Ishdan maqsad:Tayyor mahsulot - spirtning sifat ko`rsatkichlarini aniqlash
Kerakli reaktiv va asbob-uskunalar: 250 ml li konussimon kolba, probirkalar, spirtovka, suv hammomi, sulfat kislota(kimyoviy toza), kaliy permanganat eritmasi.
Nazariy tushunchalar: Etil spirti aroq, likyor mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo`llaniladigan xom ashyo hisoblanadi. Etil spirtining sifati birinchi navbatda xom-ashyoning tavsifiga bog`liq.
Etil spirti asosan rangsiz va o`tkir hidli bo`lib, o`z xususiyatlariga ega. Etil spirtidan foydalanishda har xil spirtli ichimliklar ishlab chiqarish, keng miqyosda foydalanish o`z tasdig`ini topib kelmoqda.
Etil spirtining formulasi C2H5OH bo`lib, suv bilan istalgan nisbatda aralashadi va qaynash harorati - 78,30S, muzlash harorati - 1170S.
Etil spirtining organoleptik ko`rsatgichini yorug`, havosida begona hidlar bo`lmagan, yaxshi shamollatilgan xonalarda aniqlanadi.
Etil spirti hajmiy ulushi suv-spirtli eritmada areometrik, piknometrik va refraktometrik usullarda aniqlanadi.
Ishnibajarishtartibi:Etilspirtiningquvvatinianiqlash. Etil spirtini tarkibini 0,5 gradusga bo`lingan termometrni qo`llab, metall yoki oynali spirtomer orqali aniqlanadi.
Toza rektifikatlangan spirtni sulfat kislota (kons.) (solishtirma zichligi 1,835) bilan aralashtirilganda, aralashmani qaynatib, so`ngra sovutilganda, rangsizligicha qolaveradi.
Agar tarkibida organik aralashmalari bor spirt sulfat kislotasiga qo`shilsa, hosil bo`lgan aralashmaning rangi bir oz (och sariqdan quyuq to`q qizilgacha) bo`yaladi. Spirt tarkibida qo`shimchalar qancha ko`p bo`lsa, aralashma shuncha quyuq bo`ladi.
Spirtning tozaligini aniqlash sinovlari spirt ichidagi aralashmaning miqdorini va sifatini aniqlamaydi, faqat ularning borligini tasdiqlaydi xolos, ya`ni spirtning ifloslanganlik darajasini ko`rsatadi.