Qurilmaning tavsifi 1-rasmda Maksvell mayatnigining umumiy ko’rinishi berilgan.
1. asos, 2. buraladigan oyoqchalar yordamida qulay vaziyatga qo’yiladi.
Asbobning asosiga 3. ustun mahkamlangan bo’lib unga 2. yuqoriga (harakatlanmaydigan) va 5. pastga (harakatlanuvchi) kronshteynlar biriktirilgan. Yuqorigi kronshteynga 6-elektromagnit, 7-fotodatchik va 10. mayatnik o’qiga biriktirilgan rolik mahsus vintlar (8) yordamida mahkamlanadi va boshqariladi. 9 fotoelektrik datchiklar pastki kronshteynga biriktirilgan va ular ustun bo’ylab surilib tanlangan vaziyatga qo’yiladi.
2. almashinuvchi xalqalar 10. rolikka mahkamlangan bo’lib asbobning mayatnigi hisoblanadi va sistemaning inersiya momentini tashkil etadi.
Mayatnik va unga qo’yilgan xalqa elektromagnit yordamida yuqorigi holatda ushlab turiladi. Mayatnikning h balandligi asbob ustuniga o’rnatilgan millimetr shkalali o’lchagich yordamida aniqlanadi, 12. millisekundomer.
Mayatnikning inersiya momentini aniqlash Ishning bajarish uslubi fizikaning asosiy qonunlaridan hisoblangan energiyaning saqlanish qonuniga asoslangan. Mayatnik ma’lum balandlikda ushlab turilganda u ortiqcha En=mgh potensial energiyaga ega bo’ladi. “PUSК” tugmasini bosgandan keyin mayatnikning bu potensial energiyasi ilgarilanma harakat kinetik energiyasi mv2/2 va aylanma harakat kinetik energiyalariga J ga sarf bo’ladi.
Energiyaning saqlanish qonuniga asosan:
mgh 1
harakat tekis tezlanuvchan bo’lganligidan Vαt t – yukning tushish vaqti. U holda
dan 2
Burchak tezligi esa. 3
bu yerda: 2r=d- mayatnikning unga o’ralgan ip bilan birgalikdagi tashqi diametri. Yuqoridagi (2) va (3) ifodalarni (1) ga qo’yib, mayatnikning inersiya momentini (J) ifodalovchi formulaga ega bo’lamiz:
4
bu erda g – erkin tushish tezlanishi, h-mayatnikning ko’tarila olish balandligi, t- mayatnikning tushish vaqti, m-xalqa bilan birgalikdagi mayatnikning massasi. U quyidagicha hisoblab topiladi:
mm0mr + mk 5
bu yerda: m0-mayatnik o’qining massasi
mr-rolikning massasi
mk-rolikka o’rnatilgan xalqaning massasi
Mayatnikning unga o’ralgan ip bilan birgalikdagi tashqi diametri esa quyidagicha hisoblanadi:
dd02dn 6
bu yerda d0-mayatnik o’qining diametric, 2dn-osilgan yukcha o’qining diametri