklar o’rnatilgan krestovinadan iborat 2-rasm.
Agar bu yuklar aylanish o’qidan bir xil masofada tursa, u holatda aylanish o’qi krestovinaning og’irlik markazidan o’tadi. U vaqtda krestovinaga tashqaridan kuch ta’sir etmasa har qanday holatda ham tinch turadi. Shkiv A ga o’ralgan ipga osilgan yuk ta’sirida butun sistemani harakatga keltirish mumkin. Ipning taranglik kuchi ip o’ralgan A shkivga beriladi va u krestovina bilan birgalikda harakatga keladi /aylanadi/.
Agar A shkivga ipni o’rab yukni yuqoriga ko’tarsak yuk potensial energiyaga ega bo’ladi . So’ngra yukni qo’yib yuborilsa, u pastga ''a'' tezlanish bilan / tekis tezlanuvchan harakat qilib/ tusha boshlaydi. Natijada krestovina ε burchak tezlanish bilan aylanma harakat qiladi. Bunda tushayotgan yukning potensial energiyasi ikkita knetik energiyaga: yukning ilgarilanma harakat kinetik energiyasiga va krestovinaning aylanma harakati kinetik energiyasiga aylanib boradi. Yuk h masofaga tushganda potensial energiya En ning kamayishi sistemaning kinetik energiyasini o’zgarishiga teng bo’ladi. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan quyidagini yozish mumkin:
EnEkE1k yoki mgh 7
Bunda -yuk ning taglikka etib kelgandagi chiziqli tezligi, shkivning burchak tezligi.
Massasi m bo’lgan jismni harakatlantiruvchi kuch :
bunda og’irlik kuchi, -ipning taranglik kuchi.
U holda yoki mg-mα=m(g-a) bo’ladi . Taranglik kuchi T aylanayotgan jismga burchak tezlanish beradi. Bu kuchning momenti :
8
bu yerda r shkivning radusi.
Shkivning boshlang’ich tezligi nolga teng bo’lgani uchun uning chiziqli tezlanishi 9
Burchak tezlanish bilan chiziqli tezlanish orasida quyidagi bog’lanish mavjud: 10
6, 8 va 9 /10/ formulalarga asosan J ni topamiz:
11