1. Lombard tashkilotlari faoliyatini tashkil etish asoslari Markaziy bankning lombard tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish mexanizmi II bob


Lombard - nima va qaysi hollarda lombarddan foydalanish qulay?



Yüklə 53,57 Kb.
səhifə3/12
tarix25.10.2023
ölçüsü53,57 Kb.
#161303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu; Lombardlar tashkil qilish va ular faoliyatini nazorat qil-fayllar.org

Lombard - nima va qaysi hollarda lombarddan foydalanish qulay?

Agar biron-bir sabablarga ko‘ra sizga zudlik bilan pul kerak bo‘lganda hamda biror kimdan qarz olish yoki bir necha soat ichida kredit olish imkoni bo‘lmasa, Siz, lombardda uch oydan oshmaydigan kreditni qimmatbaho ko‘char mol-mulkingiz garovi evaziga olishingiz mumkin.


Lombard xizmatlarining qulayligi shundaki, kreditni olish uchun uzoq vaqt sarflanmaydi va ko‘p xujjatlar talab qilinmaydi.
Lombardda kreditni olish va qaytarish sxemasi quyidagicha:
  • S iz lombardga qimmatbaho mol-mulkni taqdim qilasiz (agar kerak bo‘lsa, lombard garovga qo‘yiladigan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar yoki boshqa dalillarni taqdim etishni talab qilish huquqiga ega), pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat, shuningdek qarz oluvchining faoliyati va daromadlari haqidagi ma'lumotlarni o’z ichiga olgan hujjatlar;


  • Garovga qo‘yiladigan mol-mulk baholanadi;


  • Sizni kredit shartnomasining umumiy shartlari bilan tanishtirib chiqishlari kerak. Agar siz ular bilan rozi bo‘lsangiz, kredit shartnomasini imzolaysiz va qo‘lingizga pul mablag‘lari va ikkita hujjatni olasiz: kredit shartnomasining o‘zi va garov kartasi (bilet).


  • Lombard tomonidan qabul qilingan mol-mulk, lombardga tegishli bo‘lgan barcha to‘lovlar qoplanganidan so‘ng egasiga qaytarilishi mumkin. Uchinchi shaxs garovga qo‘yilgan mol-mulkni faqat mol-mulk egasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan ishonchnoma orqali olishi mumkin.


Agar kreditni so‘ndirish ilojisi bo‘lmasa, garovga qo‘yilgan mol-mulk lombard tomonidan sotiladi va kredit, kredit bo‘yicha foizlar, jarima (neustoyka) va uni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar uchun to‘lovlar amalga oshiriladi. Shu bilan, garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotuvidan olingan mablag‘ yetarli bo‘lmagan taqdirda, lombardga bo‘lgan qarz yopiladi.


Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish chog‘ida olingan summa lombardga to‘lanilishi lozim bo‘lgan summadan ortiq bo‘lsa, u holda Sizga farqi (tafovuti) to‘lanadi.

Yüklə 53,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin