Diskret o’zgaruvchilar va sonlarni formatlash Mathcadda diskret o’zgaruvchilar deganda sikl operatorini tushunish kerak. Bunday
o’zgaruvchilar ma’lum qadam bilan o’suvchi yoki kamayuvchi sonlarni ketma-ket qabul qiladi.
Masalan:
4-rasm. Hsoblashlarda foydalanuvchi funksiyasini tuzish.
x:=0…5. Bu shuni bildiradiki bu o’zgaruvchi qiymati qator bir necha qiymatlardir, ya’ni
x=0,1,2,3,4,5.
x:=1,1.1..5. Bunda 1 – birinchi sonni, 1,1 – ikkinchi sonni, 5 - oхirgi sonni bildiradi.
x:=A,A+B..B. Bunda A – birinchi, A+B – ikkinchi, B - oхirgi sonni bildiradi.
Izoh! O’zgaruvchi diapazonini ko’rsatishda ikki nuqta o’rniga klaviaturadan (;) nuqta
vergul kiritiladi yoki Matrix (Matritsa) panelidan Range Variable (Diskret o’zgaruvchi) tugmasi
bosiladi. Hisoblangan qiymatni chiqarish uchun esa o’zgaruvchi va tenglik belgisini kiritish
kifoya. Natijada o’zgaruvchi qiymati ketma-ket jadvalda chiqadi. Masalan, x:=0..5 deb yozib,
keyin x= kiritish kerak.
Foydalanuvchi funksiyaning uning argumentiga mos qiymatlarini hisoblab chiqarish va bu
qiymatlarni jadval yoki grafik ko’rinishda tasvirlashda diskret o’zgaruvchilardan foydalanish
bo’lgan qiymatlarida hisoblash kerak bo’lsa, u holda quyidagi kiritishni amalga oshirish kerak:
ob.
Sonlarni formatlash. Odatda Mathcad 20 belgi aniqligigacha matematik ifodalarni
hisoblaydi. Hisoblash natijalarini kerakli formatga o’zgartirish uchun sichqoncha ko’rsatgichini
sonli hisob chiqadigan joyga keltirib, ikki marta tez-tez bosish kerak. Natijada sonlarni
formatlash natijasi Result Format oynasi paydo bo’ladi. Sonlarni formatlash quyidagilardir:
• General (Asosiy) – o’z holida qabul qilish. Son eksponenцial ko’rinishda tasvilanadi.
• Decimal (O’nlik) – o’nlik qo’zg’aluvchan nuqta ko’rinishda tasvirlanuvchi son (masalan,
12.5564).
• Skientific (Ilmiy) – son faqat darajada tasvirlanadi (masalan, 1.22*105 ).
• Engeneering (muхandislik) – sonning darajasi faqat 3 ga karrali qilinib tasvirlanadi
(masalan, 1.22*106).
• Fraction (Kasr) – son to’g’ri yoki noto’g’ri kasr ko’rinishida tasvirlanadi.
5-rasm.Sonlarni formatlash va qiymatlarni har хil formada tasvirlash.