1. Loyiha- texnikaviy va montaj- texnologik xujjatlari. Bino va inshootlarning qurilish qismini montajga qabul qilish



Yüklə 100,26 Kb.
səhifə4/5
tarix28.07.2022
ölçüsü100,26 Kb.
#62919
1   2   3   4   5
Montaj ishlariga tayyorgarlik va tashkil qilish

umumiy tushunchalar
Qurilish montaj ishlarini bajarish ketma-ketligiga ko‘ra oqimli-qo‘shilgan, yirik blokli, oqimli- agregat va podkladkasiz montaj metodlari mavjud.
Oqimli-qo‘shilgan usul nisbatan progressiv va tejamli metod bo‘lib, qurilish- montaj tashkilotlari buyurtmachi bilan kelishilgan jadval asosida amalga oshiriladi.
Bu usul bilan erishiladigan samara quyidagilar hisobiga bo‘ladi:
- jihoz, truboprovod va konstruksiyalarning montajgacha yiriklashtirish;
- Qurilish- montaj kranlarining mexanizasiya darajasi va foydali ish koeffisiyentini oshirish;
- montaj ishlarini bajarish muddatini qisqartirish;
- ishchi montajchilar ish unumdorligini 1,5-1.6 marta ortishi va montaj ishlari tannarxining 1,2-1,5 marta pasayishi.
Metodning kamchiligi - montaj qilingan jihozlarning qurilish ishlarini bajarish vaqtida shikastlanib qolishidir.
Ӯlchov- belgilash ishlarini bajarishda po‘lat ruletka, ugolьnik, transporter, shoqul , iplar shuningdek, geodezik asboblar teodolit, nivelirlardan foydalniladi. Bunda o‘qlarini parallel ko‘chirish, o‘zaro perpendikulyar o‘qlarni belgilash va o‘qlarni vertikal turli etajlarga ko‘chirish asosiy operasiya bo‘lib hisoblanadi. Belgilangan nuqtalar orqali ipdan foydalanib bo‘r bilan chiziqlar chiziladi.
Jihozni poydevorga o‘rnatishdan so‘ng, uning holati ponasimon tiqinlar, metall ponasimon va tekis tiqinlar va rostlovchi vintlar yordamida tekislanadi. Bu tiqinlar dastlab taxta bilan o‘rab olinadi, beton quyilib, 25% qotganidan so‘ng taxta olib tashlanadi. Tiqinlar poydevor yuziga zich yopishishi va bir paketdagi tiqinlar soni 5 tadan ortmasligi lozim.
Ponasimon va tekis tiqinlar o‘lchamlari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan .
Metall tiqinlar imkoni boricha poydevor boltlari yaqiniga o‘rnatiladi.
Jihozni tiqinlar yordamida poydevorga o‘rnatish, vintlar yordamida uning holatini rostlash quyidagi rasmda tasvirlangan (1 -rasm).
Montaj so‘zi fransuzcha montage so‘zidan olingan bo‘lib ko‘tarish, o‘rnatish, yig‘ish ma’nosini anglatadi. Montaj deganda konstruksiyalar, texnologik jihozlar, agregatlar, mashina, asboblar va ularning uzellarini tayyor detallardan yig‘ish va o‘rnatishni tushunish kerak.
Texnologik jihozlarni montaj qilish ishlari quyidagi ketma-ketlikda amalda oshiriladi:
1) Jihozni montajga qabul qilish (dalolatnoma bo‘yicha);
2) Fundamentni (poydevorni) montajga qabul qilish ;
3) Jihozni reviziyalash va yig‘ish (kerak bo‘lganda);
4) Jihozni loyiha holatiga o‘rnatish;
5) Jihoz holatini rostlash;
6) Jihozni poydevorga qotirish, mahkamlash (kyerak bo‘lganda);
7) Jihozni bo‘yash (kerak bo‘lganda);
8) Jihozni nazorat, avtomatika vositalari, shuningdek xom-ashyo, suv, bug‘, siqilgan havo, ishlab chiqarish chiqindilari va mahsulotni chiqaruvchi vositalar bilan ta’minlash;
9) Jihozni elektr manbaiga ulash;
10) Sozlash va ishlatish;
11) Yakka sinovdan o‘tkazish;
12) Montaj qilingan jihozni ishlatishga qabul qilib olish (dalolatnoma bo‘yicha).




Yüklə 100,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin