XULOSA
Logistik xizmatlar raqobatdoshlikka o'z ta'sirini o'tkazar ekan, har bir xo'jalik, firma yoki korxona iste'molchilarga logistik xizmat ko'rsatish sohasida aniq belgilangan strategiyaga ega bo'lishi zarur.
Iste'molchi bozorining segmentatsiyasi, jug'rofik omil bo'yicha, servis jihatlari bo'yicha yoki boshqa bir omil bo'yicha amalga oshirilishi mumkin. Xaridorlar uchun ahamiyatli xizmatlarni tanlashni, ularning turkumlanishini, xizmatlar standartini aniqlashni, turli xil so'rovlarni o'tkazish yo'li bilan amalga oshirish mumkin. Ko'rsatiladigan xizmatlarni baholash turli xil usullar bilan amalga oshiriladi. Masalan, yetkazishning ishonchlilik darajasini o'z vaqtida yetkazilgan partiyalar ulushi bilan o'lchash mumkin.
Iste'molchi yetkazib beruvchi tanlaganda uning logistik servis sohasidagi imkoniyatlarini ham e'tiborga oladi, ya'ni boshqacha qilib aytganda yetkazib beruvchining raqobatdoshligiga u taklif etayotgan xizmatlarning assortimenti va sifati ham ta'sir ko'rsatadi. Ikkinchi bir tomonidan, xizmatlar safini kengaytirish qo'shimcha xarajatlarga olib keladi.
Moddiy zaxira tushunchasi logistikaning asosiy tushunchalaridan biridir. Tabiatdan olingan xom-ashyo, oxirgi iste'molchiga tayyor mahsulot ko‘rinishida yetib borgunga qadar, harakatlanadi, boshqa materiallar bilan birikadi va ishlab chiqarishda qayota ishlanadi. Moddiy zanjir bo‘ylab harakatlanayotgan xom-ashyo (keyinchalik esa yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ham) u yoki bu ishlab chiqarish yoki logistik operatsiyaga kirish navbatini kutib to‘xtalib turadi.
Moddiy zaxiralar - bu ishlab chiqarish va muomalaning turli bosqichlarida turgan, shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste'moli jarayoniga kirishishni kutayotgan, ishlab chiqarish - texnik maqsadda, aholi iste'molida va boshqalarda ishlatiladigan tovarlardir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Anikin B.A. Logistika: Ucheb.posobie. M.: Infra M. 2019
2. Anikin B.A Praktikum po logistike. Uchebnoe posobie. Moskva Infra-M 2019
3. Gadjinskiy A.M. “Logistika” M 2018 ± 407s.
4. Gadjinskiy A.M. Praktikum po logistike. M.: IVS «Marketing», 2018
5. Mirotin L.B., Sergeev V.I. Osnovo' logistiki. Uchebnoe posobie. Moskva, “Infra-M”, 2017 g.
6. Nerush Yu.M. Logistika. Uchebnik dlya vuzov.-3-ye izd., pererab. i dop.- M.: YuNITI-Dana, 2018
7. Nerush Yu.M. “Kommercheskaya logistika” M “Banki i birji” Izdatelskoe obedinenie “YuNITI” 2019.-240 s.: il
8. Sarkisov S.V. Upravlenie logistikoy. Uchebnoe posobie. Moskva ZAO «Biznes-shkola «Intel-Sintez» 2017.
9. Samatov G'.A. Yo.K.Qorieva. B.Payziev. Raqobat muhitida xalqaro transport tizimi faoliyatining logistik ishonchligi. Toshkent 2016
10. Chudakov A.D. Logistika. Uchebnik. M.: OOO «Izdatelstvo RDL», 2017
11. Ballou R.H. Basic Buisness logistics. New York, 2018
12. Cristopher M. The Strategy of distribution management. London, 2019
13. Kearney A.T. Logistics Productivity the Competitive edge in Europe. ± Chicago, 1994
14. Magee J., Capacino W., Rosenfiueld D. Modern logistics management. ± New York, 1986
Dostları ilə paylaş: |