1. Logistik tizim tushunchasi va uning konsepsiyasi Navoiy xalqaro logistika markazi faoliyati


Logistik tizim tushunchasi va uning konsepsiyasi



Yüklə 50,44 Kb.
səhifə2/9
tarix01.06.2023
ölçüsü50,44 Kb.
#121604
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yetakchi xorijiy korxonalar faoliyatida logistik tizimlar va konsepsiyalar

1.Logistik tizim tushunchasi va uning konsepsiyasi
Logistikaning maqsadi - eng kam mehnat va moddiy xarajatlar bilan yuklarni aynan vaqtida yetkazib berish. Materiallar, xomashyo va tayyor mahsulotlarni aynan vaqtida yetkazib berish butun iqtisodiy tizimning ishlab turishiga qulay sharoit yaratadi, korxonalar omborlaridagi zahiralar miqdorini ancha kamaytirishga imkon beradi.
Logistika to’liq darajada iste’molchiga xizmat qiladi. Shuning uchun logistika doirasida taqsimot va sotish vazifalari faqat bir vaqtda 6 shart mavjudligida amalga oshadi. Bu shartlar - yuk, sifat, miqdor, vaqt, xarajatlar va yetkazish joyi.
Bu ishlarning bir vaqtda mavjud bo’lishi uchun materiallar oqimini qulaylashtirish kerak, tara va o’rashni ixchamlashtirish bo’yicha, yuk birliklarini unifikatsiyalash bo’yicha (ya’ni yuk tashishda paket va konteynerlardan foydalanish), samarali omborxonalar tizimini tuzish bo’yicha, buyurtmalar miqdorini va zaxiralar darajasini qulaylashtirish bo’yicha, yuklarni tashishda eng foydali marshrutlarni belgilash bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak.
Logistik tizim- u yeki bu logistik
funksiyalarini bajaruvchi teskari aloqali adaptiv tizim. Qoida buyicha u bir necha quyi tizimlardan iborat va tashqi muhit bilan rivojlangan aloqaga ega.
Logistik tizimni farqlovchi belgilariga
- oqimli jarayonini mavjudligi
- aniq tizimli yaxlitlik kiradi.
Logistik tizim 4 xususiyatga ega:
1 xususiyat: Logistik tizim- bir-biri bilan o’zaro aloqador unsurlarni yaxlit birligi. Logistik tizimni quyidagi unsurlarini ajratadilar:
a) xarid-material oqimini logistik tizimga kirishini ta’minlaydigan quyi tizim.
b) omborlar- moddiy zaxiralarni vaqtincha saqlaydigan bino va uskunalar. Omborlarda material oqimlar o’zgarishi ham mumkin.
v) zaxiralar- talab o’zgarishiga tez ta’sir ko’rsatishiga yordam beradigan, transport ishini bir maromda borishini ta’minlaydigan moddiy zaxiralari.
g) transport-bu unsur o’zi murakkab tizim bo’lib hisoblanadi. U o’z ichiga moddiy-texnik bazani va infratuzilmani qamrab oladi. Moddiy-texnik baza yordamida yuklar bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilsa, infratuzilma shu moddiy texnik bazani vazifalarini ta’minlaydi.
d) axborot-logistik tizimni boshqa unsurlari ichida axborot aloqasini ta’minlaydigan quyi tizim. Bundan tashqari axborot logistik jarayonlarni nazorat qilib turadigan quyi tizim bo’lib hisoblanadi.
Xodimlar-logistik jarayonlarni bajarish bilan band bo’lgan ishchilar.
Sotuv-material oqimni logistik tizimdan chiqishini ta’minlaydigan quyi tizim.
2 xususiyat: logistik tizim unsurlari ichida logistik tizimini integrativ sifatini belgilovchi aniq aloqalar mavjud.
3 xususiyat: logistik unsurlari o’rtasidagi aloqalar tartibga solingan.
4 xususiyat: logistik tizim shunday xususiyatlarga egaki, uning bironta quyi tizimida bu xususiyatlar mavjud emas. Bu-kerakli tovarni, o’z vaqtida, kerakli sifat va minimal xarajatlar bilan aynan kerak bo’lgan joyga yetkazish va tashqi muhitni o’zgarishlariga moslashish (ba’zi tovar va xizmatlarga talabni o’zgarishi, asbob-uskunalarni bevaqt buzilishi). Logistik tizimining integrativ xususiyati unga o’z maqsadga erishish uchun, xom ashyo materiallarini xarid qilib, ularni o’z ishlab chiqarish quvvatlardan foydalangan holda boshqa material oqimga aylantirib, tashqi muhitga chiqarishni taqozo etadi. Logistik tizimni chegaralari ishlab chiqarish vositalarini aylanish sikli bilan aniqlanadi. 
Oldin ishlab chiqarish vositalari xarid qilinadi. Ular material oqim ko’rinishida logistik tizimiga kiradilar, omborlarda joylashadilar, ishlab chiqariladilar yana saklanadilar va logistik tizimdan iste’molga chiqariladi. O’rniga moliya oqimlari kiradi. Logistika tizimining tashqi muhit bilan aloqasi 2.2-rasmda ko’rsatilgan. MO1 ning sifati MO ning sifatililik belgilaridan samaraliroq.
Logistikaning asosiy maqsadi - yuklarni “Just in time” aniq muddatda eng kam mehnat va moddiy resurslarni sarflangan holda yetkazib berishdan iborat. Materiallar, xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni aynan vaqtida yetkazib berish butun iqtisodiy tizimning ishlab turishiga qulay sharoit yaratadi va omborlardagi zaxiralarni sezilarli darajada qisqartirishga imkon beradi. Logistika to’liq darajada iste’molchiga xizmat qiladi.
Uchinchi bosqich esa hozirgi vaqtga tegishli bo’lib, u quyidagilar bilan tavsiflanadi:

  • butun jahon iqtisodiyotidagi bozor jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda fundamental o‘zgarishlar sodir bo‘ladi;

  • material o‘tkazuvchi sub'ektlar yig‘indisi umumiylashib boradi (1.3 rasm)

  • moddiy va axborot oqimlarini tezda o‘tishini ta'minlovchi, zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar, mahsulot harakatining barcha bosqichlari monitoringini amalga oshirishga imkon beradi;

  • logistika sohasida xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar rivojlanadi;

  • logistika konsepsiyasi (uning asosiy qoidasi bu integratsiyadir), ta'minot, ishlab chiqarish va taqsimot zanjirlari ishtirokchilarining ko‘pchiligi tomonidan tan olina boshlaydi.

Logistik tizim tushunchasi, logistikaning asosiy (negiz) tushunchalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy mexanizmlar faoliyatini ta'minlovchi turli xil tizimlar mavjud. Ushbu ko‘plikdan aynan logistik tizimlarni, ularni tahlil qilish va yanada takomillashtirish maqsadida, ajratish lozim.
Logistik tizim xaqida gap yuritishdan oldin, «tizim» tushunchasini ta'riflab o‘tamiz. Tizim (yunonchadan olingan bo‘lib - qismlardan tashkil topgan bir butun; birlashma ma'nosini anglatadi) - bu muayyan bir butunlikni paydo qiluvchi, va bir- biri bilan aloqa va munosabatlarda bo‘luvchi unsurlar ko‘pligidir. +uyidagi 4-ta xususiyatga ega bo‘lgan ob'ektni bemalol «tizim» deb atashimiz mumkin:

  1. butunlik va alohidalik

  2. o‘zaro aloqa

  3. tashkil etish, tartib

  4. integrativ jihatlar (ya'ni faqat unsurlar birgaligida yuzaga keladigan

xususiyatlar)
Moddiy oqimlar harakati malakali xodimlar tomonidan, turli xil texnika: transport vositalari, ortish-tushirish uskunalari va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, logistik jarayonga turli bino va inshootlar ham jalb etilgan bo‘ladi. Jarayonning kechishi esa harakatlanayotgan va yig‘ilayotgan yuklarning, ushbu jarayonga tayyorgarlik darajasiga ham bog‘liq. Yuklar o‘tishini ta'minlovchi ishlab chiqarish kuchlarining yig‘indisi, yaxshimi yomonmi, ammo tashkil etilgan. Umuman olganda, biror-bir moddiy oqimlar mavjud bo‘lsa, qandaydir tovar o‘tkazuvchi tizim ham mavjud bo‘ladi. Odatda, bunday tizimlar maxsus loyihalanmasdan, ayrim unsurlarning (turli korxonalar yoki ularning bo‘limlari) faoliyati natijasida yuzaga keladilar.
Logistika, bir-biri bilan kelishilgan material o‘tkazuvchi (logistik) tizimlarni loyihalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Ushbu tizimlardan chiquvchi moddiy oqimlar parametrlari oldindan berilgan bo‘ladi. Bu tizimlar, ularga kiruvchi ishlab chiqarish kuchlarining yuqori darajada kelishilganligi bilan, boshqalardan farq qiladilar.
Yuqorida aytib o‘tilgan tizimning 4-ta xususiyatini, logistik tizimga nisbatan ko‘rib chiqamiz:
Birinchi xususiyat: tizim bu bir-biri bilan aloqador bo’lgan unsurlar yig‘indisining butunligidir. Logistik tizimni unsurlarga ajratishni turlicha amalga oshirish mumkin.
Makrodarajada moddiy oqim bir korxonadan ikkinchisiga o‘tadi, va unsur sifatida ushbu korxonalar, hamda ularni bog‘lovchi vosita sifatida qaralishi mumkin.
Mikrodarajadagi logistik tizimni esa quyidagi tizimchalar ko‘rinishida tasvirlash mumkin: (mukammal qaralganda ushbu tizimchalarning har biri murakkab bir tizim ekanligi ayon bo‘ladi)
Xarid - ushbu tizimcha logistik tizimga moddiy oqimni kirishini ta'minlaydi.
Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarish - bu tizimcha esa xarid tizimchasidan moddiy oqimni qabul qilib oladi va turli texnologik operatsiyalarni bajarish jarayonida uni boshqarib turadi. Aynan ushbu texnologik operatsiyalar mehnat predmetini mehnat mahsulotiga aylantiradilar.
Realizatsiya (savdo) - bu tizimcha moddiy oqimni logistik tizimdan chiqib ketishini ta'minlaydi.
Ko‘rib turganimizdek, logistik tizim unsurlari turlicha va bir vaqtning o‘zida bir-biriga mos. Ularning mosligi maqsad yagonaligi bilan ta'minlanadi, va ushbu maqsadga logistik tizimni har bir unsuri xizmat qiladi.
Ikkinchi xususiyat (aloqalar): Logistik tizim unsurlari orasida muhim aloqalar mavjud. Ular biror-bir qonuniy zaruriyat bilan integrativ jihatlarini ham belgilaydilar. Makrologistik tizimlarda, unsurlar orasidagi aloqa asosini shartnoma tashkil etadi. Mikrologistik tizimlarda esa unsurlar ichki ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog‘langan bo‘ladilar.
Uchinchi xususiyat (tashkil etish): logistik tizim unsurlari orasidagi aloqalar ma'lum tarzda tartiblashtirilgan bo‘ladi, bu esa logistik tizim tashkil etilganidan dalolat beradi.
To ‘rtinchi xususiyat (integrativ jihatlar): logistik tizim, uning biror-bir unsuri ham alohida ravishda ega bo‘lmagan jihatlarga (xususiyatlarga) ega. Bu zarur bo‘lgan tovarni, zarur vaqtda, zarur joyga, lozim bo‘lgan sifatda va minimal xarajatlar bilan yetkazish qobiliyati, hamda tashqi muhitning o‘zgaruvchan sharoitlariga (talabning o‘zgarishi, texnik vositalarning ishdan chiqishi va h.) moslashish qobiliyatidir.
Logistik tizimning integrativ jihatlari, unga materiallarni xarid qilish, uni o‘z ishlab chiqarish quvvatlaridan o‘tkazish hamda tashqi muhitga chiqarish imkonini beradi, va shu bilan birga oldindan belgilangan maqsadlarga ham erishiladi.
Paydo bo‘lgan talabga, mahsulotni tezda yetkazib berish bilan javob beradigan logistik tizim, ishlab chiqarish korxonasi hududidan to mamlakat hududigacha va undan ham katta bo‘lishi mumkin. U tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashib, ko‘nikib, ularga tezda javob qaytarishi mumkin.
Logistik tizimga berilgan umumiy ta'rif quyidagicha: logistik tizim -u yoki bu logistik funksiyalarni bajaruvchi, teskari aloqaga ega bo‘lgan, tashqi muhit sharoitlariga yaxshi moslashuvchan tizimdir. U odatda bir necha tizimchalardan tashkil topgan, va tashqi muhit bilan mustahkam aloqalarga ega bo‘ladi. Logistik tizim sifatida sanoat korxonasi, qishloq xo‘jalik korxonasi, hududiy ishlab chiqarish majmuasi, savdo korxonasi va boshqalar ko‘rilishi mumkin. Logistik tizimning maqsadi - bu xarajatlarning berilgan chegarasida, tovar va buyumlarni belgilangan joyga, zarur bo‘lgan miqdorda va assortimentda, hamda mumkin bo‘lgan maksimal darajada ishlab chiqarish va shaxsiy iste'molga tayyorlangan holda yetkazib berishdir.
Logistik tizim chegaralari ishlab chiqarish vositalarini aylanish sikli bilan belgilanadi. Oldin ishlab chiqarish vositalari xarid qilinadi. Ular moddiy oqim ko‘rinishida logistik tizimga kelib tushadilar, omborga qo‘yiladilar, qayta ishlanadilar, saqlanadilar, va keyinchalik, logistik tizimga kelib tushgan moliyaviy mablag‘lar evaziga, logistik tizimdan iste'molga chiqib ketadilar.
Moddiy oqim, xom-ashyoning birinchi manbasidan oxirgi iste'molchigacha bo‘lgan yo‘lida qator ishlab chiqarish bo‘g‘inlaridan o‘tadi. Bu bosqichda moddiy oqimlarni boshqarish, o‘ziga xos xususiyatlariga ega, va ishlab chiqarish logistikasi deb ataladi.
«Ishlab chiqarish» atamasining ma'nosini eslatib o‘tamiz. Ma'lumki jamiyat ishlab chiqarishi moddiy va nomoddiy qismlarga bo‘linadi (3.1-rasm). Ishlab chiqarish logistikasi, moddiy ishlab chiqarish sohasida yuz beradigan jarayonlarni ko‘rib chiqadi.
Ishlab chiqarish logistikasining maqsadi bu moddiy boyliklar yaratuvchi yoki saqlash, qadoqlash, joylash kabi moddiy xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar ichidagi moddiy oqimlarni optimizatsiyalashtirishdir. Ishlab chiqarish logistikasida o’rganiladigan ob'ektlarning tavsifiy belgisi - bu ularning hududiy ixcham joylashishidir. Adabiyotlarda ularni «logistikaning orol ob'ektlari» deb ham atashadi.
Ishlab chiqarish logistikasi doirasidagi logistik jarayon ishtirokchilarini ichki ishlab chiqarish munosabatlari bog‘lab turadi (tovar-pul munosabatlari bilan bog‘langan makrodarajadagi logistik jarayon ishtirokchilaridan farqli ravishda).
Ishlab chiqarish logistikasida ko‘riladigan logistik tizimlar, ichki ishlab chiqarish logistik tizimlari nomi bilan yuritiladi. Ularga: sanoat korxonalarini, ombor inshootlariga ega ulgurji savdo korxonalarini, xo‘jalik hamda fermer xo‘jaliklarini va boshqalarni kiritish mumkin.
Ichki ishlab chiqarish logistik tizimlarini mikro va makro darajalarda ko‘rib chiqish mumkin.
Makrodarajada ishlab chiqarish logistik tizimlari makrologistik tizimlarning unsurlari sifatida namoyon bo‘ladilar. Ular moddiy oqimlar manbalari bo‘lib, ushbu tizimlar ishining bir tekis borishini ta'minlaydilar. Makrologistik tizimlarni tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashuvi, ularning ichidagi ichki ishlab chiqarish logistik tizimlari ishlab chiqaradigan mahsulotning assortimenti va miqdorini tez o‘zgartira olish qobiliyatiga bog‘liq.
Mikrodarajadagi ichki ishlab chiqarish logistik tizimlari, bir-biri bilan o‘zaro munosabatda va aloqalarda bo‘lib, ma'lum birlikni, butunlikni vujudga keltirgan tizimchalar qatoridir. Bu tizimchalar: xaridlar, omborlar, zaxiralar, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish, transport, axborot, sotish va kadrlardir. Ular moddiy oqimni tizimga kirishi, undan o‘tishi va chiqib ketishini ta'minlaydilar. Logistika konsepsiyasiga muvofiq ichki ishlab chiqarish logistik tizimlarining yaratilishi, korxona ichidagi ta'minot, ishlab chiqarish va sotish bo‘g‘inlarining rejalari va ishlarini doimiy ravishda o‘zaro kelishilishi va to‘g‘rilanib borishi imkoniyatini ta'minlashi lozim.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning logistik konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlarni o‘z ichiga oladi:

  • ortiqcha zaxiralardan voz kechish;

  • asosiy va transport-ombor operatsiyalarini bajarish uchun ortiqcha vaqtdan voz kechish;

  • iste'molchi buyurtmasi bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan voz kechish;

  • uskunalar to‘xtab turishini yo‘q qilish;

  • sifatsiz mahsulotlarni yo‘q qilish;

  • xo‘jalik ichidagi noratsional tashishlarni yo‘q qilish;

  • yetkazib beruvchilarni hamkorlarga aylantirish.

Logistikadan farqli o‘laroq ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy konsepsiyasi quyidagilardan iborat:

  • mahsulotni iloji boricha yirik partiyalarda ishlab chiqarish;

  • «har extimolga qarshi» moddiy resurslarning maksimal katta zaxirasiga ega bo‘lish.

Konseptual hollarning mazmuni shundan dalolat beradiki, ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy konsepsiyasi «sotuvchi bozori» sharoitlari uchun eng qulay bo‘lsa, logistik konsepsiya «xaridor bozori» sharoitlari uchun eng qulaydi

Yüklə 50,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin