1. Lombard tashkilotlari faoliyatini tashkil etish asoslari Markaziy bankning lombard tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish mexanizmi II bob


Lombard aholi omonatlarini bank sifatida qabul qiladimi?



Yüklə 53,57 Kb.
səhifə5/12
tarix25.10.2023
ölçüsü53,57 Kb.
#161303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu; Lombardlar tashkil qilish va ular faoliyatini nazorat qil-fayllar.org

Lombard aholi omonatlarini bank sifatida qabul qiladimi?

Lombardlar omonatlarni qabul qilishi taqiqlangan (ruxsat berilmagan). Lombardlar tijorat banklaridan mablag‘lar, yuridik shaxslardan va jismoniy shaxs-ta'sischilardan qarz mablag‘larini jalb etishga haqli.


Xalqaro Nobel mukofotining laureati, prof. M.Yunus tomonidan mikromoliyaviy xizmatlarning nazariy, uslubiy asoslari ishlab chiqilgan va Bangladeshning Gramin banki amaliyotiga joriy etilgan6. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatining tub asoslari M.Yunus tomonidan yaratilgan. Uning fikriga ko’ra, nisbatan yuqori foiz stavkalarini aholining o’rta qatlamiga nisbatan qo’llash lozim, kambag’allarga beriladigan mikrokreditlar esa, imtiyozli bo’lishi zarur. Ular mikrokreditlar yordamida kambag’allik balosidan qutuladilar, undan keyin esa, banklar va nobank kredit tashkilotlari ularni o’rta tabaqaga mansub mijozlar bilan umumiy shartlar asosida kreditlashlari mumkin.
M.Yunusning mikromoliyaviy xizmatlar bo’yicha amaliyotga tatbiq etilgan taklifi qo’llanilishi o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida ushbu xizmat turlarini takomillashtirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, mikrokreditlarni asosan aholining kam ta’minlangan qatlamlari oladi. Ularning daromad darajasi past bo’lib, yuqori foiz stavkalaridagi mikrokredit va mikrolizing xizmatlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan. Ikkinchidan, aholining kambag’al qatlamlari va endi tadbirkorlik faoliyatini boshlagan kichik biznes sub’ektlari yuqori likvidli garov ob’ektlariga ega emas. Bu esa, mikromoliyaviy xizmatlar hajmini oshirishga jiddiy to’sqinlik qiladi.

Jahon tajribasida mikrokreditlashda qo’llaniladigan uslubiyotga ko’ra yakka tartibda kreditlash, odatda, tijorat banklari tomonidan qo’llaniladigan usulning yangi ko’rinishidir. Bu jarayonda olinadigan qarzlar mol-mulk bilan kafolatlanadi, mijozlarning kredit tarixi va ularga berilgan tavsiyalar tekshiriladi, qarz berishda ta’minlanayotgan biznesning hayotiyligi, istiqboli sinchiklab o’rganilgandan so’ng kredit beriladi. Mikrokredit va lombard tashkilotlari mijozlar bilan o’zaro munosabatlarni rivojlantirishga harakat qiladi. Mazkur uslubiyotning odatdagi kreditlashdan farqi unda maslahat berish va o’rgatish kabi vositalarning mavjudligidir. Guruh bo’lib kreditlash uslubiyotiga ko’ra, bank xodimlari tomonidan bajariladigan vazifalar kredit guruhi zimmasiga yuklanadi, uning shakllanishi mikrokredit va lombard tashkiloti xodimining tashabbusiga ko’ra yuz beradi. Guruh mijozlarni o’zi tekshiradi va uning tarkibiga kim kirishi mumkinligini o’zi hal etadi. Guruh a’zolari bir-birining biznesini va kreditni qaytarish imkoniyatlarini baholashadi, kreditlash asta-sekin ko’payuvchi, uncha katta bo’lmagan miqdorda qarz berish yo’li bilan amalga oshiriladi, guruh a’zolarining har biri olingan qarzni qaytarish yuzasidan javobgar bo’ladi, qarzni qaytarish muddati buzilganda yoki to’lanmasa, guruh to qarzini tamoman uzmagunicha navbatdagi kreditni olish imkoniyatidan mahrum etiladi. Amaliyotda nobank kredit tashkilotlarida guruhlarga qarzning hamma qismini berish usuli ham qo’llaniladi va guruh qarzni a’zolariga qay tartibda berishni o’zi hal etadi.


Guruh kafolati asosida kreditlash uslubiyotining o’ziga xos xususiyati, nafaqat, guruhiy nazoratni, balki biznesda guruh a’zolarining birdamligi va hayrihoxligini, o’zaro bir-birini qo’llab-quvvatlashini ta’minlaydi. Shuningdek, ushbu amaliyotni jamiyatning nisbatan kam ta’minlangan qatlamlarida joriy qilish imkonini beradi.

Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida keng miqyosda amalga oshirilayotgan nobank kredit tashkilotlari faoliyati iqtisodiy muammolarni hal etishdagi eng samarali moliyaviy vositalardandir. O’zbekistonda ham o’zining turmush farovonligini yaxshilashga harakat qiluvchi kam ta’minlangan aholi qatlamini qo’llab-quvvatlash bo’yicha ma’lum tajribalar to’plangan. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati ish bilan bandlikni kengaytirishda ayniqsa samaralidir. Moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati odamlarning tadbirkorlik salohiyatini kuchaytiradi. U iqtisodiyot va biznesning shaffofligini oshirish usuli hamdir. Amaliyot ko’rsatishicha, nobank kredit tashkilotlarining rivojlanishi norasmiy kreditlash sektorini qisqartiradi, moliyaviy xizmatdan foydalanish esa mijoz faoliyati shaffofligini oshiradi. O’zbekistonda mikrokreditlash ilk bor 1998 yilda BMTning Taraqqiyot dasturi (PROON) asosida Qoraqalpog’iston va Qashqadaryoda pilot loyihalarni amalga oshirishdan boshlandi. Bundan maqsad kam ta’minlangan aholi qatlamini va ayollarni oila sharoitida savdo, kichik ko’lamdagi ishlab chiqarish, mikrobiznesni rivojlantirish uchun moliyaviy resurslarga ega bo’lish imkoniyatini kengaytirishdan iborat bo’ldi.


Mamlakatimizda nobank kredit tashkilotlari o’z faoliyati rivojining boshlang’ich bosqichini bosib o’tayotganligi hamda ijtimoiy ahamiyatga egaligini inobatga olib, daromadlari bo’yicha soliqqa tortishning imtiyozli tartibini uzaytirish maqsadga muvofiqdir. Bunga quyidagi omillar sabab bo’ladi:


  • O’zbekistonda nobank kredit tashkilotlari rivojlanishning boshlang’ich bosqichida ekanligi, hozircha ular moliyaviy jihatdan barqaror emasligi, ular faoliyatidan soliq olish davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda katta rol o’ynamasa-da, ushbu tashkilotlar faoliyati rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi;



  • hozirda nobank kredit tashkilotlari resurs bazasi juda zaif bo’lib, uni soliqqa tortish resurslarning yanada qisqarishiga olib keladi va bu mikromoliyalash g’oyasiga putur etkazadi. Vaholanki, nobank kredit tashkilotlari faoliyatining ijtimoiy roli O’zbekistondagi aholi bandligi va demografik vaziyat sohasidagi muammolar sharoitida kuchayib boradi.



Nobank kredit tashkilotlari faoliyatining o’ziga xos jihatlarini inobatga olib hamda Respublikamizda nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish yuzasidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida aniqlangan omillar tahlil qilinib, shuningdek, rivojlangan mamla-katlarning shunday kooperativlarni tashkil qilish tajribalari-dan kelib chiqib, mamlakatimizda nobank kredit tashkilotlarining

faoliyatini tashkil qilish ishlarini jadallashtirishga e’tibor berildi. Birinchi galdagi vazifa bu nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yaratish edi va unga ahamiyat berila boshlandi.
Shu munosabat bilan nobank kredit tashkilotlarini soliq imtiyozlari bo’yicha bo’shayotgan mablag’lardan keyinchalik mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish, operatsion harajatlarini qoplash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun yo’naltirish maqsadga muvofiqdir. Shu o’rinda, banklarga ham o’z vaqtida daromad bo’yicha soliq imtiyozlari berilgan ediki, ular bank sektori qaror topishida muhim rol o’ynagan.

O’zbekistonda mikrokreditlashning me’yoriy-huquqiy asosi 1999 yilda shakllantirildi. Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 29 fevralda 902 va 903-son bilan davlat ro’yxatiga olingan mikrokreditlash tartiblariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 30 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasida mikrokreditlashni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 309-sonli Qaroriga asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini mikrokreditlashni qonuniy-huquqiy bazasi shakllantirildi. Mazkur qonun hujjatlari hozirda o’z kuchini yo’qotgan bo’lsada, mikrokreditlashning shakllanishiga muhim hissa qo’shgan.


Jahon tajribasidan ma’lumki, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mikromoliyaviy xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda tijorat banklariga muqobil ravishda tashkil etilgan nobank kredit tashkilotlari, mikrokredit tashkilotlarining ham o’rni kattadir. Bu borada so’nggi davrlarda keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 15 sentyabrdagi 50-sonli “Mikromoliyalash to’g’risida”gi, 2006 yil 20 sentyabrdagi 53-sonli “Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida”gi Qonunlari va ularga asoslangan holda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan 2006 yil 7 oktyabrdagi №24/4 “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida”gi me’yoriy hujjatlar nobank kredit tashkilotlari uchun zarur huquqiy mexanizmni yaratib, ular sonini tez sur’atlarda o’sishiga xizmat qilmoqda.

Mazkur qonunda mikromoliyalash, mikrokredit, mikroqarz va mikrolizing tushunchalari to’liq ochib berilgan.
Xusuan, mikromoliyalash - mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish to’g’risidagi shartnomaga muvofiq boshqa xizmatlar ko’rsatish borasidagi faoliyatidir. Mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar jumlasiga banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlarini kiritish mumkin.


Yüklə 53,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin