1. Lombard tashkilotlari faoliyatini tashkil etish asoslari Markaziy bankning lombard tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish mexanizmi II bob


ASOSIY QISM I-BOB. 1. Lombard tashkilotlari faoliyatini tashkil etish asoslari



Yüklə 53,57 Kb.
səhifə2/12
tarix25.10.2023
ölçüsü53,57 Kb.
#161303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu; Lombardlar tashkil qilish va ular faoliyatini nazorat qil-fayllar.org

ASOSIY QISM
I-BOB. 1. Lombard tashkilotlari faoliyatini tashkil etish asoslari
Lombardgarovxona — garovga qoʻyilgan muayyan buyumlar evaziga maʼlum (odatda uch oydan koʻp boʻlmagan[1]) muddatga pul (mablagʻ) berib turadigan muassasa. Buyumning qiymati tomonlarning kelishuviga koʻra baholanadi, garovga qoʻyilgan buyum egasiga nomi yozilgan lombard tilxati beriladi. Olingan pul oʻz vaqtida qaytarilmasa, qoʻyilgan buyum lombard mulkiga aylanadi va lombard qoʻyilgan buyumlarni sotishga haqli boʻladi. Shuningdek, lombard qimmatbaho uy-roʻzgʻor buyumlarini saqlab berish uchun ham qabul qiladi. Lombardga buyumlar faqat mablagʻ olish uchun emas, baʼzan mazkur buyumning ishonchli saqlanishini taʼminlash uchun ham qoʻyiladi. Buyumlarni garovga qoʻyib kredit berish birinchi marta XV asrda Italiyaning Lombardiya viloyatidan chiqqan sudxoʻrlar tomonidan joriy etilgan („lombard“ soʻzi ham shundan kelib chiqqan). Oʻzbekistonda ham lombardlar faoliyat koʻrsatadi.
Lombard tashkilotlari faoliyati va uning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risidagi mavzuni yoritishdan oldin nobank kredit tashkilotlari tashkil etilishining xuquqiy asoslari, shakillanishi va klassik olimlarning fikirlari xaqida ma’lumotlar keltishirni joiz deb bilamiz. Ma’lumki, nobank kredit tashkilotlari, eng avvalo, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi, jumladan, ma’lum shartlarda mikrokredit va mikroqarz beruvchi tashkilotlar hisoblanadi.
Mikromoliyalash va mikromoliyaviy xizmatlar bozorining rivojlanish evolyutsiyasi o’tgan XX asrning o’rtalarida aholining kam daromadli qatlamlariga moliyaviy xizmatlar ko’rsatish borasidagi dastlabki sa’y-harakatlar ushbu xizmatlardanfoydalanishning pirovard maqsadlari bilan bog’langan. Xususan XX asrning 50-70 yillarida davlat idoralari va donor tashkilotlar mayda va kam ta’minlangan fermerlarning ish unumini hamda daromadlilik darajasini oshirish umidida ularga subsidiyalangan qishloq xo’jalik kreditlarini berib kelganlar.

1980-1990 yillarda mikrokreditlar asosan aktivlarga ega bo’lish va ularni jamg’arish, oilalarning daromadini va turmush darajasini oshirish uchun kam ta’minlangan tadbirkorlarga qarz berishdaniborat edi. Mikrokredit oluvchilarning aksariyat qismi esa, ayollardan iborat bo’lib, ular uchun mikrokreditlash ayniqsa samarali vositaga aylangan.


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish amaliyotini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari iqtisodiy adabiyotda chuqur tadqiq qilingan.


Mikromoliyalashning kelib chiqish tarixi XIX asrning 40 yillarida Germaniya qishloq xo’jaligida yuz bergan tanglik holatidan (og’ir iqlim sharoitining yuzaga kelishi va hosildorlik bo’lmaganligi) boshlandi va o’sha davrda Fridrix Rayfayzen tomonidan Veyerbush shahrida Evropada birinchi bor “Xlebniy soyuz” o’zaro yordam kassasi tashkil etildi3. XX asrning 50-70 yillarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi sust bo’lgan mamlakatlarda davlat organlari va donor tashkilotlari kichik va kam ta’minlangan fermerlarga ularning mehnat unumdorligi va daromadlari darajasini oshirish umidida subsidiyalashtirilgan qishloq xo’jalik kreditlari berishni boshlagan. 1970 yillardan so’ng rivojlanayotgan mamlakatlarda kam ta’minlangan aholi qatlamiga kichik hajmdagi kreditlar berish va boshqa maslahat xizmatlari ko’rsatish bo’yicha eksperimentlar o’tkazildi4.


Guruhli kreditlash uslubiyotiga asoslangan birinchi mikrokreditlash dasturi5 Bangladeshda 1976 yilda prof. M.Yunus (Nobel mukofoti sohibi, 2006 y.) boshchiligidagi “Gramin” banki orqali amalga oshirildi va shu yilni mikromoliyalashning tug’ilgan yili, deb nomlash mumkin.



Yüklə 53,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin