Aniqlash usuli: 500 ml li konus shakldagi kolbaga (soqqa shaklidagi sovituvchi moslamasi bor) pipetka bilan 100 ml sinaluvchi spirt quyiladi va 100 ml suv qo`shiladi, so`ngra 15 daqiqa qaynatiladi va xona haroratigacha
sovitiladi, buning uchun sovutgichning yuqori qismini natron ohak solingan
trubka bilan berkitiladi, shunda spirtning ichiga havodan CO2 kirmaydi.
Shundan so`ng, sovitgich olinadi, 10 tomchi fenolftalein eritmasi qo`shiladi va pushti rang paydo bo`lguncha 0,05 n aOH eritmasi bilan titrlanadi, titrlashning oxirida aralashma 1-2 daqiqa chayqatilsa ham bu rang yo`qolmaydi.
1l suvsiz spirtning (mg da) sirka kislotaga hisoblash orqali kislota miqdorini aniqlash ifodasi
К = U * 3 *10*100 =
С
3000*УС
Bu yerda U – 100 ml – sinaluvchi spirtni titrlash uchun ketgan 0,05n NaOH eritmasi;
3 – 1 ml 0,5n NaOH;
10 – 1 l spirtni hisoblash koeffitsienti;
100 – suvsiz spirtga hisoblash koeffitsienti; S – sinaluvchi spirt kuchi, %.
Vino mahsulotida spirt miqdorini aniqlash va sifatini baholash Ishlash tartibi: spirt miqdorini eritmada solishtirma og`irligi bo`yicha
aniqlash to`g`ri natijalar bermaydi, shuning uchun haydalgan spirtni solishtirma og`irligi bo`yicha aniqlanadi.
Bu quyidagicha bajariladi. Vino spirti birinchi navbatda haydab chiqariladi, bu juda yengil bo`ladi, chunki spirt past haroratda (78,30) qaynaydi. Keyin spirtni o`rnini suv to`ldiradi va shunday qilib, ma`lum miqdordan suvni hajmiga qarab vinoda qancha spirt borligi aniqlanadi.
Kolbaga 200-250 ml vino solinadi keyin uni Libix sovutgichi bilan ulanadi. Kolbani birinchi marta suv bilan chayib tashlanadi (10-15 ml) va o`sha chayilgan suvni katta kolbaga solinadi.
Keyin vino o`lchangan kichik kolbani sovutgichga qo`yiladi. Ko`pik qaynab ketmasligi uchun bir necha tomchi suv tashlanadi.
Spirt haydash kichik kolbadagi eritma hajmi 3-4 qismicha davom etadi. Uni solishtirma og`irligini areometr bilan aniqlanadi. Solishtirma og`irlik bo`yicha
spirt miqdori quyidagi 1.2-jadvaldan olinadi.
Dostları ilə paylaş: |